"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


Rolli hamda ishbop o‘yinlar



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Rolli hamda ishbop o‘yinlar. 
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda rolli 
hamda ishbop o‘yinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmokda. 
O‘quvchilarda muayyan faoliyat yo`zasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy 
ko‘nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yo`zaga keltirish, 
ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop 
o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llash 
nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar yaratilgandir. 
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o‘quvchilarning 
muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy 
sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo‘llash, ilmiy 
dunyoqarashini kengaytirishga mo‘ljallangan psixologik o‘yinlarni ishbilarmonlar 
o‘yini deyiladi. Ishbilarmonlar o‘yini ham boshqa o‘yinlar kabi o‘qituvchi va 
o‘quvchilardan puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi.


Nazorat savollari. 
1.
O‘yinlarni tashkil etishda qanday maqsadlar ko‘zda tutiladi? 
2.
Rolli o’yinlarni guruhiy psixokonsultatsiyada ahamiyati qanday? 
3.
Adler individual terapiyadagi o’rni nimadan iborat? 
 
6-Mavzu: Psixodramma. Guruhga eksiztensial yondashuv. 
Reja: 
1. Z. Freyd ta’limoti va uning izdoshlari. 
2. Adlerning individual psixologiya ta’limoti. 
3. Adler ta’limoti konsultativ psixologiyada ahmiyati va qo’llanilishi
Tayanch iboralar: Z Psixodramma. ekzistentsial konsultatsiya. konsultatsiya. 
hayotda bo‘lmoq, olam, «davr»ga sodiqlik, Yanchuk V.A. 

Ekzistentsializm (mavjudlik) (hayoti yoshi falsafiy hayoti) – XX asr 
boshlarida irratsionalizm falsafasida yo‘nalish sifatida yo`zaga keldi. Ushbu 
yo‘nalish doirasida inson mavjudligining (hayotining asosiy negizi «hayotda 
(olamda) bo‘lish» hisoblanadi. Bu yerda «olam» - buyumlar olami, vositalar birligi 
«bo‘lmoq» - «jalb qilinmoq»ni bildiradi, demak «hayotda bo‘lmoq» 
nafaqathayotda mavjudligi, balki bu olamda mavjudlikni bilib bo‘lmaydi. SHunday 
qilib, borliqning asosiy xususiyati «borliq - intilish - oldinga» bo‘lgan asl 
mavjudlikning ekzistent mavjudlik sifatida bo‘lishini aniqlab, ob’ekt va 
sub’ektning bir-biriga qarama-qarshiligi olib tashlanadi. 
Shunday qilib, ekzistentsinal fenolenalogik yondashuv borliq qidagi yaxlit 
qarashlarni taxmin qiladi, uning doirasida borliqning mavjudlik muammolarini 
tadqiq qilish va oydinlik kiritishda quyidagi negizlarga rioya qilish kerak: 
1.
kontekstuallik; 
2.
«davr»ga sodiqlik; 
3.
shoshilinch mulohalardan tiyilish; 
4.
tushuntirish emas, anglash
Berilgan negizlarni intentsiyallik «berilganlik»ni hisobga olgan holda qo‘llash 
kerak, u olam bilan ongi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat vositasi bilan amalga 
oshiriladi. Ruxshunos, ekzistentsioal – fenamenologik yo‘nalishi doirasida shaxsni 
ichki dunyosi, tashqi olam va o‘z-o‘zi bilan o‘zaro munosabati usullarini tadqiq 
qilishda «Bu yerda va hozir» vaziyatga diqqatni tiklaydi. 
Biroq, berilgan munosabatlar, buning fikrimizcha, mijoz vaziyatining 
xususiyatlari bilan emas, balki uning olamni anglash jarayoni xossalari bilan 


aniqlanadi, uning natijasi bo‘lib muammoli vaziyat hamda uning keyinchalik 
rivojlanishi yoki o‘zgarishi hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda, mijozning muammosini tadqiq qilish chog‘ida, bizning 
fikrimizcha mazkur paytga emas, anglash jarayonining kechish xususiyatiga urg‘u 
berish kerak, chunki anglash jarayonining yo‘nalishi va xususiyatlari shaxsiy 
xususiyatlar majmuasiga bog‘liqdir. Ushbu xususiyatlar o‘z ichiga quyilagilarni 
oladi: hayot yo‘lining takrorlanmasligi; bu yo‘lni bosib o‘tish natijasida
shakllangan dunyoqarash; o‘tmish xozirgi zamon va hayolda shakllangan kelajak 
aks ettirilgan o‘z-o‘zini anglash va o‘z fikrlari va kechinmalarini hayoldan kechirib 
analiz qilib chiqish natijasidagi yo‘lning shaxsiy uydirmalari. Aynan shaxsiy 
xaylot _vaqtinchalik o‘zgarishlariga ta’sir qilishga mutaxassis mijozga yordam 
berishi mumkin. 
Bizning tuzuklarimizga qiyosiy tasdiqni, hayotiy dalillar bilimlarini emas, 
sub’ektning ongidagi tushunchalarni anglashni shaxsni to‘g‘ri tushunishi va uning 
xulqini bashorat qilishning muhimligi haqida yozgan Rottera va Kelleydan 
tanishishimiz mumkin. 
Demak, hayotda mavjudlik kontekst munosabatlar jarayonida kechayotgan, 
anglash jarayoniga nisbatan ikkilamchi munosabatda bo‘lgan «anglashni aks 
etishi» «kechinmaning o‘zi» kabidir, uning xususiyatlari sub’ektning shaxsiy 
xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Berilgan nuqtai nazardan, negizdan qandaydir ob’ektiv haqiqatni «Mavjud 
emasligini» mantiqan tahmin qilish mumkin, chunki sub’etivizm ko‘zgusida 
ob’ektiv olamni aks etish haqidagi bilimlar yagona ob’ektiv bilim sifatida 
namoyon bo‘ladi. Bu xaqda Yanchuk V.A. o‘zining «Ijtimoiy psixologiyada 
ekzistentsiol 
fenomenologik 
yondashuvning 
xususiyatlari 
muhokamasida 
quyidagilarni yozadi: «Hech qaysi biologik, neyropsixologik, ba’zan esa ruxiy 
cheklanishlar chetda qoldirilishi yoki yangib o‘tishi mumkin emas va ular bizning 
olam yoki o‘zining haqimizdagi turli xil reflektiv tasdiqda doimo mavjud bo‘ladi. 
Bizning 
tajribalarimizda 
ushbu 
ma’lumotlarni 
(yoki 
interiretatsiyani 
cheklanishlarni) yechish va tushuntirish, ijtimoiy-madaniy va ruxiy asoslangan 
xato fikr va xulosalarni yangishga o`rinishlarni namoyon qiluvchi ekzistent 
fenomenologik yondashuvning eng asosiy qirralaridan birini shakllantiradi. 
Ushbu yo‘nalishda fikr yuritishini davom etdirib, shaxs o‘zining borliqdagi 
istalgan paytida nafaqat yagona balki ob’ektiv olamga nisbatan ko‘p qirrali va 
ma’nodosh bo‘lmagan sub’ektiv kechinmalar iskanjasidagi cheksiz yolg‘iz zotdir 
deb ta’kidlashimiz mumkin. Biroq borliq va berilgan borliqni anglash jarayoniga 
nasbatan shaxsning yolg‘izligini tan olgan holda biz shuningdek anglash natijasida 
turgan gapki yolg‘iz emaslikni tan olishimiz kerak. Biz dalil sifatida «turli xil» 
kechinmalar «bir xil kashfiyotlar natijasi sifatida yo`zaga chiquvchi mohiyati 


bo‘yicha, allaqanday farqlanuvchi voqelikni eks ettiradigan Fan va san’atni 
mavjudligini esga olishimiz mumkin. Farqlanuvchi voqelik, birinchi navbatda ular 
tashkil qlgan belgi va qiyofalar hamda ularni anglatuvchi tushunchalar yahdilik 
bilan aniqlanadi. Farqlanuvchi voqelikning mavjudligi, shuningdek ko‘rinuvchi 
farqlanuvchi voqelikning ham mavjudligini taxmin qiladi. 
Ko‘rinishning yo`zaga chiqishi qiyidagilar bilan tushuntirilishi (asoslanishi) 
mumkin; 
1.
bir xildagi qiyofa va belgilar, biroq ularga turlicha ma’no berilishi – 
ko‘rinuvchi farqlanuvchi voqelik; 
2.
farqlanmaydigan 
boshqacha 
voqelikni 
ko‘rinishi 
– bir xil 
tushuntiriluvchi yuzani turli xil belgi va qiyofalar. Binobarin, 
ekzistekt tanlovni biz taklif qilayotgan ruxiy falsafiy nuqtai-nazardan 
noaniqlikni qabul qilish orqali tasavvur qilish mumkin.
Aynan berilgan noaniqlik, mijoz murojat qilayotgan xavotirli lahzani aks 
ettiradi. Boshqacha aytganda: berilgan xavotirli lahza «xumchaqchaq va javobgar 
bo‘lish yoki qurbon bo‘lishi orasidagi tanlov muammosini aks ettiradi. 
SHunday qilib, bizning o‘ylashimizcha ekzisten tanlov fikri, inson to‘liq 
erkikeraqligini tushunish orqali erkinlikka yetishishga ega ekanligida emas, balki u 
avval boshidanoq erkin, shuningdek yo`zaga keluvchi vaziyatlarga nisbatan 
o‘zining reaktsiyasini tanlashda ham erkinligidan iboratdir, ularning ko‘pchiligi har 
bir alohida olingan shaxsning takrorlanmas taqdir bezagini tashkil qiladi. 
Odamning taqdiri va o‘zaro munosabatlari mavzusi qadimgi grek ilmiy-
falsafiy fikrida yetarlicha sinchiklab ishlab chiqilgan. Uning qadr-qiymati hamda 
turkumi, zaruriy va tasodifning aynan shakllanishini va tasdiqlanishidadir 
deyishimiz mumkin. Aynan mana shu fikrlar yuqorida darajada qadimgi grek 
mifologiyasida tayyorlangan, uning doirasida fan va falsafaning paydo bo‘lishidan 
ancha ilgari. haqida taraqqiyot etgan tasavvurlar mavjud edi. SHaxs va taqdir 
kuchlari tengligi fikri ekzistent yenomenologik yondashuvda o‘zining yanada 
to‘liqroq aksini topdi, uning doirasida masalan shaxsga tanlov uchun javobgarlik 
turli vaziyatlarda o‘zi uchun tanlovni eng ko‘p miqdoriy xillarini yaratmoq uchun 
NLP texnikasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu muammo «javobgarlikni 
qabul qilish» uchun emas, balki eng yaxshi tanlovni amalga oshirish binobarin 
«javobgarlik muammosiga» emas, «xillar» muammosiga borib taqalishi bilan 
asoslanadi. Biroq shaxs doimo qandaydir ijtimoiy shaxslar qurshovida bo‘lganligi 
bois, anglash natijasida yo`zaga kelgan o‘zining chin qiyofasini topishi juda 
qiyindir, chunki u deyarli doimo o‘zi va berilgan ijtimoiy shaxsni qiyofasini 
tushunish bilan ovoradir. SHunday qilib, ekzistentsiolistlarning «ozodlik anglangan 
zaruriyati» «SHiori» ushbu iontekstda «Ozodlik-shaxsiy borliqni tushunmoq» kabi 
namoyon bo‘ladi. Bizning nuqtai nazarimizda, Franklning mantiqni izlash»idan 


juda katta farq qiladi, chunki avval boshdan borliqni mavjudligining dalilida aks 
etgan holda mantiq mavjuddir. Bunda urg‘u izlashdan tushunishga ko‘chiriladi. 
Borliqni anglash berilgan kontekstda nodir hayotni yozish kabi namoyon bo‘ladi, 
uning jarayonida takrorlanmas odam shaxsiga ega bo‘linadi. Ortodonsal 
materializm nuqtai nazaridan berilgan vaziyat tasdiqlanishi shart. Biroq, biz 
diqqatni avvalambor sub’ekt to‘g‘risida aniqrog‘i o‘zini va olamni qabul qilishi 
haqida gap ketayotganligiga berishimiz kerak, binobarin odamning muammosi 
ob’ektivlikka bilishga intilishni qoniqarsizligi bilan emas balki bilish jarayonida 
yaqlitlikka va avta nomlikga erishish bilan aniqlanadi. 
Shunday qilib vaziyatning xususiyatlaridan kelib chiqqan xususiyat 
muammoni yechish (hal qilish) uchun imkoniyatlarni ochish maqsadi bilan birga 
hayotiy muhim vazifa – yo‘lni o‘z uydirmalari bilan anglashni amalga oshirish 
shaxsiy maslaxatlashuv paytidagi ruxshunosning maqsadi hisoblanadi. 
Yo‘lni o‘z uydirmalari bilan anglashni amalga oshirish uchun uni yaratmoq 
kerak. Yaratish belgilar yordamida amalga oshiriladi. To‘g‘rirog‘i, tanlayotgan 
odamning ichki mos keluvchi, belgilar qatorini to‘plash, tanlashdir. Ushbu 
to‘plamni misoli sifatida dinni olish mumkin, chunki dunyodagi barcha dinlar 
og‘zaki shuningdek ko‘rish qatoridagi belgilar tilidan foydalaniladilar. Biroq 
belgilarni bunday anglangan holda ko‘llanilishi juda muhim ruxiy nodir xodisaning 
bir qirrasigina hisoblanadi: odamning o‘zi-o‘zi bilmagan holda va ichki sabab 
natijasida - o‘zi ham tushuntirib beraolmaydigan tushlar belgilarni hosil qiladi va 
yaratadi. SHunday qilib, tushlarni kelib chiqishi shaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan 
voqelikning bir qismi sifatida harakterli xususiyati esa shaxsiy uydirmalarni o‘ziga 
xos bo‘lmagan lahzalar bilan u yoki bu shaklda bog‘lanishi hayoliy sxemani nozik 
estetik fikr yuritish orqali to‘zish hisoblanadi. 
Keyinchalik ushbu yo‘nalishda fikr yuritilganda olam ikki xil tush ko‘rish 
va borliq o‘zaro bir-biriga kiruvchi realmidan tashkil topgan bo‘lib ko‘rinadi. 
Falsafa lug‘ati ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda, realli deganda bu 
quyidagilarni tushunamiz: «moddiylik, antologik borliq - o‘zinida, ya’ni o‘zida – 
borliq, uning refleksligidan abstrantlashtirilgan, reallikni bilish bog‘lamidan 
ajratiladigan va isbot talb qilmaydigan so‘nggi narsalarga tegishli va vaqtda paydo 
bo‘lishi mumkin hamda paydo bo‘lgan, mavjud va reallikka o‘tuvchi barcha 
narsalar». Binobarin, biz uchun «tushli realli» bo‘lib, tushlar paytida paydo 
bo‘ladigan hodisalar, voqealar, kechinmalar, qiyofalar xizmat edi, «borliqni 
realligi» bo‘lib esa – olamda mavjud barcha narsalar, «olamda borliq», «olam» - 
ekzistenlik tushunchasida – «borliqni olamshumulligi»ni tashkil qiluvchi olamda 
odamning borlig‘i odamzot borlig‘ini amalga oshishidir. Yaxlit xajmdagi
ko‘io‘lovchi odamiyliligi yaratish uchun tush realligi bu jarayonda shaxsning 
qiyofasi qirralarini, uning tajribasini charxlaydi. Ekzistentsialik ma’nosida, shaxsni 


shakllanishi va rivojlanishi, tush realligi va borliq realligi o‘rtasida, hech biri bilan 
qarama-qarshilikka uchramay va birlashmay amalga oshadi. Bu hayot mazmuni - 
qiyofali sintez harakatida mujassamlashgan integral jarayondir. 
Ushbu jarayonning mohiyati – tush va borliq atrof olamning madaniy 
parchalanishida muallifning Meniki ajratib olishdan iboratdir. Lekin bu 
«parchalanish» o‘z navbatida shaxsiy-falsafiy ijodda tug‘iluvchi yaxlitlikni 
murakkab parchalanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit hisoblanadi, unda doimo 
qiyofa, tushuncha va haqiqat orasida refleksiya, tanqid, sharh, yorug‘likni insonni 
o‘yini ko‘rinishidagi mavjud o‘ng‘aysizlikning sub’ekt va ob’ekt orasidagi mos 
emaslik zonasi saqlanadi. Ekzistentsial izlanish yo‘lining tushuncha mantiq shakli 
shaxsni ijodiy ongi va markaziy joy, bosh sahna juda ham tordir, shaxs o‘zining 
intilishlarini tush realligiga ko‘chirish demakdir. U shaxs yashayotgan borliqni 
realligini qayta gavdalangan, ko‘p qirrali ko‘rinish: muallif-qahramon-o‘quvchi 
hamda o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, barcha chegaralar va shart-sharoitlar 
chegarasidan chiquvchi o‘zining tugallanmagan olamga olish hamda keyinchalik 
uni simfolik tarzda parchalab tashlash uchun, tush realligi borliq realligini estetik 
qismi bo‘lib hisoblanadi. 
Tushlarni taxlil qilish barcha tarixiy metamorfozlarni bosh kechirgan 
usullaridan biridir. qadimgi Gretsiyada barcha hoxlovchilar o‘z savollariga tushlar 
yordamida javob olishlari mumkin bo‘lgan maxsus ibodatxonalar mavjud bo‘lgan. 
«Xabarlovchi tushlar» shomonlar amaliyotida jodugarlikda, xalq tabobatida 
foydalanilgan. Ushbu jarayonni muhimligini anglash uchun garb madaniyatiga 
Freydni teoriyasi olib kirdi, uni o‘rnini keyinchalik ruxshunoslikdagi tush realligini 
yunginlash egalladi. Yung tushlar realligi ichida o‘zgartiruvchi besh mexanizmni 
ajratib ko‘rsatdi. Ushbu kontekstda ularning ichida eng muhimi Yung tomonidan 
taqdim etilgan beshinchi mexanizm-dramatik shakl hisoblanadi, chunki tushlar o‘z 
tabiatiga ko‘ra, nafaqat adabiyot asarning (drama, roman) eksnazitsiya bilan
fabulaning rivojlanishi, kulg`minatsiya va lizisli klassik to`zilmaga ega, balki 
drama, roman (Baxtlen) ham o‘z-o‘ziga Yung tushlarga qo‘shib qo‘ygan barcha 
mexanizmlarni oladi. 
Tush realligini bunday holda tahlil qilib, biz o‘z taxlilimizni ikki yo‘nalishda 
rivojlantirishimiz mumkinligini ko‘ramiz: birinchida - qaxramon muallifga 
avtobiografiyalanmagan, muallifning unga olib chiqqan refleksiyasi haqiqatdan 
ham uni yakunlaydi; muallifning yakunlovchi reflekssiyasini, uning so‘ngi 
shakllantiruvchi ta’sirini o‘zlashtirib qaxramon ularni o‘z kechinmalari lahzalariga 
aylantiradi va ularni yengadi. 
Bunday qahramon tugallanmaydi, u ichidan o‘ziga adenvat bo‘lmagan har 
bir total ta’rifni kechiradi, u yakunlanmagan yaxlitlikni cheklash sifatida o‘tkazadi 
va unga ifoda etib bo‘lmaydidan qandaydir ichki sirni qarshi quyadi. Bu 


yo‘nalishda o‘z tadqiqotlarimizni davom ettirib, biz tush ko‘rishning har bir lahzasi 
o‘nga muallifning (tush ko‘ruvchi) reaktsiyasiga tuhfasi ekanligini, u o‘ziga bilan 
buyumni, shuningdek, qahramonning reaktsiyasini ham jamlashini ko‘ramiz. SHu 
kontekstda muallif, borliq realligida o‘zimizni o‘rab turgan odamlarni har bir 
ko‘rinishlariga bir nodir ta’sir ko‘rsatishimiz kabi o‘z qahramonning har 
birtavsilotlarini ma’lum ohangda gapiradi. 
Shunday qilib, tush ko‘rishda qahramonning (tush kuruvchi) alohida 
ko‘rinishlariga iuallifning ta’siri asosida shaxsga yaxlit kabi birlashgan ta’siri 
yotadi, uning barcha alohida k ko‘rinishlarini ushbu yaxlitlikni tavsifi uchun 
ahamiyatga ega bo‘lgan tush ko‘rish va borliq realligida kabi o‘z ichiga oladi. 
Nazorat savollari. 
1.
Irratsionalizm falsafasida nechanchi asrda yo‘nalish sifatida kirib keldi? 
2.
Psixodramma asosan kimlarga qo’llaniladi? 
3.
Ekzistensial so’zini ma’nosi?

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə