"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Liderlik 
– guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va 
bo`ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. 
Malaka 
–faoliyatning avtomatlashtirilgan ko`nikmasi, mustahkam 
mahoratidir. Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi 
harakat bo`lgan narsa har bir kishiga turmush tajribasiga ko`ra 
avtomatlashtirishi mumkin.
Muloqotdagi konstruktivlik 
– hamkorlarning aloqasi davomida ularning 
ehtiyojlarini 
qondirishni 
ta’minlaydigan, 
birgalikda 
hal 
qilinayotgan masalalarning ijobiy echim topishiga yordam 
beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan 
muloqotdir.
Munosabatning o`zgarishi (deformatsiya) 
– bu munosabatlardagi shunday 
o`zgarishlarki 
(buzilish, 
qiyinchiliklar, 
yanglishishlar), 
ular 
munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki buzilishiga
hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obro`siga yoki ruhiy 
osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur 
etkazadi.
Mazmun 
– bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi 
qandaydir ob’ekt o`rtasidagi munosabatni xira bo`lsada anglash va 
sub’ekt hohishlariga ko`ra paydo bo`ladigan psixik yaxlitlikdir.
Me’yor – 
ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o`zaro bog`liqligini 
anglatadigan, mazmukn va shakl imkoniyat va voqeilik o`rtasidagi 
zaruriy uyg`unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. 
Moslik 
– kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o`zaro bir-birini 
tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati. 
Motivatsiya – 
inson hulq – atvori, uning bog`lanishi va faolligini tushuntirib 
beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. 
Mentalitet – 
individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o`ziga xos tafakkur 
tarzi, voqelikni ma’lum bir tarzda tushunishi va va birlikda xarakat 
qilishga tayyorligi va moyilligi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə