"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Orzular 
– insonning kelajak to`g`risidagi, xayoliga kelgan va u uchun 
muhimroq ehtiyojlar va qiziqishlarni ro`yobga chiqarish borasidagi 
rejalaridir. 
Optatsiya –
(lotincha so`z – ortatio – xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam 
tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir deb 
e’tirof etiladi. 11-12 yoshlar, 14-18 yosh davrlarni o`z ichiga oladi. 
Optimizm 
– kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan 
ikki xil qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka 
yo`yish. 
Panelog – 
gurux ichidagi munozaradir 
Psixodiagnostika 
(grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir) – 
psixologik fan sohasi bo`lib, shaxsning individual – psixik 
xususiyatlarini o`lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi. 
Psixoterapiya 
(grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko`plab 
psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti
fikrlari, o`z-o`zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan 
nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas).
Psixotexnika 
(grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni sodir 
bo`lish xarakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni 
o`stirish va yangilarini shakllantirishda qo`llaniladigan konkret 
metodik usullar yoki usullar tizimidir. 
Reproduktiv – 
fikrlashni bir turi. 
Referent guruh 
(lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli 
bo`lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini 
so`zsiz tan
oluvchi va ularni o`zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir. 
Refleksiya – 
aynan o`ziga o`xshash odamlar obrazi orqali o`zi to`g`risidagi 
obrazni shakllantirish, jonlantirish. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə