"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Unutish 
– eslash va yod bo`lib qolgan yoki o`zlashtirilgan materialni qayta 
xotirlash imkoniyatining asta-sekin so`nib borishini aks ettiruvchi 
jarayondir. 
Fantaziya-
hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir. 
Fizionomika – 
odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning 
xususiyatlarini o`rganish. 
Faoliyat 
insonning voqeilikni, o`zini o`zi ijodiy o`zgartirish, 
takomillashtirish, mukammallashtirishga yo`naltirilgan faolligi. 
Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi. 
Xarakter 
(grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va 
munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bo`ladigan barqaror 
individual xususiyatlari yig`indisi bo`lib, unga xos bo`lgan hulq-
atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. 
Xarakterda inson uchun xos bo`lgan, standart vaziyatlarda 
qo`llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo`yish va echish usullari o`z 
ifodasini topadi. 


His-tuyg`u 
– insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs 
sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) 
qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yo`qsak o`zaro madaniy 
bog`langan hissiyotlaridir. 
Hayajonlanish 
– (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – 
psixik hodisalarning alohida toifasi bo`lib, sub’ekt tomonidan bu 
hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning o`z ehtiyojlarini 
qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari ko`rinishida 
namoyon bo`ladi. 
Hayotiy ma’nolar 
– bu inson uchun uning borliq bilan befarq bo`lmagan 
shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni o`rab olgan 
voqeilikdan ob’ektiv bog`liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va 
intilishlari ko`rinishida ham o`z aksini topadi. Biz kundalik 
hayotimiz davomida hattoki, ko`p hollarda o`zimizning turmush 
psixologi ekanligimizni ham unutgan holda ulardan juda ko`p 
foydalanamiz. Bu o`rinda «turmush» so`zidan tashqari «kundalik 
psixologiya» yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. 
Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong tarkibiga kiradi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə