"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

Xotira 
– insonning o`tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, 
saqlash va qayta eslashga yo`naltirilgan ko`plab psixik jarayonlari, 
hatti-harakatlari, holatlaridir. 
Hatti-harakat 
– insonning axloqiy o`z-o`zini ko`rsatish momenti bo`lib, 
bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, o`z-o`ziga, guruh yoki 
jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs sifatida o`zini namoyon 
qiladi.
Qayta hosil qilish 
– kuzatish mumkin bo`lgan u yoki bu belgilar shaklidagi 
faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan 
iborat bo`lgan aqliy hodisadir. 
O`ylar 
– insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan 
shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir. 
SHaxsiy kontakt 
– o`zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch 
yoki ko`proq kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi 
shaxsiy munosabat tavsifidir.
 
SHaxs erkinligi – 
insonlarning o`z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, 
ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o`zi istagan kasb, 
hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash. 
SHaxs 
– inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy 
tizimi, psixikadagi shunday barqaror funktsional tizimki, uning 
yordamida inson o`zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, 


maqsad sari intiluvchan bo`libgina qolmasdan, balki yaxshilashga 
ham qodir bo`ladi.
SHaxsiy munosabat 
– bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli 
yuzaga keladigan va 
o`zaro aloqadorlik
dagi strategiyalar kelishuvini 
kontaktlar 
o`rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra 
jarayoni, ular o`rtasidagi 
munosabatlar
ning o`rnatilishi va saqlab 
turilishidir. 
Kontakt, 
o`zaro 
aloqadorlik, 
munosabatlar, 
kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə