Psixologiya maktablari



Yüklə 71 Kb.
səhifə2/4
tarix31.12.2021
ölçüsü71 Kb.
#82174
1   2   3   4
Freydizmning psixalogiyaga qo'shgan hissasi.

Freydizm — 3. Freyd falsafiyantropologik va psixologik konsepsiyasining va shu asosda rivojlangan jami taʼlimotlar va maktablarning umumiy nomi. F. inson, jamiyat va madaniyatga taalluqli hodisalarni tushuntirish uchun Freydning psixologik taʼlimotini qoʻllashga harakat qiladi. F. insondagi 2 xil instinktga katta eʼtibor beradi: birinchisi — hayotni davom ettirishga karatilgan jinsiy instinktlar, ikkinchisi — hayotni barbod qilishga yoʻnaltirilgan vayronkor (destruktiv) instinktlar. Bu instinktlar guruhining har biri oʻz quvvat manbaiga ega. Birinchisiniki — nafs (libido), ikkinchisiniki — tajovuzkorlik. Freydga kura, inson hayotida jinsiy nafs va tajovuzkorlik quvvati ijobiy evrilishga uchraydi, yaʼni ijtimoiymadaniy qadriyatlar yaratishga qaratiladi, evrilishning turlari sportda, akdiy mehnatda, ijod va boshqa sohalarda namoyon boʻladi. Sivilizatsiyani aynan shu ijtimoiy evrilishga duch kelgan "tuban" biologik quvvatlar yaratadi. F. vakillari — A. Adler, K.G. Yung va boshqa 20-asrning 30-yillari oxirida neofreydizm kelib chikdi. U psixoanaliz bilan AQSH sotsiologax va etnografik nazariyalari qoʻshilishi jarayonida vujudga keddi.
Avstriyalik psixiator -vrach, psixolog, Freydizm asoschisi  Freyd Zigmund 1856 yil 6 may Fraybergda tavallud topdi.U  1902 yildan Vena universiteti professori, 1938 yildan Angliyada yashay boshladi. Freydning dastlabki tadqiqotlari bosh miya fiziologiyasi va anatomiyasiga bag’ishlangan. 19-asrning 80-yillarida nevrozlar muammosiga, 90-yillarning o’rtasidan boshlab esa, ruhiy tahlil (psixoanaliz) asosida nevrozlarni davolash usuliga e'tiborini qaratdi. Individning psxoseksual rivojlanishi nazariyasini takomillashtirdi, fe'l-atvorni shakllanishi va uning patologiyasida bolalik davri kechinmalarini asosiy o’ringa  qo’ydi. Psixoanaliz qoidalarini insoniyat madaniyatining turli sohalari-mifologiya, folklor, badiiy ijod, din va boshqalarga joriy qildi. Freydning ba'zi fikrlarini neofreydizm inkor etadi. Asosiy asarlari: “Tushlar ta'biri”(1900), “Kundalik hayot psixopatologiyasi”(1904), “Psixoanalizga kirish b’yicha ma'ruzalar”(1910), “Totem va tabu”(1913), “Men va U”(1923), “Muso va tavhid”(1939). Freyd Zigmund 1939 yil, 23 sentyabrda Kempsted, Buyuk Britaniyada vafot etdi.
XIX va XX asrdagi psixologiya - bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo`lgan bu yo`nalish XIX va XX asrning boshlarida o`z taraqqiyotining eng yukori cho`qqisiga erishdi. Uning yutqlariga erishuviga sabab eksperiment metodning tatbiq qilinishi edi. Uning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o`z vazifalari va metodlariga ega bir qancha shahobchalari maydonga keldi.

Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichda bir qancha yo`nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashxur va muhimlari assotsiatsizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi. Assotsiativ psixologiya haqida yuqorida gapirildi.



Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə