Psixologiya maktablari



Yüklə 71 Kb.
səhifə3/4
tarix31.12.2021
ölçüsü71 Kb.
#82174
1   2   3   4
Freydizmning psixalogiyaga qo'shgan hissasi.

Intellektual psixologiya

Intellektual psixologiya - bu psixikaning asosiy elementi va psixologik faoliyatning asosiy funktsiyasi aql-intelektdir deb hisoblaydigan yo`nalish. Intellektualistlarning fikricha, turli-tuman psixik protsesslar, shu jumladan emotsional va iroda protsesslari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning qushilishidir deb tushuntiriladi. Assotsiativ psixologiyaning vakillari ham intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlamchi va asosiy element tasavvurlardir deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning eng ko`zga kuringan vakili Gerbart hisoblanadi.

Volyuntaristik psixologiya, intellektualizmdan farq qilib psixik xayotning asosi sifatida shaxsning irodasini, aktivligini, faolligini ilgari suradi. Barcha murakkab psixik protsesslar, sususan, tafakkur ham insonning irodaviy aktivligi deb talqin qilingan.

Volyuntaristik psixologiyaning vakillari G. Linne (1889-1941 y). G.Myunsterberg (1863 -1916 y.) edilar Vilgelm Vundt ham, garchand irodaning asosi hislardir deb hisoblagan bo`lsa ham, volyuntarist edi.

Freydizm - bu o`z nomini avstriya nevropotologi va psixologi Zigmund Freyd (1856-1939 y) nomidan olgan bo`lib, psixologiya va nevropotologiyadagi alohida yo`nalishdir.

Freyd ta‘limotiga ko`ra, shaxs psixologik xayotining asosi jinsiy lazzat olishga karatilgan, tugma ongsiz mayl(instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, ahloqiy printsiplar tufayli, ijtimoiy «tsenzura»ning mavjudligi tufayli bu mayil to`g`ridai-tug`ri to`siladi. Shuning uchun ham ba‘zi kishilarda bu ongsiz tabiy mayil bilan anglab turilgan vaziyat urtasida ichki ruhiy konflikt (to`qnashuv) paydo bo`ladi. Bu to`qnashuvlar ba‘zan barqaror asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi.

Kishilik jamiyatida ko`pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti protsessida bu tabiiy ongsiz mayil energiyasi mehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va capf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko`chirilishini sudlimatsiya deb ataladi. Freydning ayrim shogirdalari uning ta‘limotiga ba‘zi bir o`zgarishlar kiritganlar. Masalan, Adolf Adler (1870-1937 y.) fikricha, seksual (jinsiy) mayil emas, psixik xayotning asosini, balki ustunlikka, hokimmiyatga boshqa kishilar ustidan hukumronlik qilishga bo`lgan tabiy mayil tashkil qiladi.


Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə