Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə16/48
tarix08.06.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#115993
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.

Maqsad va vazifa

Psixologiya faniga kirish, tabiiy va ijtimoiy fan sifatida uning hayotdagi o’rni haqida nazariy bilim, malaka yo’llari ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Tur: “Rezyume”
Vosita: Ko’gazmali material, manbalar.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Og’zaki
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.





11 – Mavzu: Pedagogik amaliyot davrida psixologiyadan beriladigan topshiriqlar.
Reja:
1) Malakali mutaxasislar tayyorlashda pedagogik amaliyotning o’rni.
2) O’quvchi shaxsini o’rganish va unga pedagogik –psixologik tavsifnoma tuzish.
2)Sinf jamoasini o’rganish va unga psixologik-pedagogik tavsifnoma tuzish.
4) Darsning pedagogik – psixologik tahlili
4) Tarbiyaviy tadbirlarning pedagogik – psixologik tahlili
Tayanch tushunchalar:pedagogik amaliyot,pedagogik-psixologik tavsifnoma,darsning pedagogik-psixologik taxlili,tarbiyaviy tadbirlar.
Pedagogika instituti talabalarini pedagogik faoliyatiga tayyorlashda va ularni yuqori malakali mutaxasis qilib tarbiyalashda maktablarda litsey va kasb – hunar kollejlarida olib boriladigan pedagogik amaliyotning roli nihoyatda muhimdir.
Pedagogik amaliyot psixologik jihatdan talabaning nazariy tayyorgarligini to’ldiradi va boyitadi, olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, amaliy vazifalarni hal qilish uchun o’rganilgan fanning nazariy qoidalaridan foydalanishga imkon yaratadi. SHuning uchun ham pedagogik amaliyot talabalarni kelgusi faoliyatga tayyorlash vositasidan biri hisoblanadi. CHunki talaba pedagogik nuqtai nazardan umumiy yosh va pedagogik psixologiyadan olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida amalda tadbiq qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Amaliyotchi talaba o’qituvchi sifatida o’quvchilarning yoshlik va individual psixologik xususiyatlarni bilibgina qolmay bali ta’lim – tarbiya va o’qituvchi psixologiyasidan olgan nazariy bilimlaridan ta’lim – tarbiya jarayonida foydalanishga o’rganadi. Psixologik ma’lumotlarga suyanib, ayrim o’quvchilarga va sinf jamoasiga tavsifnoma tuzish, darslarni psixologik tomondan tahlil qilish, tadbirlarni o’tkazish va uning mazmunini, tuzilishini, tarbiyaviy ahamiyatini psixologik jihatdan baholaydilar. Ularni sinf rahbari sifatida o’z tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish, o’z sinfi o’quvchilarining xususiyatlarini o’rganish, bir qancha tadbirlarni mustaqil tayyorlash kabi amaliy topshiriklarni bajaradilar. SHuningdek talabalar o’zlarining pedagogik qobliyatlarini sinab ko’radilar va yoshlarga bilim, ko’nikma, malakalarni singdirishda, ularning aqliy faoliyatlarini rivojlantirishda qanday qobliyatlarini tarkib toptirish lozimligini bilib oladilar. Pedagogik amaliyot jarayonida talaba o’qituvchigina emas, u psixolog ekanligini yodda tutmog’i lozim. CHunki yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun, yaxshi psixolog xam bo’lishi lozim.
O’quvchilarning xususiyatlarini bilish, ularning qalbiga yo’l topa olish, muloqotda bo’lish malakasini egallash, ularni faol va mustaqil fikrlashga o’rgatish, qobliyatlarini shakllantirish psixologiyani bilishini talab qiladi va talabalar bu o’rinda psixologiyadan olgan bilimlar tizimiga suyanadilar. Pedagogik amaliyot faol professional harakatlarni amalga oshirish va professional o’qituvchining dastlabki tajribalari bilan qurollantirish uchun qulay shart – sharoit yaratadi. Pedagogik amaliyot davomida talabalar:
1.Bir o’quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma.

  1. Sinf jamoasiga pedagogik – psixologik tavsifnoma

  2. Bir soatlik darsning pedagogik – psixologik tahlili

  3. Sinfdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni psixologik tomondan tahlil qiladilar va baholaydilar.

Bir o’quvchi shaxsiga va sinf jamoasiga tavsifnoma yozish uchun psixologik faktlar to’plami talab qilinadi. SHu maqsadda ular o’quvchi va sinf jamoasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va ma’lumotlarni to’plash uchun ularni kuzatib boradilar. Bu ma’lumotlar amaliyotning oxirida o’quvchi shaxsiga yoki sinf jamoasiga tuziladigan tavsifnoma uchun material bo’ladi. Talaba shuni esdan chiqarmasligi lozimki u kuzatayotgan o’quvchi yoki sinf jamoasi o’zini kuzatilayotganligini sezmasligi lozim. Aks holda o’quvchilar talabadan uyalib o’zlarini erkin tutmaydilar.
Psixologlarni har bir amaliyotga borishdan maqsad o’quvchilarni bilimi jarayonini va hakozolarni o’rgaib borishdar.
Amaliyotchi talaba amaliyot davrida o’ziga biriktirilgan sinfdan bir o’quvchini tanlab oladi va butun amaliyot davomida uni kuzatib boradi. Oilaviy sharoitini ham o’rganib boradi. Bolani kuzatayotganligimizni unga sezdirmasligimiz kerak. Bolani doimiy ravishda maktabda, sinf rahbariga, o’rtoqlariga munosabatlarini, mehnatga va o’qishga munosabatlarini, kuzatib boradi va psixologik kuzatuv daftariga qayd qilib boradi.
Kuzatuv payitida o’quvchining harakter xislatlari va unga xos bo’lgan xususiyatlarini yozib borish kerak. O’quvchining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini o’rganish faqatgina dars jarayonida olib borilmay, darsdan tashqarida, o’ynayotgan va mehnat qilayotgan vaqtida, tanaffusda, kundalik ish davomida ham kuzatishi kerak. Kuzatish va suhbatdan olingan ma’lumotlar “psixologik kuzatishlar kundaligi” daftariga sistemali yozib boriladi.
O’qituvchi avval talabani psixologik ma’lumatlarini ko’rib chiqadi va bu ma’lumotlarni tavsifnoma bayon etilganiga qarab, uni baholaydi.
Sinf jamosini o’rganish o’quvchi shaxsini o’rganishga nisbatan murakkabdir.
Talaba sinf jamoasini o’rganishda, albatta shu jamoaning uyushqoqligiga alohida e’tibor berishi lozim.
Talaba sinf o’quvchilari haqida umumiy ma’lumot, sinf faoliyatining mazmuni va xarakteri, ya’ni ularni hamma fanlarni o’zlashtirishlari, intizomi, o’quvchilarning o’zaro munosabatlari, sinf va sinfdan tashqari olib boriladigan ishlari, mehnatga munosabatlari, ular orasidagi faollar va ularni ish faoliyati, harakteri kabilar kundalik ish davomida kuzatiladi va sistemali ravishda yozib boriladi. SHuningdek amaliyotchi sinf o’quvchilarining siyosiy – g’oyaviy darajasi, etakchi (tashabbuskor) o’quvchilarning o’z o’rtoqlari bilan munosabati, ular orasida tutgan o’rni, uyushqoqligi, tashabbusi, mustaqilligi kabilarni muhokama qilib borish kerak. Talaba sinf rahbarining ish faoliyatini, uning bilimi, madaniyati, qobiliyatini, munosabatlarini o’rganadi va undan o’ziga xulosa chiqaradi.
Amaliyotchi kuzatgan ma’lumotlarni “Psixologik kundalik” daftariga yozib borishi talab etiladi. CHunki ularni yozib bormasa ma’lumotlar esdan chiqadi va psixologik tavsifnoma berishi mumkin bo’lmaydi.
Hozirgi zamon pedagogik psixologiyasida ta’lim o’quvchining ichki va tashqi faolligini boshqarish, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish jarayoni hisoblanadi.
Darsning mazmunini psixologik tomondan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak.
I. Dars va uni tashkil qilish masalasi.
1) Ta’lim jarayonining mohiyati
2) darsning maqsadi
3) dars mazmuni psixologik tomondan baholash.
II. O’quvchilarni bilish faoliyatlari va uni darsda boshqarish masalasi:

  1. diqqatni tashkil qilish

  2. idrokni, xotirani va tafakkurni faollashtirish darajasi

  3. ta’limda muammoli vaziyat

  4. xayolni aktivlashtirish darajasi

  5. bilish faoliyatining individual farqlari.

  6. bilish faoliyatida ko’nikma va malakalar

  7. darsda o’qituvchining faoliyati va uning o’quvchi shaxsiga tarbiyaviy ta’siri

III. Darsning natijalarini umumiy baholash
Talaba tomonidan tayyorlanadigan va o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishdan maqsad bo’lg’usi pedagog – psixologlarning tarbiyaviy ish sistemasini olib borishga o’rgatishdir.
Tarbiyaviy tadbir o’quvchilarni qanday harakter xususiyatlarini, ahloqiy sifatlarini, iroda xususiyatlarini tarbiya qilishga ta’sir qilganligi ularda do’stlik, o’rtoqlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllanishi, o’quvchilar bilan individual munosabatlarni o’rnata olish va tarbiyachilik mahoratlari kuzatiladi va tekshiriladi.
Tarbiyaviy tadbirlarni baholashda mavzuning maqsad va vazifalarini qanday amalga oshirganligi, uning tarbiyaviy ta’siri va natijasi qulay psixologik vaziyatni paydo qila olish nazarda tutiladi.
Ishning psixologik taxlilini bayon qilishda talaba:

  1. Tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishdagi talabani yutug’i

  2. Ish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar

  3. Tahlil qilinayotgan talabaning fikr – mulohazalari va takliflari ko’rsatiladi.

Tahlil albatta, psixologik ma’lumotlarga asoslangan, ob’ektiv harakterga ega bo’lishi zarur. SHuningdek, amamliyotchi – talaba tarbiyaviy tadbirni tahlil qilishda mustaqil fikr yuritishi, ma’lumotlarni analiz qila olish malakasiga ega bo’lishi talab qilinadi. Buning uchun u uzluksiz, o’quv amaliyotlarida ko’plab darslar, tarbiyaviy soatlarni kuzatishi, uni o’quvchilar bilan birga tahlil qilishi, o’quvchilar bilan doimo munosabatda bo’lib turishi ahamiyatlidir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Pedagogik amaliyotni tashkil etishdan maqsad nima?
2.Pedagogik amaliyotning mohiyati vaahamiyatini tushuntiring.
3.Sizning kelgusi pedaaagogik faoliyatingizda pedagogik amaliyotning o’rni qanday deb hisoblaysiz?
4Darsning mazmunini psixologik tomondan baholashda nimalarga e’tibor berish kerak?
5.Tarbiyaviy tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishdan maqsad nima?
6Tarbiyaviy tadbirlarning pstxologik taxlilida amaliyotchi talaba nimalarga e’tibor berishi kerak?
7.R.Ashurov va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Pedagogik amaliyot davrida talabalarga amali yordam”uslubiy qo’llanmasini(Farg’ona.1993 yil) o’qib,o’rganib chiqing.Qo’llanmadan –
-o’quvchi shaxsini o’rganish va pedagogik—psixologik tavsifnoma tuzish sxemasini,sinf jamoasinio’rganish va pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish sxemasini,tarbiyaviy tadbirlarni tayyorlash va uni psixologik taxlil qilish sxemasini,bir soatlik darsning pedagogik-psixologik taxlili sxemasini ko’chirib yozib keling. Psixologiyadan texnologik xarita

Mavzu


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə