Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Psixologiyadan texnologik xarita



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə18/48
tarix08.06.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#115993
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Psixologiyadan texnologik xarita

Mavzu

Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.

Maqsad va vazifa

Psixologiya faniga kirish, tabiiy va ijtimoiy fan sifatida uning hayotdagi o’rni haqida nazariy bilim, malaka yo’llari ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Tur: “Rezyume”
Vosita: Ko’gazmali material, manbalar.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Og’zaki
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.



13-Mavzu:


Jamiyatda psixolog-pedagogning o’rni.
Reja:
1.Jamiyatda psixolog-pedagogning o’rni.
2.Psixolog-pedagog shaxsining xususiyatlari.
3.Psixolog-pedagogning kasbiy xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:Pedagogik faoliyat, psixolog-pedagog shaxsi, kasbiy xususiyatlar.
Psixologiya fanida oliy o’quv yurti o’qituvchisining faoliyatiga bag’ishlangan bir qator tadqiqot ishlari mavjud ekanligiga qaramasdan, ularning barchasida pedagog-psixologning muayyan fazilatlari, xislatlari, sifatlari, xususiyatlari, qobiliyatlari mohiyati ochib berilgandir. O’qituvchining xarakterologik, individual-tipologik, ijtimoiy-madaniy jihatlari, jabhalari, qadriyatlari o’rganilgan izlanishlar o’zining noyobligi, betakrorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida insoniyatning etnopsixologik xususiyatlari alohida qiymatga ega ekanligi e’tirof qilingan holda ularni tadqiq etish psixologiyaning dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi. Xuddi shu boisdan oliy o’quv yurti o’qituvchisining milliy xususiyatlarini tekshirish kadrlar tayyorlash milliy dasturida mukammal joy egallaganligi tufayli insonshunoslik fanlarining nufuzli yo’nalishi sifatida izlanish tadqiqot maydoniga kirib keldi.
Oliy maktab o’qituvchisining milliy xususiyatlarini ko’p yillik tadqiqotimizning mahsuli tariqasida ilmiy-nazariy xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi materiallar umumlashtirildi.
Milliy psixologiyaga taalluqli samarali izlanishlarimiz natijasida oliy o’quv yurti o’qituvchisining domlalik faoliyatida etakchi va ustuvor qiymatga ega xususiyatlari mavjud ekanligi va ular boshqa millat vakillaridan muayyan darajada farqlanishi kashf etildi. Qiyosiy tavsiflash orqali oliy o’quv yurti o’qituvchisining o’ziga xos milliy xususiyatlari aniqlandi va ular maqsadga muvofiq ravishda tartibga keltirilib tavsiflab berildi.
Hozir mazkur xususiyatlarning eng muhimlarini psixologik tavsiflashga va mohiyatini yoritishga harakat qilamiz.

  1. Andishalilik. Oliy maktab o’qituvchisining milliy xususiyati sifatida andishalilik etakchi o’rin egallaydi va o’quv faoliyatining mahsuldorligi, uning ta’sirchanligi mezoni bo’lib hisoblanadi. Uning andishalilik xususiyati bir qancha holatlarda va invariant ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin:

  • talaba yoki ota-onaga etkazilishi, uzatilishi mo’ljallangan axborot, xabar, ma’lumot domlaning kasbiy nufuziga zarar keltirishi ehtimoli nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yondashishda;

  • talaba shaxsiyatiga, o’qishga munosabatiga, kurs jamoasi o’rtasidagi nufuzga sezilarli halal berish ehtimoli mavjudligini hisobga olishda;

  • ota-onalar yoki oila sha’niga nisbatan salbiy kechinmalar paydo bo’lishini, oila a’zolarning his-hayajonlari o’zgarishi, stress, affekt holatlarni keltirib chiqarishni diqqat-e’tiborda tutishda;

  • oilaviy nizolar, mojarolar, ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, janjallar omili ekanligini tushunishda;

  • shaxslararo munosabatlar, muomala, muloqot maromi buzilish oqibati bo’lishi mumkinligini ruhan namoyon etishda va hokazolar.

Kuzatishlarimizning ko’rsatishicha, oliy maktab o’qituvchisining asl muddaosi andishalilik oqibatida oxirgi masalalardan biriga aylanib qoladi, chunonchi talaba o’zlashtirishi, axloqi, kelajagi to’g’risidagi axborot ijtimoiy muammo oilaviy muhit, iqtisodiy masala, jamoaning turmush tarzi mulohazalaridan keyin uning jinsiga xos ravishda bilim darajasi yoki xulq-odobi yotig’i bilan, pardali qilib muhokamaga qo’yiladi.
Uning andishaliligi rahbariyatga, siyosatga, jamoaviy qarashlarga nisbatan bildiriladigan fikrlar oqibatini oqilona baholashda, omilkorlikda, vaziyatni odilona echish jarayonida yaqqol aks etadi. Lekin u andishaning oti qo’rqoq qabilida ish qilinayotganligini zukkolarcha fahmlaydi, biroq vaziyatning mohiyatini oshkor qilishdan o’zini tiyib turish xususiyati bilan tavsiflanadi.

  1. Bag’rikenglik. O’qituvchining bag’rikengligi uning nisbiy, xususiy, ikkinchi darajali, odatiy hodisalarga nisbatan munosabatida, jins va yosh xususiyat bilan bog’liq vaziyat, holat ekanligini aks ettirishda o’z ifodasiini topadi. SHuningdek, odob-axloq ko’rinishlari, noxush kechinmalar, ziddiyatli holatlar oqibatlarini ruhiy dunyosidan chiqarib tashlashda, kek saqlamaslikda, ko’rib ko’rmaslikka, sezib sezmaganga olishda bevosita ko’zga tashlanadi:

  • mashg’ulotlarda, muomala jarayonida, auditoriyadan tashqaridagi voqeliklarni nisbiy baholashda;

  • kechinmalar, vaziyatlar oqibatlarini ruhiy dunyosidan forig’ qilishda;

  • kurs jamoasi a’zolari, ota-onalar o’rtasidagi noxush munosabatlarni batamom unutishda

  • iqrorlik, tan olishlik, kechirim so’rashlik umumbashariy, ijtimoiy qadriyatligini anglashda, beayb, mukammal, komil inson tabiat hamda jamiyat mo’jizasi ekanligini tushunishda va boshqalar.

  1. Dilkashlik. Hech bir kasb egasida jamiyat, davlat rivoji va ijtimoiy taraqqiyot muammosini yuksak darajada talqin qilish imkoniyati, mas’uliyati oliy o’quv yurti o’qituvchisidagidek to’laqonli aks etmaydi. SHuning uchun olamda, mamlakatda, hududda, turar joyda bo’layotgan voqelik uni befarq qoldirmaydi. Barcha narsalar qiziqtirganligi tufayli har bir voqelik mohiyatini bilishga intiladi, turli kechinmalar, his-tuyg’ular, ijodiy faoliyat mahsullari unga mas’uliyat tuyg’usini yuklaydi.

Oliy maktab o’qituvchisining quyidagi kechinmalari va munosabatlarida mazkur xususiyat aks etadi:

  • barcha yosh davrlari, turli elat va millatlar bilan bir xilda muomalaga kirishishda, muloqot o’rnatish qobiliyatining ifodasida;

  • turli xususiyatli muammolar muhokamasining har xil bosqichlarida faol ishtirok etishda;

  • insoniylik fazilatlarini keng ko’lamda namoyish qiladi;

  • talabadan tortib to katta yoshdagi odamlargacha tarbiyaviy ta’sir o’tkazishda;

  • suhbat, muomala va muloqot kezida shirinsuxanlikni mukammal namoyish qilishda:

  • noxush kechinmalardan forig’ etishda, tasodif vaziyatlarda talabani qiyin ruhiy holatdan olib chiqishda, illatlar tug’ilishining oldini olish jarayonida;

  • yig’inlarda qatnashchilar faolligini oshirishda, o’qish, mehnat jarayonlarida yuksak yutuqlarga erishishga ilhomlantirishda va boshqalar.

  1. Samimiylik (samimiyatlilik). O’qituvchining oliy maktabda, kurs jamoasida, mahallada yuzaga kelayotgan ijobiy, taraqqiyparvar voqealarga va hodisalarga nisbatan iliq munosabatini undagi samimiylik ifodalaydi. Uning asosiy mohiyati quyidagi holatlar orqali aks etishi kuzatiladi:

  • hamkasblari faoliyati, xulqi va muomalasi samarasi, nazokati, maromi bo’yicha erishgan yutuqlariga nisbatan xayrixohlikda;

  • shogirdlarining obro’-e’tibor qozonishdagi ildamligiga, tezkorligiga nisbatan munosabatining tabiiyligida;

  • oila a’zolari o’rtasidagi har xil xususiyatli munosabatlarning kengayishi, qutblanishi (qarama-qarshi ikki qutbga ajralishi), ustuvorlik kasb etishi, empatiya, simpatiya, antipatiya, attraktsiya singari his-tuyg’ularga oqilona yondashishda;

  • mahalladagi fuqarolarga, ularning xulq-odobi, tadbirkorligi, ishbilarmonligi kabi fazilatlar va xususiyatlarni xolisona baholashda;

  • el, yurt, xudud; jamoa, guruh zafarlariga, jahon tsivilizatsiyasi va turli mohiyatdagi yaqqol voqeliklarga odilona munosabatda kabilar.

  1. Ibrat-namunaviylik (timsoliylik). Etnik va milliy xususiyatlarimizga ko’ra qadim zamonlardan buyon ziyokor muallim o’zining tashqi ko’rinishi, kiyinish va xulq-odob madaniyati, nutq qobiliyati, muomala maromi, aql-zakovati, maslagi, dunyoqarashi, xarakter xususiyatlari bilan fuqarolar o’rtasida obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan, ular orasida barqaror ishonch qozongan. Xuddi shu bois o’qituvchi o’zining barcha ijobiy tomonlari bilan umumiyat uchun tarbiyaviy ibrat, timsol vazifasini bajarib kelgan va hozir ham shunday funktsiyani ado etishda davom etmoqda. Uning timsoliyligi ushbu ko’rinishlarda bevosita ko’zga tashlanishi mumkin:

  • o’ziga oro berishning oddiyligi va maqsadga muvofiqligida;

  • zamonaviylik bilan milliylikni uyg’unlashtirib foydalanishida;

  • qomat tutish va yurish-turishning tabiiyligi hamda namunaviy xususiyat kasb etishida:

  • xulq-odob madaniyatining odatiy tus olganligida, shuningdek, zamonaviylik bilan etnopsixologik jabhalarning uyg’unlashuvida;

  • nutqning mantiqiyligi, teranligi, ixchamligi, ilmiyligi, obrazliligi, g’oyaviyligi va maqsadga muvofiqligida (pauza, ritm, chastota, amplituda, temp va hokazolar mavjudligida);

  • shaxslararo munosabatda muomala maromidan mukammal foydalanishda (bevosita, bilvosita, verbal, noverbal, imo-ishora, mimika, pantomimika, psixosemantika, piktogramma, ekspressiv, impressiv ko’rinishlarni amaliyotda qo’llashda);

  • aqlning teranligi, mustahkamligi, chuqurligi, ijodiyligi, egiluvchanligi, topqirligi, tezkorligi namoyon bo’lishida;

  • e’tiqod, dunyoqarash, iymon va xarakter xususiyatlarining amaliy ifodalanishida;

  • jamoatchilik fikri va ishonchining barqaror ekanligida;

  1. Sabr-toqatlilik (bukilmas, irodaviylik). Pedagogik faoliyatda o’ta murakkab xususiyatga ega bo’lib, uni amalga oshirish insondan barqaror, mustahkam, chidamli, shaxsiy fazilatlar, xislatlar, sifatlar, xarakterologik va emotsional irodaviy xususiyatlarni talab qiladi.

Uning qiyin va mashaqqatliligini tasavvur etish bilan birgalikda praksik (lazzatlanish) hisni shakllantirish imkoniyati mavjudligini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. Faoliyat mahsulini sezish, uni yaqqol aks ettirish bir qator ham ob’ektiv, ham sub’ektiv to’siqlarni bartaraf etish taqozo etadi. Buning uchun o’qituvchi bukilmas irodaviy xususiyatga ega bo’lishi, undan hayot va faoliyatda aslo og’ishmasdan maqsadli xatti-harakatlarni amaliyotda qo’llashi lozim. CHunki pedagogik faoliyat o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan qator tarkiblardan vujudga keladi, vaziyat, holat, hodisa va tasodiflar orqali mohiyati o’zgaradi, ularning ta’sirchanligi ustuvorlikni keltirib, chiqaradi. Kasbiy xususiyat ushbu holatlarda qamrab olinishi mumkin:

  • turli xususiyatli talabalardan tashkil topgan kursni (guruhni) jamoa sifatida shakllantirishda;

  • talabaning xulq-atvoriga, o’zlashtirish darajasiga, o’qishga munosabatiga, o’ta faolligiga (sustligiga) vazminlik bilan yondashishda;

  • shaxslararo munosabatdagi har xil nizoli, ziddiyatli holatlarga nisbatan shaxsiy fikrini bildirishda, ularning oldini olishda;

  • oliy o’quv yurti ichki rejimiga, jamoatchilik topshiriqlariga, mashg’ulotlarga tayyorlanishdagi qiyinchiliklarga, rag’batlantirishning zaifligiga, ba’zi illatlar ko’rinishiga toqat qilib faoliyat ko’rsatishda;

  • status bilan rol o’rtasida sodir bo’ladigan nomutanosibliklarga chidash jarayonida:

  • oliy o’quv yurti, oila, ishlab chiqarish va mahalla faoliyati o’rtasidagi uyg’unlikning zaifligini tushungan holda munosabatda bo’lishda;

  • milliy an’analar bilan zamonaviylik o’rtasidagi ziddiyatda;

  • intilish bilan baholash, voqelik bilan istiqbol, romantika bilan hayotiylik, maksimalizm bilan turmush realizmi orasidagi tafovutlarda va hokazo.

Oliy maktab o’qituvchisining bukilmas irodasi beto’xtov ijodiy faoliyat ko’rsatishni, keng ko’lamda ijtimoiy muhitda faol ishtirok etishni, ijtimoiy madaniyat yalovbardori sifatida qatnashishni ta’minlaydi, taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Hech qaysi mutaxassislikda bunday fidoiylik, mehnatsevarlik, o’zgalarga nisbatan mehr-muruvvatlilik yuksak his-tuyg’ularga egalik talab qilinmaydi, chunki kelajak va uning quruvchilarini shakllantirish jarayoni nuqsonlardan xoli bo’lishi shart.
7. Saxovatlilik. Oliy maktab muallimi o’zining ushbu xususiyati bilan boshqa kasbdagi insonlardan farqlanib turadi. Ziyokor o’z talabalariga bilim ulashishdan tashqari, ularga zarur bo’lgan umumbashariy ma’naviyat va qadriyatlar bilan qurollantiradi. Undagi saxovatlilik quyidagi holatlarda o’z ifodasini topadi:
-insoniy his-tuyg’ularni shakllantirish orqali o’zligini aniqlashga, milliylikni tushunishga o’rgatadi;ularni hayot quvonchlari va tashvishlari yashashdan maqsad yuzasidan umumlashgan tasavvur obrazlari bilan qurollantiradi;tabiatning go’zalligi, in’omlari, saxiyligi bo’yicha tushunchalar berishga intiladi, uni asrash- avaylash, saqlash zaruriyatini tushuntiradi, ekologik buzulishlarning oldini olish to’g’risida ilmiy materiallar bilan ta’minlaydi;talabalarda shaxslararo, millatlararo muomala madaniyatini shakllantiradi, tinch-totuv yashash manbalari bilan tanishtiradi; xulq-atvor, o’qish, mehnat malakalarini tarkib toptiradi, ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga tinimsiz harakat qiladi, ularni komillik sari intilishga undaydi;o’zidagi mehr-muhabbat tuyg’usini ulashadi, kelajakda mag’rur, iymonli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar insonlar voris bo’lishiga umid qilib yoshlarni mukammal shaxs sifatida tarbiyalashga mahoratini bag’ishlaydi.

Pedagogik odoblilik (nazokatlilik). Har qanaday mutaxassis odob, axloq namunalariga ega bo’lishi tabiiy, lekin pedagogik odoblilik mutlaqo o’zgacha holdir. CHunki tabiatga, jamiyatga, notanish kishilarga, jism va ashyolarga, o’ziga o’zi munosabatda haqiqiy mezon rolini bajaruvchi qobiliyatga ega bo’lishlik aynan o’qituvchi shaxsida mujassamlashadi.


Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg’ular, milliy xarakter xususiyat, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, qonuniyatlari, hodisalari, mexanizmlari, vositalari va ko’nikmalaridan me’yoriy ravishda, maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o’z aksini topadi:-emotsional his-tuyg’ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar, xossalar chegaralariga batamom rioya qilishda;-xulq-atvor malakalarini amaliyotga oqilona qo’llashda, bachkana qiliqlik, ortiqcha harakatlar qilishdan o’zini tiyishda;-nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslikda , shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslikda, qo’pol va dag’al so’zlar qo’llamaslikda; - hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyan meyorlarga asoslanishda, manmanlikni namoyish qilmaslikda;talaba va o’qituvchilar jamoalari bilan, ota –onalar xamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda; rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanishda va hokazo;
Ma’naviy yuksaklik. O’qituvchi ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko’rsatkichi bo’yicha ancha yuksaklikka ega. Uning bu darajaga erishish manbalari-o’qituvchining kundalik, ijodiy izlanish faoliyatining ko’rinishidan, ijtimoiy status va rolni qat’iy ijro etishdan iboratdir. O’qituvchining kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tarixiy bilimlarga ega bo’lishdek zaruriyat, ehtiyoji, imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon tsivilizatsiyasi va boshqa ommaviy axborotlardan xabardorlik uning ma’naviy darajasini o’lchash uchun reyting vazifasini bajaradi. Ma’naviy yuksaklik namunalari quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lishi shart:-aksariyat fan tarmoqlari yuzasidan muayyan bilimlarni egallaganlikda;madaniyat, san’at, adabiyot bo’yicha etarli ma’lumotlarni o’zlashtirganlikda; turli muammolar mohiyati va echimi to’g’risida mukammal axborotlar tizimi bilan qurollanganlikda, ya’ni tashviqotlar olib borish ommaga ma’lum darajada ta’sir o’tkaza olishda;ishonchli omillar, dalillar, qonunlar, amaliy materiallar mohiyatini tushuntirish va izohlash imkoniyati mavjudligida;-dunyo voqealari, noyob hodisalar, insoning cheksiz imkoniyati, ruhiy zahirasi to’g’risidagi mulohazalaridagi to’la-qonli sharhlashda;-kasbiy xulq, muomala va faoliyatga nisbatan qat’iyatlikda, ma’naviy boylik bilan g’ururlanish tuygusini ifodalashda namoyon bo’ladi;10. Kasbga sadoqatlilik. Kasb tanlash motivatsiyasining barqarorligini, uning identifikatsiyasi va refleksiya bosqichlariga o’sib o’tishi ixtisoslikga nisbatan sadoqatlilik namunasi bo’lib hisoblanadi. O’qituvchining moddiy ta’minlanganlik darajasi hech qachon yuksak bo’lmagan, tasodifan mazkur soxa ko’rsatkichi yuksak koeffitsientga erishilganda ham u ijtimoiy ehtiyojga ta’minlashga yo’naltirilgan. Kasbga sadoqatlilik namunasi sifatida uzluksiz ravishda katta ish stajiga egalikni, har xil xususiyatli vaziyatlarni engib chiqishni nizoli holatlar echimini topa bilishni, tangliklarni bartaraf etishda jasorat ko’rsatishni ta’kidlab o’tish joiz;ijtimoiy-tarixiy o’zgarishlar davridagi munosabat va islohotlariga bardoshlilikda;moddiy-texnika, texnologiya bazasining nochor ahvoliga tushunib munosabatda bo’lishda;ma’naviy stimul (rag’batlantirish) maqsadga muvofiq oqilona amalga oshirilmagan omillar bilan kurashishda;

  • shaxslararo munosabatdagi salbiy holatlarning mavjudligiga toqatlilikda;

  • ma’muriyat bilan nizoli vaziyatlar vujudga kelganda keskinlikni yumshatishda;

  • jamoatchilik bilan aloqa susayganda og’irlikning o’z zimmasiga olishda kasbga sadoqatlilik o’z ifodasini topadi va bo’lg’usi mutaxassis taqdiri birlamchi ekanligi namoyish qilinadi.

  1. YUksak tuyg’ularni egallanganlik. Boshqa ixtisoslardan farqli o’laroq o’qituvchilik uchun yuksak his-tuyg’ular, kechinmalar ustuvorlik qilishi darkor. Jumladan, ijtimoiy barchaga sadoqat, mas’uliyat, javobgarlik, vijdon, maslak hislari shunday yuksak tuyg’ular toifasiga kiradi va ularning barqarorligi pedagogik faoliyat garovi va kafolatidan darak beradi:

-ijtimoiy burchni ado etishda sadoqat namunasini namoyish qilish, shubhalarga chek qo’yish;
-jamiyat, davlat, xalq oldida mas’uliyatni yuksak his etish va shunga javoban faoliyatni tashkil qilish;
-ta’lim tizimi, bo’lg’usi mutaxassis taqdiri uchun javobgarlikni anglash holda kasbiy mahorat va ijtimoiy faollikni amalga oshirish;

  • ta’limiy, tarbiyaviy ta’sir o’tkazishda oqilona, odilona va omilkorlik bilan vosita tanlash, ikkilanishlarga yo’l qo’ymaslik;

  • talaba xulqi, muomalasi faoliyati mahsuli baholanishda vijdon regulyator vazifasini bajarsa, achinish, azoblanish hislari namoyon bo’lmaydi;

  • har qanday vaziyat, sharoit va holatda o’z maslagiga shak keltirmaslikda oliy maktab o’qituvchisining ruhan pokligi, musaffoligi ifodalanadi.

  1. Ijtimoiy faollik. O’qituvchi auditoriyadan tashqari vaqt hukmida o’zining ijtimoiy faolligini amalga oshiradi, xuddi shu bois uni altruist xalq xizmatiga fidoiylik (namunasi) xususiyatining timsoli tariqasida talqin qilish mumkin. Mamlakat miqyosida, uning xududlarida, turar joylarida ma’rifiy- ma’naviy ishlarni jonlantirishda, ommaviy marosimlarni rejalashtirishda, jamoatchilik fikrini aniqlashtirishda, saylov kompaniyasida ulug’vor sanalar nishonlashida yig’ilishlar o’tkazilishida oliy o’quv yurti o’qituchisi etakchilik qilishi an’ana tusiga kirgan. Uning uslubiy mahorati madaniy saviyasi, muomalaga kirishuvchanligi tadbirlar muvaffaqiyatini ta’minlaydi, zamonaviylik bilan qadriyatlar o’rtasida uyg’unlikni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy faollik uning shaxsiyatparastlik illatidan xalos etadi, omma o’rtasida obro’-e’tibor qozonishga puxta zamin hozirlaydi.

  2. Nutqiy qobiliyatlilik. O’qituvchi o’zining nutqiy qobiliyati bilan boshqa kasb egalaridan farqlanadi va shu aloqa quroli orqali talabani shaxs sifatida shakllantiradi, unga bilim, ko’nikma beradi hamda ijtimoiy turmushda ishtirok qiladi, ijtimoiy taraqqiyot uchun o’z hissasini qo’shadi, avlodlar vorisligiga uyg’unlik baxsh etadi;

-nutqning mazmundorligi, teranligi, izchilligi, haqqoniyligi, ta’sirchanligi, mantiqiyligi, ravonligi, ixchamligi;
-ovozning sur’ati, tarqalishi, uzatilishi, shiradorligi, akustik texnologiyaga rioya qilishlik;
nutqning kommunikativ, interaktiv va pertseptiv tarkiblari o’rtasida mustahkam aloqaning mavjudligi;
-to’g’ri va teskari aloqani vujudga keltirishda uquvchanlik;
-nutqda qanotli iboralar, hissiy kechinmalar, jonli mushohadalar, umumlashgan fikrlar, umumlashmalar umumlashmasi, mavhumliklar mavhumligi ishtirok etishi;
guruh, kurs a’zolarini faollashtirishda nutq imkoniyatlaridan, muammoli vaziyatlardan, maroqli o’yinlardan foydalanish;
fikrni uzatish va qabul qilish jarayonida psixolingvistik qonuniyatlarni, model tizimini qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. Tashabbuskorlik, o’qituvchining ijodiy izlanishlari, nostandart vaziyatlar echimini topish, o’qitishning yangi texnologiyasini qo’llash tufayli ta’limning yangi shakllari, uning invariantlari kashf qilinadi, ratsionalizatorlik taklifi, yuksak mahorat namunasi, novatorlik tashabbusi vujudga keladi. Auditoriyani tadqiqot laboratoriyasi sifatida tasavvur etish o’qituvchi faoliyati ijodiyligini oshirish va uni takomillashtirish sari etaklaydi:

-o’qitishni fikriy bloklar orqali tashkil qilish;
-mashg’ulot ma’ruza bosqichlarini vaziyatga muvofiqlashtirishga erishish;
-topshiriq va masalalar echimini modifikatsiyalash va invariantlarini topishga talabalarni yo’naltirish;
-auditoriyani faollashtirish, yangi vositalarini qo’llash va ularning omilkorligini oqilona tahlil qila olish;
-iste’dodli talaba bilan ishlash metodikalarini ishlab chiqish,
o’qitishda va tarbiyalashda talabalarning yosh, jins xususiyatlari va o’quv fanlari o’ziga xosligini uzluksiz ravishda hisobga olish;
-auditoriyadan tashqari vaqtni omilkorlik bilan taqsimlash yo’llarini sinash;
-talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish va muayyan vositalar bilan ularni tanishtirib borish;
o’zini o’zi boshqarish, o’zini o’zi takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar, ishlamalar yaratish tashabbuskorlikning yorqin namunasidir.

  1. Tashkilotchilik. O’qituvchi o’zining tashkilotchilik xusuiyati bilan jamiyatdagi boshqa ziyolilardan ajralib turadi. Uning bu xususiyati quyidagi holatlarda ko’zga tashlanishi ehtimol:

-mashg’ulotni o’ziga xos tarzda tashkil qilishda va guruhiy faollikni vujudga keltirishda;
guruhda, kursda ruhiy muhitni shakllantirishda va o’zaro tushunishni amalga oshirishda;
-kursdan va auditoriyadan tashqari tadbirlar, uchrashuvlar, sayohatlar, musobaqalar, olimpiadalar, bahslar uyushtirish va o’tkazishda;
-hudud miqyosida marosimlar, bayramlar o’tkazishda;
-milliy an’analar, marosimlar, rasm-rusumlarni turar joylarda uyushtirishda;
-ommaviy tashabbuslarni qo’llab quvvatlashda;
-milliy ma’naviyat va qadriyatlarni amalda qaror toptirishda;
-xalq ijodiyoti, amaliy san’ati peshqadamlari, iste’dodlarini kashf qilishda va ularni tarbiyalashda;
-ijtimoiy madaniyatning milliy namoyandasi sifatida faol ishtirok etish orqali umumbashariy muammolar echimini topishda va boshqalar.
Biz yuqorida oliy maktab o’qituvchisining milliy xususiyatlari yuzasidan qisqacha mulohaza yuritdik, zero, ulardan bo’lg’usi mutaxassislar (bakalavr, magistrlar) tayyorlashda foydalanilsa, milliy dastur vazifalaridan biri o’z amaliy ifodasini topgan bo’lar edi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə