Psixologiya va gumanitar fanlar


Test  standartlashtirilgan



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

Test 
standartlashtirilgan 
psixodiagnostik 
metod 
sifatida. 
Test 
turlari. 
Psixologiyada 
test
deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik 
darajasini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini 
beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning 
standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, u voqea, 
hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, 
olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma 
vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi. 
Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test 
qachon, qaerda, qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni 
bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik 
metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga 
juda qat'iy talablar qo‘yiladi. 
Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha 
guruhga bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan 
sifatni testlar yordamida baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning 
alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha 
baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo testlarga 
bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo‘yicha 
amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga 
talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash – 
protsessual testlar, Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi. 
Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni 
alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda 
qo‘llaniladi. 
Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini 
aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni 
aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini 
kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash 
testlari ham mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar kiradi. 
Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, 
masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, Yutuqqa erishish 
motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi. 
Shaxslararo testlar har xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida 
ijtimoiy-psixologik o‘z-o‘zini attestatsiya qilish testi. 


21 
Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq 
predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmali-harakatli 
reja asosida amaliy ish bajaradi. 
Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi 
ichiga oladi. 
Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash, xulosa 
chiqarish, har xil so‘zlarning ma'nosini anglash va taqqoslash hamda bu so‘zlar 
bilan har xil mantiqiy operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi. 
Testlarda qo‘llaniladigan ko‘pgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu 
testlarda amaliy, nazariy, obrazli va verbal topshiriqlar mujassamlashgan. Bu 
odamning real hayotdagi ko‘p vazifalari kompleks xarakterga ega ekanligi bilan 
bog‘liqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining real hayotdagi Yutuqqa erishish 
imkoniyati va xulqini aytib berish uchun o‘tkaziladi. 
Blankali testlar – sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi 
blankalarda foydalaniladi, masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar. 
Apparaturali testlar – bu shunday testlarki, unda test natijalarini qayta ishlash va 
ko‘rsatish uchun har xil turdagi apparaturalar qo‘llaniladi, masalan, audio va 
videotexnika, elektron hisoblash mashinalari. 
Protsessual testlar yordamida qandaydir bir psixologik xulqiy jarayon o‘rganiladi 
va unga aniq miqdoriy va sifatiy tahlil beriladi, masalan, materiallarni esda olib 
qolish jarayoniga, individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini 
misol sifatida keltirish mumkin. 
Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir bir faoliyatida, bilish sohasining 
qandaydir bir turida Yutug‘ini baholashda qo‘llaniladi, masalan, tafakkurning 
mantiqiyligi, diqqatning barqarorligi, verbal tafakkurning rivojlanganlik darajasi. 
Holatlar va xususiyatlar testlari shaxs psixologik sifatlarining barqarorligini 
diagnostika qilish bilan bog‘liqdir, masalan, shaxs xislatlari, temperament 
xususiyati, qobiliyatlari va boshqalar. 
Proektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proektiv test kishining u yoki bu 
psixologik sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday 
baholash kishining ko‘p ma'noli ob'ektlarni qanday qabul qilishi va talqin 
qilishining analizi natijasida olinadi. Bunga: surat sYujetining noaniqligi, shaklsiz 
dog‘lar, tugallanmagan jumlalar va boshqalar kiradi. Bunday ob'ektlarni tahlil 
qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda o‘z-o‘zining «proektsiyasini» ko‘rsatib 
berishi deb Yuritiladi. 
Bu guruh testlariga, Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar 
kiradi. 
Proektiv 
testlar 
sinaluvchining 
yashirin 
va 
anglanilmagan 
psixologik 
xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi. 
Psixodiagnostik eksperiment metod sifatida kamdan-kam voqelikda, asosan, 
kishining zarur psixologik sifatini boshqa usullar bilan aniqlash va baholash 
imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llaniladi. 
Protsessual testlar, tadqiqotchini sinaluvchida kechayotgan psixik va xulqiy 
jarayonlarning xususiyatlari qiziqtirganda qo‘llaniladi, Yutuqqa erishish testlari esa 
kishining qobiliyati, ko‘nikma va malakalarini baholash vazifasini o‘taydi. 


22 
Intellekt testlaridan kishining intellektual taraqqiyotining umumiy ko‘rsatkichini 
aniqlash va miqdoriy baholash zarurati tug‘ilganda foydalaniladi. 
Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qo‘yiladi: 
1. Testning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi. 
Bu so‘zlar tuzilmasi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga 
berilayotgan test topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati milliy qadriyatlariga mos 
bo‘lishi zarur degan ma'noni anglatadi. Masalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir 
mamlakatda birinchi marta qo‘llanilayotgan bo‘lsa va bu mamlakatda intellekt 
strukturasi so‘z-mantiqiy bo‘lmasa, balki obrazli amaliy tafakkurli bo‘lsa, test 
albatta 
ijtimoiy-madaniy 
moslashtirilgan 
bo‘lishi 
shart. 
Agar 
test 
moslashtirilmagan holda, ya'ni qanday bo‘lsa shundayligicha qo‘llanilsa, u holda 
biz juda past natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning 
tafakkuri taraqqiyotining ko‘rsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni 
ushbu mamlakatda so‘z-mantiq tafakkuri asosiy rolga ega bo‘lsa-Yu, test 
topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo‘lsa, u holda biz aqliy taraqqiyotning 
noadekvat ko‘rsatkichiga ega bo‘lamiz. 
2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi. 
Ushbu talabga binoan, testning so‘z va boshqa topshiriqlarida ya'ni, so‘z, rasmlar 
kishilar tomonidan har xil idrok qilinishi va tushunilishi momentlari bo‘lmasligi 
kerak. 
3. Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi. 
Bunda psixologik test topshiriqlarini bajarishda vaqt 1,5-2 soatdan oshmasligi 
lozim, chunki kishi o‘zining ish qobiliyatini Yuqori saviyada uzoq muddat ushlab 
turishi juda mushkuldir. 
4. Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi. 
Test me'yorlari deb, ushbu test reprezentativligining o‘rtacha ko‘rsatkichi 
tushuniladi, ya'ni ko‘p odamlardan to‘plab olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha 
ko‘rsatkichi bilan individning ko‘rsatkichi taqqoslanib, uning psixologik 
taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan, sinaluvchilarning yoshi, jinsini aniq 
bilgan holda, katta tanlama guruhidan olingan test natijalarining o‘rtacha bahosi va 
keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant ko‘rsatkichlarini 
differentsiyalash bilan aniqlanadi. 
Test me'yorlari – bu kishilar taraqqiyotining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Har qanday 
me'yor, o‘lchov ham vaqti bilan o‘zgarib turadi, chunki ishlar davomida 
kishilarning ham psixologik taraqqiyotida o‘zgarishlar bo‘ladi, masalan, XX 
asrning birinchi choragida kishilarning intellektual taraqqiyotiga qo‘yilgan 
me'yorlar, shu asrning oxirgi choragida qo‘yilgan me'yorlarga to‘g‘ri kelmaydi 
chunki ushbu yillar mobaynida kishilarning aqliy taraqqiyot ko‘rsatkichlari ancha 
Yuqorilagan. 
Bundan tashqari, empirik qoidalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra kamida har besh yilda 
test me'yorlari qayta ko‘rib chiqilishi shart, asosan bu intellektual testlarga 
taalluqlidir. 
Test me'yorlariga qo‘yilgan talablardan tashqari, test o‘tkazishni, natijalarni qayta 
ishlash va tahlil qilishning qat'iy qoidalari mavjud. Bular quyidagilardir: 


23 
U yoki bu testni qo‘llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o‘zida boshqa 
bir kishida sinab ko‘rishi kerak. Bu testni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan 
xatoliklarning oldini olish imkonini beradi. 
Sinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va ko‘rsatmalarni yaxshi tushunib 
olishi uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yish.Test o‘tkazish vaqtida, 
sinaluvchilar mustaqil ishlashi, bir-biriga halaqit bermasligini va ta'sir 
o‘tkazmasligini nazorat qilib turish, chunki bu test natijalarini o‘zgartirib 
Yuborishi mumkin.Har bir test natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish uchun 
asoslangan va aniq ishlangan matematik-statistik usullarni oldindan tayyorlab 
qo‘yish. 
Biz test turlari va uning me'yorlariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik, endi 
test me'yorlarining reprezentativligi, validligi, ishonchliligiga to‘xtalib o‘tsak. 
Test tuzilishining asosiy statistik printsiplari 1980-yillarda V.S.Avanesov, 
A.Anastazi, V.K.Gayda, V.P.Zaxarovlarning adabiyotlarida to‘liq yoritib o‘tilgan. 
Ammo ko‘rsatib o‘tilgan adabiyotlarda psixometrik testlarning asosiy muammosi, 
test me'yorlari to‘liq yoritib berilmagan. Bu birinchi navbatda amerikalik testolog 
A.Anastazining ishlariga taalluqlidir. Anastazining yaratgan qo‘llanmasi, g‘arb 
testologlari tomonidan ikkita asosiy printsipi zaruriy tanqidiy muhokamalarga ega 
bo‘lmaydi, bular diagnostik me'yoriy sifat tarzida statistik me'yorlarning 
qo‘llanilish muammolari va normal modellarga hamma empirik ma'lumotlarning 
taqsimlanishi haqidagi ma'lumotlar muammosi. 
Endi biz differentsial asosiy tushunchalar tizimi tuzilishining qisqacha kontekstini 
analiz qilib o‘tamiz: 
1. Test shkalalarining statistik tabiati. Psixodiagnostikada tipik o‘lchov testi – bu 
qisqa topshiriqlarning punktlarning ketma-ketligi, sinaluvchi tomonidan 
topshiriqlar bajarilishi natijasida ularning bir xil miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. 
Masalan, alohida topshiriqlardan tuzilgan intellektual testlarning interpretatsiya 
qilinishi: «echimi to‘g‘ri», «echimi noto‘g‘ri», «javob yo‘q» (vaqt etishmasligi 
sababli topshiriqni o‘tkazib Yuborilishi), shaxsiy savolnomalarning tahlil qilinishi: 
sinaluvchi tomonidan ta'kidlanishi lozim bo‘lgan javoblar berilishi: «tasdiqlashi», 
«inkor qilinishi» («rozi emasman», «yo‘q»). 
Umumiy ballar kalit orqali hisoblab chiqiladi, kalit har bir punkt bo‘yicha sonlar 
bilan ifodalanadi. Masalan, topshiriqning to‘g‘ri echimiga – «Q1», noto‘g‘ri
o‘tkazib Yuborilganiga – «0». Bunda ballar to‘g‘ri javoblarning miqdorini 
ko‘rsatib beradi. 
2. Psixometrikada o‘lchov muammolari va test punktlarining xususiyatlari. 
O‘lchov ko‘rsatkichi «etalon» hisoblanadi. Etalon bu – o‘lchanayotgan xususiyatga 
berilgan kattalikni bir maromda saqlab turuvchi fizik ob'ektdir, differentsial 
psixometrikada bunday fizik etalonlar mavjud emas. Psixometrikada etalon rolini 
testlarning o‘zi bajaradi, buni shunday tushunish kerakki, topshiriqning 
murakkabligi kishi qobiliyatiga to‘g‘ri proportsional kattalik deb qarash mumkin. 
Ya'ni, topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning echimini topish uchun kishi 
qobiliyatining darajasi shuncha Yuqori bo‘lishi kerak. Test punktlarining kuchi va 
murakkabligini test o‘tkazish yordamidagina aniqlash mumkin. Murakkablikni 
aniqlash «foizli o‘lchov» bilan belgilanadi, test topshiriqlariga «to‘g‘ri» javob 


24 
bergan sinaluvchilar foiz bilan aniqlanadi, ya'ni «foiz» qancha kichik bo‘lsa, 
murakkablik shuncha Yuqori bo‘ladi. 
Test punktlarining xususiyatini test ballarining taqsimlanishi ko‘rsatib beradi. Agar 
test ballarining taqsimlanishi egriligi o‘ng tomonli assimetriyaga ega bo‘lsa, unda 
test murakkab topshiriqlardan tuzilgan, agar egrilik chap tomonli assimmetriyaga 
ega bo‘lsa, u holda test topshiriqlari sodda tuzilgan hisoblanadi va quyidagi 
ko‘rinishga ega:
Test – shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa 
psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar. 
Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan 
savol va topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar 
bilan o‘lchash. 
Etuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, konkret bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi 3ga bo‘linadi: 
harakat testlari, og‘zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar, materiallar 
asboblar bilan ishlash layoqatini aniqlab beradi. 
Intellektual testlar – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, individning aqliy 
taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi. 
Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to‘liq anglanilmagan shakllarini 
o‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim sohasiga 
kirishning yagona psixologik metodidir. 
«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yilda qo‘llangan. 
Shuningdek, u shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi: 
Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‘lari testi, bulutlar testi, uch 
o‘lchamli proektsiya testi). 
Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi). 
Sharhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil testi). 
To‘ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi). 
Katapsis metodikalari (psixogramma, proektiv o‘yin). 
Ekspressiyani o‘rganish metodikalari (dastxat, muloqot tahlili). 
Ijod mahsulini o‘rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo). 
Bunday metodikalarning asosiy xususiyati material aniqmasligi, xayrixohlik muhiti 
va qadriyatli fikrlar mavjud emasligidir. Ular, avvalo, shaxsning munosabatlar 
sohasini aks ettiradi va maktab nevrozi uchun xos bo‘lgan maxsus reaktsiyalarni 
aniqlash imkonini beradi. 
Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o‘qish jarayonida 
psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 
ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini 
yoritishga yo‘naltirilgan. Psixodiagnostika ishlari guruhda yakka holda 
o‘tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
Ongli maqsadi mavjud bolalar, umumta'lim maktablari va akademik litsey hamda 
kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, oliy o‘quv Yurti talabalarining yosh davri 
taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi. Ularning 
kamolot darajasini belgilaydi. O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika 
qiladi. Ularning hissiyotlari, irodaviy sifatlari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, 
intellektual darajasini tekshiradi. 


25 
Maktab yoshidagi bolalar, talabalarda uchraydigan ta'lim 
malakalari,
ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulqidagi kamchiliklar, intellektual 
taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi. 
Bolalarning voyaga etgan tengqurlari bilan munosabatini o‘rganish uchun ularni 
tekshiradi. 
Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tavsiyalar 
ishlab chiqish. 
Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot 
darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. 
Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat 
jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat. 
Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan 
o‘tkazish psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental 
topshiriqlar majmui bola psixik taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda 
o‘qishga tayyorligini aniqlashga mo‘ljallangan. Jumladan, maktabda o‘qishga 
tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir: 
Ø psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi; 
Ø aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi; 
Ø yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda 
o‘zlashtirish imkoniyati; 
Ø borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi; 
Ø tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi; 
Ø fikrlay olish va boshqalar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə