Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

 
 



 
1-MAVZU: PROYEKTIV PSIXOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI 
(2 soat)
Reja: 
 
 
1.Psixodiagnostikada proyektiv metodlarning o‘rni. 
2.Proyektiv psixologiya shaxs dinamik tahlilining yangi sohasi sifatida. 
 
Proyektiv metodlarning psixologik amaliyotda qo‘llanishining tarixiy 
bosqichlari. 
Proyektiv metodikalar maxsus tarzda shakllantirilgan metod bo‘lib, 
shaxsni umumiy yoki uni alohida hususiyatlarini tadqiq qiluvchi test materialidir. 
Ushbu metodikalar amal qilishini asosida proeksiya mexanizmi yotadi. Bu 
mexanizm birinchi marta Z. Freyd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, shaxsni o‘z 
xavotirlarini, kechinmalarini, hissiyotlarini, insonga nomutanosib bo‘lgan 
hoxishlarini tashqi ob’ektga yo‘naltirishdir. Proeksiya anglanmagan xarakterga ega 
bo‘lib, insonni asl hoxish va istaklari bilan ijtimoiy normalar bilan ziddiyatni 
yumshatuvchi himoya mexanizmidir. SHuni ham ta’kidlash zarurki, “proektiv” 
termini amerikalik psixolog A. Frenk tomonidan 1939-yili bir qator mavjud va 
barchaga ma’lum bo‘lgan metodikalarni aniqlashtirish uchun kiritgan edi.
1
Proyektiv metodikalarni paydo bo‘lishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak. 
Proektiv metodikalar tarixi – bu proektiv texnikalarni rivojlanishini ham 
xronologiyasi, ham shaxsni tabiatini tushunishda yaxlit yondashuv va 
eksperimental jihatdan o‘rganishdir. 
Proyektiv metodikalarni rivojlanish tarixini birinchi bosqichiga K. 
YUngning 1904 – 1905 yildagi yaratgan “so‘zli assotsiatsiyalar” jismini kiritish 
odatga aylanib qolgan. “So‘zli assotsiatsiyalar” metodi o‘zi V. Vundt va F. Talton 
davrlaridan boshlab psixologiyaga ma’lumdir, lekin aynan K. YUng bu fenomenni 
ilmiy jihatdan isbotlab berishga qodir bo‘lgan. SHunda K.YUng ongsiz 
kechinmalar ob’ektiv diagnostikasi imkonini mavjudligini isbotlab berdi.
2
Proyektiv metodikalar yordamida diagnostika qilishni asl mohiyati o‘zi 
1921-yil T.Rorshaxni nemis tilida Bern shaxridagi “Psixodiagnostika” kitobini 
chop etilishi bo‘ldi. Rorshaxni bu metodikani yaratilishiga sababini uni 
biografiyasidan topsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. U tasviriy san’at bilan juda 
qiziqgan bo‘lib, nga L. Vinchini o‘z tasavvurlarini turli figuralar yordamida 
interpritatsiya qilish yo‘li bilan rivojlantirishi unga ma’lum bo‘lgan. Masalan, 
bulutlarni turli konfiguratsiyasiga qarab ongda ularni obrazlarini yaratib, biron bir 
predmet yoki ob’ektga o‘xshatish. Ushbu g‘oya T.Rorshaxning o‘z eng mashxur 
testini ishlab chiqarishiga asosiy g‘oyasi – ko‘rish tasavvurlariga yo‘naltirilgan 
siyoh dog‘lari motor fantaziyani qo‘zg‘atadi va jonlantiradi. 
Ma’lumki siyoh dog‘lari jismni T. Rorshaxga bog‘liq bo‘lmagan holda 
boshqa psixologlar ham ishlashgan. Masalan, F.E. Rыbakov Rossiyada va A.Bins 
va V.Angri Fransiyada. Lekin shuni aytish kerakki, aynan Rorshax birinchi bo‘lib 
1
Бурсачук Л.Ф. Введение в проективную психологию – Киев, Вист-с, 1997 – Б 128 
2
Бурсачук Л.Ф. Введение в проективную психологию. – Киев, Вист-с, 1997. Б 129



tasavvur obrazlari bilan shaxsni asosiy xususiyatlari bog‘liq ekanligini isbotlab 
bergan. 
Sobiq sovetda T.Rorshaxning ismi ilk bor 20- yillarda qo‘llanilgan. Asosan 
Rorshaxni metodikasi shaxsdagi anomal holatlarni aniqlashga qo‘llanilgan. 
Proektiv metodikalarni tarixini xronologiyasini davom etgan holda, biz 1935 – 
yildagi jurnalda ikki avtorni chop etgan “Tematik Apperseptiv Test” (TAT)
3
ma’lumot berishimiz aniq. Bu test tasavvurni eksperimental jihatdan o‘rganishga 
mo‘ljallangan bo‘lib, S. Morgan va T. Myurray tomonidan yaratilgan. Bu metod 
xuddi Rorshax metodi kabi o‘zini “old tarixiga” ega. Psixolog va psixiatrlarga 
syujetli rasmlar yordamida shaxslarni moyilliklari, psixikani potologiyasini 
aniqlashda va bu metod qodir ekanligi oldindan ma’lum edi. 
T.A.T. ni paydo bo‘lishi bilan hozirgacha ham ubilan aynan uni 
prognostikligi (bashoratliligi) haqida turli savollar mavjud. 30-50 yillarda 
o‘tkazilgan tadqiqotlar Myurrayni TATdagi hikoyalardagi frustratsiyasi yoki 
cheklangan “men” ehtiyojlari aks etilishini isbotlab bergani tasdiqlandi. Bedorlik, 
sensual deviatssiyalar, omad va omadsizliklar TAT javoblariga bevosita ta’sir 
qiladi. 
Xromologiyaga qaytadigan bo‘lsak. Lourens – Frenkni 1939-1948 yillarda 
ishlaganiga e’tibor berishimiz shart. U proektiv psixologiyani asosiy prinsiplarini 
birinchi bo‘lib shakllantirgan. U “proeksiya” terminini shaxsni tadqiq qilishda 
maxsus metodikalar guruhi deb ishlatgan. Uni fikricha proektiv metodikalar bu – 
shaxsni ichki dunyosini, hissiyot, hayol, kutilmalarini ochishga yo‘naltirilgan 
metodika, balki real hulqni ekspress – diagnostikasi emas. 
Eksperimentlarga “yangi qarash” paydo bo‘lib, 40 – 50 yillarda Rorshax va 
TAT testlarini nazariy isbotlari shakllana boshladi. 
Stimulli sharoitlarni noaniqligi proektiv metodikalarini klinik tafakkurni 
“psixoanalitik stil” metodi bilan bog‘lashga olib keldi. SHaroitlar qanchalik 
noaniq bo‘lsa (ya’ni, reallikni bosimi qancha kam bo‘lsa) psixik faollik shuncha 
ko‘p o‘zini “birlamchi” psixik jarayonlariga (tasavvur, gallyusional) bu jarayonlar 
esa roxatlanish prinsipi bilan harkatlanadi. Hamma tadqiqotchilar ham ortodoksal 
taxlil yo‘nalishiga yondashmagan edi. “Ego psixologiyasi” va anik klinik 
eksperimentlarni rivojlanishi proektiv yondashuvni yangi nazariy paradigmasini 
shakllanishiga olib keladi. Katta hissani amerikalik klinik psixologi D.Rapporort 
qo‘shgan. SHunda u o‘z izdoshlari qilgan proektiv javoblarni stimulli xarakterini 
rolini o‘rgana boshladilar. TAT da bir qator jadvallar ko‘rsatilib, ular standart 
mavzularni qo‘zg‘atganlar – suitsid, dipressiya, seksual deprivatsiyalar va seksual 
nafrat. 
Rorshar testi va TAT va proektiv metodikalardan amaliyotda eng ko‘p 
tarqalganlaridan hisoblanadi. SHuni ham ta’kidlashadiki, bu metodikalar bir 
birlarini juda yaxshi to‘ldiradi, ular shaxsni shakliy, formal aspektlarini 
aniqlashadi: individual kognitiv stil, nazorat va affektiv reaksiyallar usullari, va 
mazmunli aspektini aniqlashadi: ehtiyojlar sturkturasi, nizoli kechinmalarni 
mazmuni, “Men” va atrofdagilarni appersepsiyasi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə