Psixologiya va gumanitar fanlar


«Baliq skeleti» organayzerini to’ldiring



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

«Baliq skeleti» organayzerini to’ldiring: 
 
 
Metod va 
metodika
haqida umumiy 
tushuncha?


26 
5-MAVZU: I.I.SOLOMINNING RANGLAR METAFORASI 
METODIKASI 
(2 soat)
Reja: 
1.
Motivatsiya muammosi. 
2.
Proyektiv testlashtirishda motivatsiya diagnostikasi. 
3.
Munosabat rang testi - ranglar metaforalarining testining xususiyatlari. 
1
.
Motivatsiya muammosi. 
Motiv - inson xulq-atvorning ichki barqarorligi, harakatta undovchi 
tushunchadir. 
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik 
jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab-qo’vvatlash 
qiradi. Ta’lim jarayonida o’hish motivlari "nima uchun” "nimaga?', "qanday 
maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv 
faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar 
tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlar o’quvchilar tomonidan 
tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita 
bog’liq bo’ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv motivlari turli 
yosh davrlarida turlicha bo’ladi. 
Motivatsiya inson xulq-atvori uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib 
beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs 
xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi. Shaxsning jamiyatda odamlar 
orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahavmiyatga ega 
bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi; 
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakategasining sub’yektiv psixologik xususiyatlari 
nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, 
maqsadlar
, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar). 
b) tashqi sabablar, ya’ni faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Bular ayni 
konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimunlardir. 
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda 
shaxsiy dispozitsiyalar ham deb yuritiladi. Shaxs tomonidan anglanilishi yoki 
anglanmasligi ham mumkin. Ba’zan shuday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan 
ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy 
sababini o’zi tushunib yetmaydi “nega? Degan savolga o’zim ham bilmay qoldim, 
bilmayman deb javob beradi”. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar 
deyiladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini 
egallash uchun astoidil harakat qilsa, unda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni 
dispozitsiya anglangan ongli hisoblanadi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə