Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

 
 
«Baliq skeleti» organayzerini to’ldiring: 
 
 
 
2-MAVZU: PROYEKTIV PSIXOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI 
(2 soat)
Reja: 

1.Proyektiv psixologiyani nazariy asoslash. 
2.Proyektiv psixologiya tushunchasi va turlari 
1.Proyektiv psixologiyani nazariy asoslash. 
Testologiyada etarlicha izlanishlar va metodikalar yaratilayotgan bo‘lsa-da, 
ammo tatbiq etish sifati doimo mutaxassislar diqqat marakazida bo‘lishi lozim 
bo‘ladi. Testologiya tarixidan ham ma’lumki, dastlabki diagnostik metodikalar, 
xususan, ispan olimi Xuan Xart (1530-1589) va fransuz olimlari J.Eskirol (1772-
1840), E.Segen (1812-1880), tomonidan taqdim etilgan diagnostik vositalar inson 
psixologiyasining ma’lum bir jihatlarini yoritishga qaratilgan bo‘lsa-da, tashxis 
natijalari sifatini baholash borasida ma’lum talablar masalalari xususida 
to‘xtalishga erta edi. SHunday bo‘lsa-da, J.Eskirol va E.Segenlar psixik kasallik 
bilan aqliy taraqqiyotda ortda qolish o‘rtasidagi farqlashni muayyan mezonlar 
orqali o‘rganishga kirishgan edilar.
Ilmiy Testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va 
natijarlarni o‘lchash g‘oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo‘yilgan 
katta qadam, deb baholash mumkin. Bu boradagi o‘rinishlarni XIX asrning 30-
yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasida 
Proyektiv 
metodikalarga 
nimalar kiradi?



uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu tadqiqotlarda 
nemis olimi “psixometriya” tushunchasini birinchilardan bo‘lib fanga olib kirgan. 
E.Veber va G.Fexnerlarning (XIX asr o‘rtalari) psixofizik tadqiqotlarini ham 
eksperimental psixologiyada psixik hodisalarni o‘rganishdagi yangi yo‘nalish
deyishimiz mumkin. Bu tarzdagi tadqiqotlarlar ko‘lami yana bir qator olimlar 
tomonidan kengaytirildi. Ammo psixologik tadqiqotlarda statistik qayta ishlash 
usullarini tatbiq etilishini, olamshumul ilmiy inqilob, deb qarash mumkin. 
F.Galton o‘z davridayoq “korrelyasiya koeffitsientini hisoblash” metodini (1888 
yil) antropometriya va irsiyatni aniqlashda qo‘llagan edi. F.Galton va uning 
izdoshi K.Pirsonlarning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash usulini, A.Bine va 
T.Simon intellektni o‘lchashda shkalalarga tayangani (1905), V.L.SHtern 
tomonidan intellekt koeffitsienti (IQ)ni fanga kiritilganligi tadqiqotlarda sifat 
o‘zgarishi yuz berishidan dalolat beradi .
Psixodiagnostik adabiyotlarda qayd etilgan ma’lumotlarga tayanganimizda, 
test nazariyalari borasida o‘ziga xos tajribalar va talablar aniq belgilab 
qo‘yilganligining guvohi bo‘lamiz [1, 2, 3, 4, 5 ]. Testlar va so‘rovnomalarni 
yaratish, ularni bir muhitdan ikkinchisiga moslashtirish yoki yangi 
modifikatsiyalarni yaratishning o‘zi ulardan muttasil foydalanish lozim, degan 
xulosani bermaydi. Testlar va so‘rovnomalarning ishonchli va validligini 
belgilovchi standartlar mavjuD. AQSHda har yili ob’ektiv ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘lgan testlar va so‘rovnomalar haqida “Aqliy qobiliyatlarni o‘lchash
yilnomasida” ma’lumotlar berib boriladi. Bundan ko‘rinadiki, qator 
mamlakatlarda testlar va so‘rovnomalar rasmiylashtiriladi va baholanib borilar 
ekan.
Bugungi kunda bizning sharoitimizda ham psixodiagnostik tadqiqotlarda 
sifat bosqichiga erish uchun mavjud tajribalarga tayanib, mahalliy mutaxassislar 
tomonidan bir qator masalalar qayta ko‘rib chiqilishi lozim: 
1.
Jahon psixologiyasida qo‘llanilib kelinayotgan “Standartlar”ga 
tayanib, psixodiagnostik metodikalardan foydalanish borasida mahalliy muhit 
uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish. 
2.
Mahalliy sharoit uchun qo‘llanishi lozim bo‘lgan psixodiagnostik 
metodikalarni nashr ettirib borishni yo‘lga qo‘yish. 
3.
Test va so‘rovnomalardan foydalanishning ilmiy-tatbiqiy asoslar 
bo‘yicha Respublika miqyosida anjuman o‘tkazish. 
4.
Psixodiagnostik 
metodikalardan 
foydalanish 
bo‘yicha 
amaliy 
qo‘llanmalar ishlab chiqish. 
5.
Mutaxassislar tayyorlash jarayonida Testologiya va testologiya kurslari 
o‘quv dasturlarida test va ularning standartlari masalasi uchun alohida mashg‘ulot 
mavzulari ajratish lozim. 
YUqorida sanab o‘tilgan masalalar bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar 
Respublikamizda 
o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar sifatini yaxshilash 
imkoniyatini beradi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə