Psixologiya va gumanitar fanlar


Proyektiv psixologiya shaxs dinamik tahlilining yangi sohasi sifatida



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

2.Proyektiv psixologiya shaxs dinamik tahlilining yangi sohasi sifatida. 
3
Бурсачук Л.Ф. – Введение в проективную психологию – Киев: Вист –с, 1997 



Proektiv metodikalar shaxsni xususiyatlarini va intellektining o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘lchaydigan metodikalar hisoblanadi. SHuni ta’kidlab o‘tish 
zarurki, barcha proektiv metodikalar ko‘p yoki kam jihatdan shaxsni intellektini 
o‘lchashga yo‘naltirilgan. 
Proektiv metodikalar qator xususiyatlarga ega bo‘lib, shu xususiyatlar 
ularni boshqa standartlashtirilgan metodikalardan ajratib turadi.
4
1)
Stimulli materialni o‘ziga hosligi – proektiv metodikani stimulli 
materialini 
ajratib 
turuvchi 
xususiyati 
bu 
uni 
noaniqligi, 
ham 
tizimlashtirilganligidir. Bu esa proeksiya prinsipini amalga oshirishga muhim shart 
hisoblanadi. 
SHaxsni stimulli material bilan o‘zaro ta’siri jarayonida shu materialni 
tizimlashtirish namoyon bo‘ladi. Tizimlashtirish jarayonida esa shaxs o‘z ichki 
dunyosini xususiyatlarini proeksiya qiladi: ehtiyojga, nizolar, bezovta va h.z. 
2)
Respondent oldiga qo‘yiladigan maqsadlarni o‘ziga xosligi – Proektiv 
metodikalarni yana bir o‘ziga xos va muhim hususiyatlaridan biridir. Proektiv 
metodikalarni deyarli strukturalashtirilmaganini ta’minlab beradi. 
Proektiv metodikalar yordamida testlar bu – “niqobli” testlashdir. CHunki 
respondent uni javoblarini qay biri interpretatsiya predmeti ekanligini bila olmaydi. 
So‘rovnomalarga qaraganda proektiv metodikalar kamroq sohtalanishga uchraydi. 
3)
Natijalarni qayta ishlash va interpretatsiya qilishning o‘zaro hosligi – 
proektiv metodikalarni standartlashtirish bilan ham muammo tug‘ilishi mumkin. 
Bir xil metodikalar olingan natijalarni ob’ektiv qayta ishlash uchun matematik 
apparatga ega emas, normalarga ega emas. 
Proektiv metodikalar psixometrik testlarga qaraganda asosan shaxsni 
tadqiq qilishda miqdorli emas, balki sifatni yondashishni qo‘llaydi. SHuning uchun 
ham proektiv metodikalarni ishonchligi va validligini tekshiruvchi adekvat 
metodlar mavjud emas. 
Proektiv metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni aniqroq tadqiq qilish 
uchun boshqa metodlar yordamida olingan natijalar bilan solishtirish zarur. 
Barcha metodikalar kabi proektiv metodikalar ham o‘z kamchiliklargia 
ega. 1940- yillarni boshidan boshlab proektiv metodikalar haqida psixologlar 
orasida munozarali baxslar tug‘ila boshladi.
5
SHu yildan boshlab eng asosiy 
muammo – proektiv metodikalar shaxsni tadqiq qiluvchi boshqa instrumentlar 
orasida uni o‘rnini topish bo‘ldi. Ushbu mavzu haqidagi baxslar hozirgi kungacha 
ham kelmoqda. 
SHu yillardan boshlab, hozirgi kungacha proektiv metodlar o‘lchash 
prinsipiga rioya qilmaydigan metodikalar sifatida qabul qilinmoqda. 
Proektiv metodikalar yordamida olingan natijalar esa sub’ektiv, 
tadqiqotchini interpritatsiya qilishda o‘z xoxish istaklariga bog‘liq ekanligi 
belgilanmoqda. 
Proektiv metodikalar yuqori diagnostik volidlikka ega, shu bilan birga 
fantaziyani tadqiq qilishda volidlikka ega, lekin ularni ishlatish jarayonida bashorat 
qilish bilan bog‘liq muammolar gavdalanadi.
4
Ричард С. Лазарус – Проективная психология. М.-2008, Б-285 
5
Аммелиз Ф. Кормер – Проективная психология – М. 2007 



SHunda proektiv metodikalar haqida savol tug‘ilishi tabiiydir. Nima uchun 
proektiv metodikalar asosida bashorat qilish qiyinchilik tug‘diradi, degan savol 
paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, bashoratlarni ham foizga ega bo‘lishini qanday nazariy va 
amaliy faktorlar shartlaydi, degan savol tug‘iladi. Proektiv metodikalarni asosan 
hulqli na’munalarini aniqlashi uchun bu faktor mavjud sharoitdan siqib 
chiqarilishiga duch keladi. Bu faktorlar asosida esa, faraz qilinadigan xulosalar 
quriladi. Boshqacha qilib aytganda, faraz qilish proektiv metodikalarni asosiy 
komponenti hisoblanadi. Faraz qilish psixiatrni va shaxsni psixodinamik 
nazariyasiga hosdir, ya’ni interpritator chiqaradigan xulosalar uni psixodinamik 
prinsiplar bilan tanishganlik darajasigagina bog‘liq emas, balki berilgan fanni 
zamonaviy holatiga ham bog‘liqdir. 
SHaxsni tadqiq qilishga ehtiyojlar ko‘paygandan sari, proektiv metodikalar 
psixologik amaliyotni ko‘pgina sohalarida keng qo‘llanila boshladi. Lekin har 
doim ham tadqiqotni masalalari bilan asoslanmagan, olingan natijalar esa, asosan 
sobiq sovet psixologiyasida paydo bo‘lgan shaxs haqidagi adekvat tasavvurlar 
kategoriyasida interpretatsiya qilinadi. SHundan kelib chiqqan xolda shaxsni 
diagnostika qiluvchi xorijiy metodlarni nazariy bazasini anglamasdan qo‘llash o‘zi 
bilan ham nazariy, ham amaliy jihatdan qiyinchilik tug‘dirilishi mumkin. Bularni 
barchasi proektiv metodikalr nazariyasini ishlab chiqarish uchun uzoq muddatli 
ishlarni olib borishni taqazo qiladi. 
Proektiv 
metodikalar 
motivatsiyalar 
yoki 
boshqa 
hususiyatlarni 
anglamagan (yoki to‘liq anglamagan) shakllarni tadqiq qilishga yo‘naltirilganligi 
barchaga ma’lum.
6
Proektiv metodikalarni eng muhim yutug‘i shundaki, shaxsni 
hususiyatlarini tadqiq qiluvchi metod va testlarga qaraganda, faqatgina proektiv 
metodikalar odamni psixikasini eng intim sohasiga kiradigan metod hisoblanadi. 
Ongsizlikni realligi o‘z fenomenologiyasiga qaraganda ancha boyroq va 
kengroqdir. 
“Muhim xavotirlanishlar”, shaxsiy ma’nolar va boshqa ong ostidagi 
shaxsiy xususiyatlar va holatlar kuzatish yoki boshqa psixologik metodlar 
yordamida aniqlanmasligi mumkin.
7
Proektiv metodikalar bilvosita bir xilhayotiy va ijtimoiy hodisalar va 
munosabatlarni modellashtirib, yuqorida aytib o‘tgan shaxs hususiyatlarini va 
holatlarini tadqiq qilishi mumkin. Ular esa o‘z navbatida turli shaxsiy ustanovkalar 
shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. 
Agar boshqa metod va testlar odamni tashqi dunyoni aks ettirishda 
ob’ektiv xarakterga qanday va nima yordamida ega bo‘lishi tadqiq qilinsa, proektiv 
metodikalar o‘ziga xos “sub’ektiv og‘ishlarni”, “shaxsiy interpritatsiyalarni” o‘ziga 
maqsad sifatida qo‘yadi, chunki ular shaxs uchun muhimdir.
SHuni ham ta’kidlash zarurki, ko‘pincha proektiv metodikalarni baholash 
oddiy psixometrik kriterigiga ham jihatdan mos keladi. 
A. Anastazi proektiv metodikalarni qanday qadrga ega ekanligini aniqlash 
masalasini taklif qildi.
8
6
Прошанский Г.М. – Проективная психология – М. 2008 
7
Аннелиз Ф. Кормер – Проективная писхология – М. 2007 
8
Анастази А.А. – Психологическое тестирование: Книга 2: инглиз тилидан таржима – М. Педагогика - 1998 



Ularni psixometrik instrument sifatida emas, balki sifatli klinik protsedura 
sifatida qarashni taklif qildi. Lekin aytib o‘tilgan fikr proektiv metodikalrni 
psixometrik ishlab chiqarishni to‘liq bartaraf qilish kerak emas. 
Proektiv metodikalar yordamida olingan ma’lumotlar aniq deb qabul 
qilinishi kerak emas. Ular tadqiqotni yo‘l-yo‘rig‘ini ichiga eksperimentni 
an’anaviy ravishda tashkillaganda va adekvat sifatli baho berishga qaraganda 
murakkab ob’ektivlashtirilgan shaxsiy xususiyatlar ichiga kirishini ta’minlab 
beradi. 
SHunday qilib, proektiv metodikalarni amaliyotda qo‘llashimizdan oldin, 
nima o‘lchayotganligini, nima o‘rganilayotganligini bilib, proektiv metodikalarni 
yutug‘ va kamchiliklarini inobatga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə