Psixologiya yo’nalishi



Yüklə 47,16 Kb.
səhifə3/9
tarix07.06.2023
ölçüsü47,16 Kb.
#115909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tafakkurning individual xususiyatlari

Kurs ishining maqsadi: Tafakkurni differensial psixologik o'rganish va intelektual testlarni o’rganish.
Muammoni o’rganishda quyidagi vazifalar bajariladi:

  • Tafakkur yuzasidan psixologik adabiyotlar o’rganish;

  • Tafakkurni diferensial masalasini ilmiy tomonlama o’rganish;

  • Intelektual nazariyalarni tahhlil qilish

Kurs ishining predmeti : Tafakkurni differensial psixologik o'rganish
Kurs ishining metodologik asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prizidentining asarlari , O’zbekiston Kadrlar tayyorlash milliy dasturi , shuningdek horij mamlakatlarida o’tkazilgan G.Ayzenk , A. Bine ,F.Galton, N.Drujin va A.N.Leontov va boshqa olimlarning ilmiy taqdiqotlari kurs ishimizning metodologik asosi bo’lib hizmat qiladi.
Kurs ishining nazariy ahamiyati: Olingan natijalar umumiy psixologiya , ijtimoiy psixologiya , boshqaruv psixologiyasi, psixodiagnostika kabi fanlarni nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi, hamda psixologiyaning maxsus tarmog`i sifatida insonlarning aqliy taraqqiyoti masalasi bo’yicha psixologik asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Olingan ma’lumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan psixologiya sohalarida , shaxsning intelektual soxasini o’rganishda taxlili qilishda , shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi psixologik salomatlik masalalarini ijobiy va salbiy tomonlarini anglashda , salbiy tomonlarini bartaraf etishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bobdan , uch bo’lim, xulosalardan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan , ilovalardan iborat.


I. Bob Tafakkurni differensial psixologik o'rganish
1.1 Tafakkur haqida umumiy tushuncha
Fikrlarni emas, balki fikrlashni o'rgatish kerak" - mashhur faylasuf Immanuil Kantning bu so'zlari bizning kunlarimiz uchun juda dolzarbdir. 20-asrning o'rtalaridan boshlab amerikalik psixolog Jerom Bruner tomonidan tashkil etilgan xorijiy pedagogikada "fikrlashni o'rganish" yangi yo'nalishi paydo bo'ldi. Tafakkurni rivojlantirish g'oyasi bizning ichki psixologiyamizning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.
Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug`ilmokda. Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o`rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmokda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo`lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o`tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to`g`ri), to`liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag`in ham oqilona amaliy faoliyat bilai shug`ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to`la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o`tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bavosita, so`z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M. V. Gamezo «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so`z hamda o`tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan, so`z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira olishini ta’kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga berilgan ushbu ta’rif uning predmetini to`la ochib berishga qurbi yetmaydi, shuning uchun boshqa manbalarga murojaat qilishga to`g`ri keladi.
A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o`z ifodasini topgan: «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog`liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayondir». Ta’rifdan ko`rinib turibdiki, yuqorida keltirib o`tilgan ta’riflardan bir muncha kengroq tafakkur xususiyatlarni ochib berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to`la qamrab olinmagan.
V. V. Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan xolos. Xuddi shunga o`xshash tafakkur xususiyatlari X N. Gonobolin, K. K. Platonov darsliklarida ham uchraydi.
Bizningcha, tafakkur predmetini belgilash uchun to`laroq ta’rif O. K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o`z maxsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o`sha umumlashmalar yangiligiga bog`liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". O. K. Tixomirov mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o`tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo`lishi ta’rifni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xaraktsristika berib o`tamiz. S. L. Rubinnggeyn nazariyasiga binoan, tafakkurii psixologik jihatdan o`rganishning asosiy predmeti- ja-rayon, faoliyat tariqasida namoyon bo`lishdir. Muallif tafakkur ope-ratsiyalari, shakllarini shakllaptirishda-jarayon, muammoli vaziyatni qal qilishda zsa-fikr goritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S. L. Rubipshtsyn tafakkur to`g`risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub’ekt faolligining paydo bo`lishi deb atadi.
A. N. Leontьev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko`rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekii uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to`g`risida nazariy metodologik muammolarni o`rtaga tashlaydi.
P. YA. Galperin fikriga ko`ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub’ektning tafakkurga orientirovka qilish jarayonini o`rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P. YA. Galьperin tafakkurning boshqa jihatlarini o`zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yanglikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat kilish oldindan payqash xususiyatlari alohida ta’kidlab o`tiladi. Yuqoridagi mualliflardan farqli o`laroq, A. V. Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari mavjudlini ni dalillab ko`rsatadi.
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan sho`ro psixologlari tomonidan bildirilgan mulohazalarga yakun yasab, umumiy ta’rif berishning mavridi keldi. Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, faqmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks zttiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog`lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo`naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funktsiyasi sanab o`tilgan, ya’ni so`z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa, maqsadga muvofiq ish qilingan bo`lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqlab turibdi.
Analizatorlar odamni tashqi dunyo bilan sezgi a’zolari orqali boglab turadi. Dunyoni o‘rganish sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Bizni o‘rab turgan dunyoni sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilamiz va idrok etamiz, hodisalar va narsalarni, ular orasidagi bog‘lanishlarni ongimizda aks ettiramiz, fikrlaymiz. Bu haqida biz o‘tgan boblarda ma’lumot berdik. Xo‘sh tafakkur nima? Uning mexanizmlari nimalardan iborat?
Hozirgi kunga qadar tafakkurning bir qancha nazariyalari mavjud. Ularning ba’zilarini keltirib o‘tamiz.

Yüklə 47,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə