Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja


Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblar



Yüklə 41,79 Kb.
səhifə10/12
tarix29.01.2022
ölçüsü41,79 Kb.
#83239
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja

Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblar
Inkasso topshiriqnomasi – mablaђlar oluvchining hisob varaђiga to’lovchining hisob varaђidan so’zsiz tartibda mablaђlarni hisobdan chiqarish to’ђrisidagi bankka topshirigini anglatadi.

Inkasso topshiriqnomalarini quyidagilar taqdim qilishi mumkin:

- Soliq idoralari – soliqlar va davlat byudjetiga boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi byudjetidan tashqari pensiya jamgarmasiga majburiy to’lovlarga oid to’lovlar va boqimandalarni undirib olishda

- O’zavtodor konserni organlari – Respublika yo’l fondiga muddati o’tib ketgan to’lovlar bo’yicha mablaђlar undirishda

- Bojxona organlari – o’z muddatida to’lanmagan bojxona to’lovlari va jarimalarni unidirishda

- Sud ijrochilari va undiruvchilar - ijro xujjatlari bo’yicha pul mablaђlarini undirishda

- Šonunchilikka muvofiq boshqa organlar

Ijro xujjatlari deb quyidagilar tan olinadi.

a) Sudlar tamonidan berilgan ijro varaqalari

b) Sud buyruqlari

v) Alimentlar to’lash to’ђrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar.

g) Natariuslarning ijro ustxatlari.

d) Mehnat nizolari bo’yicha komissiya qarorlari asosida beriladigan guvoxnomalar

ye) Ma’muriy buyruqbozlik to’ђrisidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega organlar. (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar

j) Sud ijrochilarining qarorlari

z) Qonunchilikda ko’zda tutilgan xollarda boshqa organlarning xujjatlari

Bank tomonidan ijro xujjatlari asosan quyilgan hisob varaqlaridan pul mablaђlarini undirish uchun inkasso topshiriqnomalarini faqat ijro xujjatining asl nusxasi yoki uni dublikati ilova qilingan holda qabul qilinadi. Xujjatlarning nusxalari bo’yicha to’lovchilarning hisob varaqlaridan mablaђlarni hisobdan chiqarish taqiqlanadi.

Inkasso topshiriqnomasi banka quyidagi tartibda taqdim etiladi:

1. agar to’lovchi va mablaђlar oluvchiga bitta bank xizmat ko’rsatsa – turt nusxada. Bunda topshiriqnomaning dastlabki uch nusxalari bankda ijro uchun koldiriladi, turtinchi nusxa xujjatlarni qabul qilish sanasi kursatilgan xolda buxgalter tomonidan imzolanib va bankni unga biriktirilgan shtampi bilan tasdiqlanib mablaђlarni oluvchiga qaytariladi.

2. Bir xudud ichida hisob – kitoblar yuritishda inkasso topshiriqnomasi bevosita to’lovchining bankiga uch nusxada taqdim qilinadi.

3. Bir xudud ichida, xududlararo hisob – kitoblarda to’langan hamda elektron tizimi orqali olingan elektron inkasso topshiriqnomasi mablaђlar oluvchining bankida ikki nusxada chiqariladi.

To’lovchining hisob varaђida mablaђlar bo’lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2 – kartotekada joylashtiriladi va qonunchilikda o’rnatilgan tartib navbatida to’lanadi.

Bank aybi bilan inkasso topshiriqnomalari ijro qilinmagan yoki noto’ђri ijro qilingan xollarda amaldagi qonunchilik asosida va hajmda bank javobgar hisoblanadi.


Yüklə 41,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə