Pul-kredit siyosati va ulardan foydalanish amaliyoti tahlili


Pul-kredit siyosatining transmission (o‘tkazish) mexanizmi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/6
tarix29.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#125036
1   2   3   4   5   6
20 PUL-KREDIT SIYOSATI

Pul-kredit siyosatining transmission (o‘tkazish) mexanizmi

  • Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining mavjudligi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
  • Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va o‘rnatadi.
  • Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.
  • Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari o‘zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o‘tkazish jarayonini aks ettiradi.

Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
  • foiz kanali;
  • kredit kanali;
  • valyuta kursi kanali;
  • inflyatsion kutilmalar kanali;
  • aktivlar bahosi kanali.
  • Foiz kanali pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi.

Ochiq bozor operatsiyalari

  • Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi.
  • Pul-kredit siyosatining faol bosqichga o‘tish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion ko‘rsatkichlarga mosligini ta’minlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda. Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi:
  • operatsion maqsadlarga erishish;
  • likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish;
  • pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga yaqin darajada shakllanishini ta’minlash;
  • instrumentlarning harajat va foydaliligining maqbul nisbatiga erishish;
  • bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar.
  • Bunda, ochiq bozor operatsiyalarida foydalaniladigan instrument turlarini Markaziy bank tomonidan bosqichma-bosqich ko‘paytirilib boriladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə