Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#139067
1   2   3   4   5   6   7
Pul va pul haqidagi nazariyalar Hozirgi zamon pulining tabiati

3. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulini ma’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulning harakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviy majburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi.

  • 3. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulini ma’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulning harakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviy majburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi.
  • Qarz majburiyatlari o’z navbatida pulning yangi shakli kredit pullarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
  • O’z tovarini qarzga sotgan sotuvchi xaridordan veksel (qarz majburiyati) olishi mumkin va uni o’z navbatida pul o’rnida ishlatishi mumkin. Lekin veksel ishlatish cheklangan, chunki u faqat bitta veksel egasining mulki bilan qanoatlanadi. Banklar xususiy vekselllar o’rniga ularga nisbatan kafolati mustahkam banknot (bank biletlari) chiqara boshladilar. Ular oltin bilan ta’minlangan bo’lib, muomalada keng ishlatila boshlandi.
  • 4. Pul xazina to’plash vositasi bo’la oladi. Agar xaridor puliga zarur tovar olishni keying surib, uni muomaladan chiqarar ekan, pul xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. U umuman, boylik sifatida to’planadi. Bunda faqat oltin monetalar emas, quyma tillalar, quyma tilla buyumlar ham (pul yasaladigan xom ashyoning hamma ko’rinishlari) bu vazifani bajarishi mumkin.

5. Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi.

  • 5. Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi.
  • Bunda pullar o’z «milliy kiyim»larini echib, natural shaklda, quyma oltinlar shaklida ishlatilgan. Mamlakatlar o’rtasida hisob-kitob har bir mamlakatning pul birligida ifodalangan oltin miqdori asosida yuritilgan. Banklar orqali o’zaro bir-birini qoplovchi hisob-kitoblar qilinib qarz qoplanmay qolgandagina oltin bilan to’langan.
  • Monometall pul tizimi o’rniga kredit va qog’oz pul muomalasi tizimi kirib kelishi bilan pul avvalgi iqtisodiy mazmunini birmuncha yo’qotdi. Qog’oz pullar oltindan farq qilib ichki qiymatga ega emas.
  • Qog’oz pulda ko’rsatilgan raqam uni tayyorlash uchun qilingan xarajatlarni ifodalamaydi.
  • Masalan, AQShning 100 dollarini zarb qilish uchun 25 tsent sarflanar ekan, 100 so’mlikni bosib chiqarish uchun ham albatta undan kam mablag’ sarflanadi.
  • Pulning oltin asosini bekor qilinishi bilan ilgari berilgan ta’rif endi to’g’ri kelmay qoldi.
  • Hozirgi paytda ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha qog’oz-kredit pul tizimida pullar dekret (qonun kuchiga ega bo’lgan qaror) pullaridan iborat. U holda pulga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovarga ayrboshlash yoki qarz to’lashga qabul qilinadigan narsa (vosita) pul deyiladi.
  • Pulning oltin asosini bekor qilinishi uning ikki funktsiyasini boshqalari bilan qo’shilib ketishiga olib keldi. Hozirgi zamon iqtisodiyot fani pulni: muomala vositasi, qadr-qiymat o’lchovi, jamg’arish vositasi sifatida ko’radi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə