Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

seskanish
bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun 
bevosita kerak bo’lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indifferent (befarq) 
munosabatda bo’lganlar.
Seskanuvchanlik va tropizmlar
Biz yuqorida ko’rib o’tgan seskanuvchanlik o’simliklardan tortib 
hayvonlargacha mavjud.
Seskanuvchanlik tirik organizmlarning biologik 
ahamiyatga ega bo’lgan (biotik) ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir.
Sodda, bir xo’jayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik 
xususiyati bo’lib, ular tashqi muhit ta’siriga harakat bilan javob qaytaradilar. 
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga 
tropizm yoki 
taksislar 
deb ataladi. Tropizmlar har xil bo’ladi: fototropizm - tirik 
organizmning yorug’lik ta’siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik 
organizmning issiqlik ta’siri ostida harakatga kelishga moyilligi; xemotropizm - 
tirik organizmning ma’lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan 
moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo’zg’atuvchi ta’siri ostida 
harakatga kelishi va x. k. O’simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli 
faqatgina tropizmlardan iborat. 
Hayvonlarda ta’sirlanishning yangi turi - 
sezuvchanlik
yuzaga kelgan. 
Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan 
bog’liqdir. A. N. Leontyevning gipotezasiga ko’ra, sezuvchanlik "genetik 
jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta’surotlar bilan bog’lovchi, 
organizmni muhitda mo’ljal olishga yerdam beruvchi, signallik vazifasini 
o’tovchi ta’sirlarga javob ta’siridan bo’lak narsa emas".
4
Yuksak tashkil topgan 
hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi organlari (a’zolari) tarkib topadi.
Narsalarning aslida befarq, ya’ni organik ehtiyojlarni qondirmaydigan belgilari 
(hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo’ladi. Shu sababdan 
hatto eng sodda hayvon ham ma’lum sharoitda faqat biotik qo’zg’atuvchilarga 
emas, balki ayni shu konkret vaziyatda biotik qo’zg’atuvchining paydo 
bo’lganidan signal beruvchi abiotik, indifferent qo’zg’atuvchilarga ham javob 
bera boshlashi mumkin. Yashash usulining o’zgarishi bilan ko’p xo’jayrali 
organizmlarda tanalarining tuzilishi ham murakkablashib boradi, ma’lum 
turdagilarni aks ettiruvchi maxsus organlar - sezgi organlari rivojlanadi, aks 
ettirish shakllari ham anchagina murakablashadi.
Nerv sistemasi taraqqiyoti sezgi nerv sistemasi taraqqiyoti, sezgi 
organlarning taraqqiyoti shu bilan birga hayvonlarning hayot kechirishi tarziga 
4
Leont’ev А.N. Problemi razvitiya psixiki .-М., МGU,2000. s. 56 b 


15 
moslashuvchanlik, ijro qiluvchanlik bilan birga, axborot olish jarayonida 
bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog’langandir.
Hayvonlar olamida aks ettirishning turli xildagi barcha shakllari orasidagi 
umumiylik va ularning hatti-harakatlarining mexanizmlarini hisobga olgan 
xolda hayvonlarning 
instinktiv harakatlari, ko’nikmalar va aqliy (intellektual) 
hatti-harakatlari
farqlanadi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə