Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size


Abu Ali ibn Sinoning psixologik falsafiy qarashlari



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Abu Ali ibn Sinoning psixologik falsafiy qarashlari.
Abu Ali ibn 
Sinoning (980-1037) psixologik falsafiy qarashlari, ilmlar tasnifi, ta’rifi va 
tarkibi haqidagi fikrlari uning «Tib qonunlari» asarida inson fiziologiyasi va 
psixologiyasi asosida talqin etiladi. Ibn Sino sezgini tashqi va ichki sezgilarga 
ajratadi. Tashqi sezgi insonni tashqi olam bilan bog’laydi, ular 5 ta: ko’rish,
eshitish, ta’m - maza bilish, hid va teri sezgisi. Bular insonning ma’lum 
organlari - teri, ko’z, og’iz, burun va quloq bilan uzviy bog’liq.
Ichki sezgilar - bu umumiy, chunonchi, tahlil etuvchi, ifodalovchi, eslab 
qoluvchi (xotira), tasavvur etuvchi sezgilardir. Ibn Sino miyani barcha 
sezgilardan boruvchi nervlar markazi, umuman inson nerv sistemasining 
markazi ekanligi haqidagi ta’limotni olg’a surgan. Inson tana va jondan tashkil 
topadi, miya insonni boshqarib turuvchi markazdir.
Ibn Sinoning ilmiy psixologik falsafiy fikrlari noyob oltin xazina bo’lib 
hisoblanadi.



Abu Rayhon Beruniyning falsafiy va psixologik qarashlari.
Abu Rayhon 
Beruniyning (973-1043) fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin 
insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo’lganligini 
tushuntirganda xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan 
deydi.
Beruniyning ruhiy va moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri o’sha davr 
uchun nihoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning 
moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi.
Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va 
ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi 
deydi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə