Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}. ftPP{font-size


Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/182
tarix29.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#114001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
3. Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Psixologiyaning tarmoqlari. 
Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash 
avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning 
vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi 
xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda.
Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya 
iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson 
shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib 
borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini,
odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra 
ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik 
bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi 
hozirgi 
kunda 
psixologiyaning 
fanlar 
tizimida 
yanada 
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,

umumiy psixologiya
— psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va 
ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi; 

pedagogik psixologiya
— kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; 

yosh davrlari psixologiyasi
— 
turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va 
o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi 
tamoyillarini o’rganadi; 

ijtimoiy psixologiya
— odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish 
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar,
hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi; 

yuridik psixologiya
— huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq 
masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi; 

mehnat psixologiyasi
— kishi 
mehnat faoliyatining 
psixologik 
xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini,
qonuniyatlarini o’rganadi; 



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə