Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


bo‘lgan tabiiy strukturasi buzilsa nima bo‘ladi? Nahotki, u o‘z



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

bo‘lgan tabiiy strukturasi buzilsa nima bo‘ladi? Nahotki, u o‘z
xususiyatini yo‘qotib, hujayradagi vazifasini bajarmasdan qo'yadi?
Olimlar laboratoriya sharoitida denaturatsiyaga uchragan oqsillami 
(o‘zini tabiiy konformatsiyasini yo‘qotgan oqsil) boshqatdan o‘z xusu- 
siyatiga ega boMishi mumkin ekanligini ko‘rsatib berganlar (24-rasm).
24-rasm. Oqsil molekulasini denaturatsiyasi (chapdagi strelka) va
renatvratsiyasi (o 'ngdagi strelka.
Bu renaturatsiya (denaturatsiyaga teskari bo‘lgan jarayon) jarayoni 
natijasida amalga oshadi. Oqsil molekulasini renaturatsiyasida yuqorida 
keltirilgan barcha bosqichlardan iborat b oigan jarayonlar sodir boiadi 
va nihoyat oqsil molekulasi o‘zini tabiiy ko‘rinishida namoyon boMadi. 
Ko‘rinib turibdiki, (24-rasmga qarang) renaturatsiya oqsilga -
ikkalamchi hayot baxsh etadi.
1973-yilda rossiyalik oftalmolog E.G. Rapis shikastlangan ko‘zni 
o ’rgana turib, qon zardobi quriganda shishada ajoyib simmetrik shakllar 
qoldirishini kuzatgan. Bunday shakllar keyingi tajribalarda ham doimo
43


qaytarilavergan. Keyinchalik bu hodisa, oqsillami sun’iy sharoitda (in 
vitro) muvozanat bo‘lmagan holatda o‘z-o‘zidan strukturaga kirishi deb 
nomlangan. Bu hodisa davomida molekular darajadan ustun bo‘lgan 
oqsil komplekslari (agregatlari) hosil boiadi. Xususan, oqsil eritmalarini 
kondensatsiyasida ko‘p qavatli oqsil plyonkalari hosil bo‘lishi mumkin. 
Natijada, nanodarajadan mikro - va hatto makrodarajagacha bo‘lgan turli 
xil oqsil strukturalari shakllanadi. Oqsillami bunday murakkab 
nadmolekular arxitekturasi tabiiy nanotexnologik davomiylikdan kelib 
chiqadi. Bu hodisa nafaqat biologlami, balki nanomateriallar va 
nanoqurilmalar bilan ishlaydigan ko‘plab boshqa mutaxassislami ham 
diqqatini o‘ziga tortdi. Mana shunday qilib, oqsil agregatlarini va ko‘p 
qavatli oqsil plyonkalarini nanobiotexnologiyada ishlatish bo‘yicha 
istiqbolli loyihalar paydo bo‘ldi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə