Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


saqlagan holda qo‘shqavatda ushlanib qoladi?



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

saqlagan holda qo‘shqavatda ushlanib qoladi? 
Lipidli qo‘shqavatda 
oqsil molekulalari, lipid molekulalarini polyar va nopolyar qismlari 
bilan boMadigan gidrofob elektrostatik va boshqa molekulalararo o‘zaro 
munosabatlar tufayli ushlanib turadi. Shuning uchun ham oqsillami
129


lipidli 
qo‘shqavatda 
erkin 
harakatlanganlariga 
qaramasdan, 
plazmalemmaning konstruksiyasi yetarli darajada mustahkam bo‘ladi. 
Tadqiqotchilarni hayratda qoldiradigani oqsillami xilma-xilligidir. 
Membrana oqsillari 
nafaqat tuzilishlari 
va fimksiyalari, 
balki 
joylashishlari bo‘yicha ham xilma-xildir.
Membranali oqsillar o‘zlarini lipidli qo‘shqavatda joylashishlari 
bo‘yicha ikkiga bo‘linadi: periferik (tashqi) va integral (ichida 
joylashgan). Periferiyada joylashgan oqsillar lipid molekulalarini 
polyarli boshchalari bilan elektrostatik o‘zaro ta’sirlar orqali bog‘langan 
(74-rasm). Membrana hosil qilishda asosiy rolni integral (ichki) oqsillar 
bajaradi. Integral oqsillar to‘liq (butunlay) yoki qisman botirilgan 
bo‘lishlari 
mumkin. 
Membranaga 
to‘liq 
botirilgan 
oqsillami 
integrallangan oqsillar, qisman botirilganlami esa, yarim integrallangan 
oqsillar deb yuritiladi. Ba’zi oqsillar membranani to‘liq teshib o‘tadi 
(ulami teshib o‘tuvchi yoki transmembranali oqsillar deb ataladi).
74-rasm. Plazmatik (hujayra) membranalarning oqsillari.
Hujayra membranalarini uchinchi komponenti - uglevodlardir. Ular 
asosan, oligosaxaridlar va polisaxaridlardan tashkil topgan. 
Hujayra
membranalarida uglevodlarni biologik roli nima? 
Plazmatik mem- 
branalami uglevodlari oqsillar bilan bog‘langan holda (glikoproteinlar) 
yoki lipidlar bilan bogMangan holda (glikolipidlar) boMadi. Ular hujayra 
membranasining sirtida glikokaliks deb ataluvchi nadmembranali qavat 
hosil qiladi (73-rasm). Glikokaliks hujayralararo o‘zaro munosabatlami 
amalga oshiradi, hujayrani biologik himoya mexanizmlarida ishtirok 
etadi, membranalarda oqsil molekulalarini stabilligini ta’minlaydi.
130



Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə