Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

elektrostatik
shakllantirish 
yoki 
elektrospinning 
deb atalgan usuldir. 
Elektro-
spinningni mohiyati nima? 
Polimer eritmasi bilan to‘ldirilgan kapillar 
elektr maydoniga qo'yiladi (138-rasm). Kapillardagi polimer eritma 
zaryadlanib, uni (kapillami) tekis uchi bo‘rtib chiqadi. Kuchlanish 
maydonini ko'rsatkichlarini, suyuqlikni yopishqoqligini va suyuqlikni 
uzatish tezligini o‘zgartirib, kesimi kapillar diametridan kichik bo‘lgan 
tolani shakllantirish mumkin. Mana shu yo‘l bilan diametri bir necha 
nanometrga teng bo‘lgan tola tayyorlash mumkin (139-rasm).
Elektrospinning usuli asosida hujayralami o‘sishi, ko‘payishi va 
differensiyasi uchun tayyorlangan hujayra matrikslari yuqori g‘ovakli va 
solishtirma sirti, tolalami diametrlarini kichikligi kabi ustuvorlikka ega. 
Mana shu xususiyatlar tufayli matrikslami hujayra retseptorlari bilan 
bog‘lanish xususiyatlari oshgan. Bu esa, matriksni hujayralar bilan 
toMdirish va zararlangan joyda ulami konsentratsiyasini ko‘tarish 
imkonini beradi.
Bugungi kunda nanotolalardan tayyorlangan hujayra matrikslari 
tog1 ay, suyak va asab tolalari to‘qimalari, teri, qon tomirlami devorlarini 
regeneratsiya (qayta tiklanish) qilishda ishlatilmoqda. Bunday tolalami 
yaratish ulami biologik mosligini ta’minlash maqsadida, ko‘proq tabiiy 
polimerlar: kollagen, ipak oqsili, selluloza hamda ulami aralashmala- 
ridan foydalaniladi.
247


138-rasm. Elektrospinning usuli 
139-rasm. Elektrospinning
asosida tola tayyorlash 
usuli bilan olingan
qurilmasini sxemasi. 
nanotolalar.
Tolalami mexanik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida matriks bir 
vaqtni o'zida biologik va sintetik polimerlardan tayyorlanadi. Hujayra 
matrikslariga, shuningdek, noorganik komponentlar ham qo‘shish 
tavsiya qilinadi. Masalan, suyak to‘qimasini ko‘chirib o‘tkazish uchun 
kalsiyni fosfatli va karbonatli tuzlaridan foydalaniladi. Elektrospinning 
usuli tirik hujayralar saqlaydigan nanotolalar va nanokapsulalar 
tayyorlash imkonini ham beradi (140-rasm).

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə