Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Antigen 
- odam organizmi begona yoki potensial xavfli deb qabul 
qilingan va unga qarshi shaxsiy antitanasini ishlab chiqaradigan modda.
Antitana 
- 2 og‘ir va 2 yengil polipeptid zanjiridan tashkil topgan 
Y ga o‘xshagan oqsil molekulasi; immun sistemasining hujayralari В - 
limfotsitlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Biologik to‘siqlar (barerlar) 
- organlami noqulay tashqi agentlar 
ta’siridan himoya qiluvchi va organizmni ichki muhitini doimiyligini 
ta’minlovchi to'qim a strukturasi. Tashqi biologik to‘siqlarga teri va 
shilliq qavatlar kiradi; ichki to‘siqlar qondan begona va zaharli 
moddalarni to‘qimaga o‘tishiga to'sqinlik qiladi.
Biomateriallar 
- organizmni hujayra va to‘qimalariga mos 
keladigan sun’iy materiallar.
Biomoslik 
- materiallar buyumlar yoki qurilmalami tirik 
organizmda salbiy reaksiya chaqirmasdan o‘z funksiyasini bajarishi.
Gematoensefalik to‘siq 
- miyaga yirik yoki polyarli molekulalarni 
hamda qon hujayralarini, shu jumladan immun sistemasini ham kirib 
kelishiga to‘sqinlik qiluvchi qon va asab to‘qimalari orasidagi yarim 
o‘tkazuvchi to‘siq.
Gibridoma 
- ikki xil hujayrani qo'shilishidan paydo bo‘lgan, B- 
limfotsit antitanalari va rak hujayra mielomalari hosil qiladigan gibrid 
hujayra (ko‘payadigan hujayralar liniyasi). Hujayralami qo'shilishi 
membranani buzuvchi polietilenglikol agentlar yoki Syonday vimsi 
yordamida amalga oshadi.
Dendrimerlar 
- simmetrik strukturaga ega boMgan, shoxlangan 
sintetik polimerlar.
Differensirovka 
- bir xil hujayra va to‘qimalar orasida farqni 
paydo bo‘lishi organizmni rivojlanishi davomida to‘qima va hujayralami 
o‘zgarishi va oqibatda ixtisoslashgan hujayra, to‘qima hamda organlami 
shakllanishi.
Immunologiya 
- organizmni himoya reaksiyalarini, ulami 
struktura-funksional butunligini va biologik individualligini o‘rganuvchi 
biologik va meditsinani ilmiy sohasi.
Implantat 
- jarrohlik yo‘li bilan odam organizmiga kiritiladigan 
protez (odamni yo‘q organini o‘mini bosaoladigan) yoki indifikator 
(masalan, teri ostiga kiritib qo‘yiladigan, uy hayvonlari haqida 
axborotlami berib turuvchi chip) sifatida foydalaniladigan meditsina 
obyekti (konstruksiya yoki qurilma).

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə