Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Endofulleren 
- ichiga bir yoki bir nechta atomlar yoki eng sodda 
molekulalar kiritilgan fulleren.
«Shaklni eslab qolish» effekti 
- isitilganda dastlabki shaklga 
qaytish hodisasi. Deformatsiyaga uchratilgan ba’zi materiallarda 
kuzatiladi.
in vitro 
- (lotincha, «shisha ichida») - tajribani tirik organizmdan 
tashqarida («probirka»da) o‘tkazish texnologiyasi.
in vivo 
- (lotincha, «tiriklik ichida») - tirik organizmda tajriba 
o‘tkazish texnologiyasi.
251


Takrorlash uchun savollar
1. «Nanomeditsina» nima?
2. Nanotexnologiya, biotexnologiya va nanomeditsinalar orasida 
qanday o'zaro bog'liqlik bor?
3. Nanomeditsinani asosiy yo‘nalishlarmi sanab o‘ting.
4. Dorilarni an’anaviy shakllarida qanday kamchiliklar bor?
5. Tirik organizmni biologik barerlari nima?
6. Yangi dorivor fermentlar yaratilishida qanday vazifalar 
bajarilishi kerak?
7. Dorivor 
moddalami 
yo‘naltirilgan 
transportining 
asosiy 
usullarini xarakterlab bering.
8. «Passiv maqsadga intilish»ning faol birikmalami yo‘naltirilgan 
transportining bir usuli sifatida tushuntirib bering.
9. Shish to‘qimalami kapillarlari nima bilan farqlanadi?
10. Xavfli shish to‘qimalarini qanday o‘ziga xos bo'lgan 
xususiyatlari nanobo‘lakchalar to‘p!anishiga yordam beradi?
11. Dorivor moddalami boshqaruvchan transporti qanday amalga 
oshadi?
12. Qanday molekulalar «molekular manzil» funksiyasini bajarib
nanobo‘lakchalami tanlab transport qilinishini ta’minlaydi?
13. Qonda nanobo‘lakchalar aylanishini davomiyligi qanday 
faktorlarga bog‘liq? Qanday qilib uni cho‘zish mumkin?
14. Dorilarni yo‘naltirilgan transporti vositasi sifatida ishlatiladigan 
bo'lakchalami asosiy tiplari nimalar?
15. Dorivor 
moddalami 
tashuvchisi 
vazifasini 
bajaruvchi 
nanobo‘lakchalar qanday xossalarga ega bo‘lishlari kerak?
16. Liposomalar tayyorlash uchun qanday lipidlar ko‘proq 
ishlatiladi?
17. Liposomalarga gidrofil (gidrofob) moddalar kiritish mumkinmi?
18. Biologik faol moddalar (BFM) yo'naltirilgan transporti vositasi 
sifatida liposomalarni ustuvorligi nimada?
19. Liposomalarni o‘lchami qanday?
20. Dorivor moddalar tashuvchisi - nanobo'lakchalar tayyorlash 
uchun qanday polimerlar ishlatiladi?
21. Nanosfera va nanokapsulalami farqi nimada?
22. Dendrimerlar nima?
23. Dendrimerlami qaysi xossalari, ulardan dorivor moddalami 
tashuvchilari sifatida foydalanishga imkon beradi?
252


24. Fulleren uglerodning boshqa allotropik formalaridan nimasi 
bilan farq qiladi? Nima sababdan u meditsinada ishlatilishi mumkin?
25. Endofullerenlar qanday tuzilgan? Ulami meditsinada ishlatish 
imkoniyatlari qanday?
26. Uglerodli nanotrubkalar qanday qilib meditsinada ishlatilishi 
mumkin?
27. Hujayra nanoqoziqchalarga «o‘tirganlarida» ular bilan nima 
sodir bo‘ladi?
28. Nanotrubkalar majmuasi qanday qilib dorivor moddalarni 
hujayraga kiritish uchun ishlatiladi?
29. Nanotrubkalar massividan dorivor moddalaming xususiyatlarini 
har xil uchastkalarga yetkazish uchun foydalanish mumkinmi?
30. Qanday qilib bir massiv nanotrubkalar ishlatib, bir hujayraga bir 
nechta har xil moddalar kiritish mumkin?
31. Yuqumli kasalliklarga oid qanday vazifalar tezkorlik yechimini 
kutmoqda?
32. Antitanalami qanday o‘ziga xos bo'lgan xususiyatlari, ulami 
atom-kuchli mikroskoplar yordamida qo‘shimcha ishlov berish bosqich- 
larisiz aniqlash imkonini beradi?
33. Antitana nima?
34. Odamni immun sistemasidagi qaysi xatolar korrektirovkaga 
muhtoj?
35. Sun’iy antitanalar olish bosqichlarini tavsiflab bering.
36. Rak hujayralari uchun immunomagnitli sorbent qanday yaratilgan?
37. Bir organni sog'lom va kasallangan hujayralari asosida 
onkologik kasalliklami qanday davolash usullari yaratilgan?
38. Meditsina implantatlari qanday funksiyani bajaradi?
39. «Biomateriallar» nima? Ulami umumiy xossalari nimalar?
40. Implantatlar 
tayyorlash 
uchun 
ko‘proq 
qanday 
metall 
ishlatiladi?
41. Nanotexnologiyalar yaratilgan implantlami mukammallashti- 
rishlari mumkinmi? Javobingizni tushuntirib bering.
42. Qanday metallar yoki qorishmalar «shaklni eslab qolish» 
xususiyatiga ega? Bu hodisani tushuntirib bering.
43. To'qima implantati olishning bosqichlarini tavsiflab bering.
44. To‘qima muhandisligi uchun «mukammal» matriks qanday 
xossalarga ega bo'lishi kerak?
45. Elektrospinningni mohiyati nima? Bu usulda olingan mikro- va 
nanotolalar qanday ishlatiladi? Bu usulni kamchiligi nimalardan iborat?
253



Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə