Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

trombosit
6-vazifa. 
Dorivor moddalami tashuvchi bo‘lakchalardan eng keng 
ishlatiladigan liposomalar. Nima uchun liposoma olishda ko‘proq 
fosfolipidlar ishlatiladi? Fosfolipid molekulalarini tuzilishini ko'rsatib 
bering. Suvli eritmalarda ikki qavatli (qo‘shqavat) liposoma va bir 
qavatli mitsellalar shakllanishini qanday faktorlar belgilaydi? Nopolyar 
erituvchilarda liposoma olish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, ular 
suvli muhitda olingan liposomalardan nima bilan farq qiladi? Bunday 
liposomalar nima maqsadda ishlatiladi?
Xuddi tabiiy biologik membranalarga o‘xshab, liposomalar 
tarkibiga xolesterin kiradi. Bu lipid qo'shqavatga qanday xususiyat 
baxsh etadi? Javobingizni asoslab bering.
Liposomalarni hujayra membranasi bilan qo‘shilishini yaxshilash 
uchun liposoma tarkibini qanday qilib o'zgartirish kerak? Liposomalarni 
biologik muhitda parchalanishidan hamda hujayraning immun tizimi 
«zarba»sidan himoya qiiish mumkinmi?
Yuqorida keltirilgan savollar asosida «mukammal» liposomani 
taklif qiling? Uni sxemasini keltiring.
Liposomalar hayvon hujayralariga toksik ta’sir ko‘rsatishlari 
mumkinmi? 
Javobingizni 
asoslab 
bering. 
Dorivor 
moddalami 
yo‘naltirilgan transportida liposomalarning qanday kamchiliklari bor?
257


н м
в
А
-
xolesterinni struktura formulasi; B - Q o ‘shqavatda fosfolipidlarni va
xolesterinni о
 
‘zaro joylashishi.
7-vazifa. 
Keksa odamlarda keng tarqalgan kasalliklardan biri -
parkinsonizm. 
Bu kasallikda odam harakati sekinlashgan, mushaklar 
taranglashgan boiad i, bosh miyani bo‘limlaridan birida mediator 
dofaminni miqdori pasayadi. Shundan kelib chiqqan holda, organizmga 
tashqaridan dofamin kiritib, kasalni davolash mumkin deb taxmin qilsa 
boiadi. Ammo dofamin eritmasi hech qanday natija bermaydi. Nima 
uchun dofamin bosh miyaning neyronlariga yetib boraolmasligini 
tushuntirib bering. Maqsadli joyga yetib borishi uchun dorivor moddalar 
qanday «to‘siq»lardan o'tib borishi kerak? Moddani vena orqali hamda 
oshqozon-ichak trakti orqali kirish variantlarini ko‘rib chiqing. Nima 
uchun ko‘p kasalliklarni davolashda boshqa organlarga tez-tez 
qo'shimcha samara ko‘rsatilganligi kuzatiladi? Biologik to‘siqlardan 
qaysi biri «ishonchli»? Quyidagi rasmni diqqat bilan kuzating.
258



Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə