Qadimgi misr madaniyati



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix22.06.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#89917
növüReferat
1   2   3   4   5
10 QADIMGI MISR MADANIYATI

4. Qadimgi Misr san`ati. 
Me`morchilik, haykaltaroshlik, rassom-chilik, 
musiqa, qo`shiq va xalq o`yinlari qadimgi Misr san`atining ajoyib namunalari 
hisoblanadi. San`atning bu turlari Misrda juda qadim zamondan boshlab rivoj 
topgan edi.



Misr fir`avnlari va yuqori tabaqaga mansub a`yonlar me`mor-chilikka katta 
e`tibor berganlar. Yuqori Nilning ikki sohilidagi tog`larda me`morchilikda 
ishlatiladigan har turli toshlar ko`p bo`lgan. Fir`avn, a`yon nomlari va 
ruhoniylarga qarashli saroylar, ibodatxonalar, maqbaralar va boshqa ma`muriy 
binolar ana shu toshlardan qurilgan. Tosh konlarida yuz minglab qullar va asiriar 
ishlatilgan. Misrga xos me`moriy obidalardan biri
 
piramidalar – 
Misr 
ehromlaridir. 
Bu jihatdan Sakkaradagi 
Joser, 
Gazadagi fir`avn 
Xeops 
ehromlari, 
boshi odam, tanasi sher surat qilib ishlangan sflnks va boshqalar o`zlarining 
ulug`vorligi bilan kishilarni hayratga solib kelgan.
Misrda haykaltaroshlikka ham katta e`tibor berganlar. Misr haykaltaroshlari 
tosh bo`laklaridan, butun tog` qoyalaridan fir`avn, amaldor, ruhoniy, oddiy 
kishilar va hayvonlarning haykallarini ishlaganlar. Bu jihatdan Ramzes II
Amenemxet III, Tutanxamon, Exnaton, uning xotini Nefertiti, amaldor Raxotep, 
mirzo haykallari diqqatga sazovordir.
O`sha vaqtlarda Misrda rassomlik ham ancha rivoj topgan edi. Saroy, 
ibodatxona va ma`muriy binolarning devorlariga fir`avnlar, amaldorlar va 
ruhoniylar, hamda afsonaviy voqealardan olingan rasmlar ishlangan.
Misrliklar san`atining yana bir turi kuy, qo`shiq va raqsdir. Misrda puflab, 
urib va chertib chalinadigan 
not, sistra, qayroq, arfa, ud 
va boshqa asboblar 
keng tarqalgan edi. Misrda raqs san`ati ham yuksak darajada rivoj topgan edi. 



Qadimgi Misr san’ati.
Qadimgi dunyo san'ati deyilganda, ko'p hollarda ibtidoiy jamoa tuzumidan 
to quldorlik tuzumining inqirozga yuz tutishigacha bo'Igan davr san'ati 
tushuniladi. Shu davrda hashamatli me'morlik binolari, nafis dekorativ-amaliy 
san'at buyumlari, chuqur mazmunli tasviriy san'at asarlari maydonga keldi. 
Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki, 
bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, 
kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i 
(Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim 
davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - 
quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, 
hayot uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining 
o'sishiga, tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi. 
Meditsina, astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar 
qo'lga kiritildi. Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, 
amaliy-dekorativ san'ati va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining 
badiiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan 
foydalanish Misr san'atida juda erta boshlandi va uning xarakterli tomonini 
tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda 
ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher (arslon) tanali haykallar orqali inson 
kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini yaratganlar. Shu obrazlar orqali 
fir'avnlarni 
kuchli 
va 
donishmand 
siymo 
darajasiga 
ko'tarishga, 
ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik san'at 
oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy xalq 
hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari 
jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida hamon estetik 
/;ivq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk, 
maymun

qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan 
kishi xotirasida yaxshi saqlanadi. 
Misr san'atida mayjud bo'Igan bu realizm oqimi, ayniqsa, Fir'avn Exnaten 
(Amen Xoap IV) davrida yuksak kamolotga erishdi. Shu davrda yaratilgan nodir 
haykaltaroshlik namunalaridan biri bo'Igan Nefertiti haykali hozirgi kunda ham 
go'zallik ramzi tarzida kishiga quvonch baxsh etadi. Bu haykal o'zining ishlanish 
mahorati, o'rinli lopilgan material (sarg'ish qumtosh) obrazning yanada latofatli 
va ko'rkam bo'lishiga xizmat qiladi. Ochiq chehra, tabassumga shaylanib turgan 
lablar, katta ochilgan ko'z, qirra burun - bularning hammasi ayollarga xos nafis 
va nazokatli xislatlarni ochishga yordam beradi. Misr san'atida me'morchilik 
yetakchi o'rinni egallab kelgan, san'atning boshqa turlari esa shu san'at bilan 
bog'liq holda rivojlangan. Misr me'morchiligining namunalaridan biri - bu 
mastaba va piramida(ehrom)lardir. Shularning ichidagi eng yirik fir'avn ehromi 
bu Giza yaqinidagi Xeops piramidasidir. Bu piramidaning balandligi 146,6 m, 
asosining uzunligi 233 m. U hozirgi kunda ham yaxshi saqlanib qolgan. Tarixchi 
Gerodotning gapiga qaraganda, bu piramida 30 yil mobaynida qurilgan. Uni 
qurish uchun 100 000 qul haydab olib kelingan va ular chet eldan keltirilgan 


10 
qullar hisobiga to'ldirilib borilgan. Piramida og'irligi 2-3 tonnali ohaktoshdan 
qurilgan bo'lib, uni qurish uchun 2 300 000 ohaktosh bo'lagi ishlatilgan. Bu 
piramidalarning vazifasi faqat maqbara ustiga qo'yilgan yodgorlik toshi emas. 
Bular, avvalo, fir'avnlarni ulug'lash, ularni ilohiylashtirish va shu bilan 
fuqarolarda podsho hokimiyatining mustahkamligiga ishonch tug'dirish va ularni 
doim qo'rquv asoratida saqlash va itoatkor bo'lishini ta'minlash edi. 
Misrda saroylar va ayniqsa ibodatxonalar qurilishiga alohida ahamiyat 
berilgan. Har bir qurilgan saroy va ibodatxonalarning ichki va tashqi tomoni 
tasviriy san'at asarlari bilan bezatilgan. Shunday muhtasham ibodatxonalar 
qurilishi, ayniqsa, yangi podsholik davrida (eramizdan avvalgi ikki minginchi 
yillar) keng taraqqiy etgan. Bu davrda yaratilgan Luksor va Karnak ibodatxona-
larida g'oyat katta ustunli zallar, ochiq ustunli hovlilar bo'Igan, uning 
kiraverishiga mustahkam minor (pilon)lar tiklangan, ro'parasiga esa sfinkslar 
galleyasi ishlangan. Ibodatxonaning devorlari devoriy surat, bo'rtma tasvir va 
ierogliflar bilan qoplangan. 
Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr 
Arab Respublikasi yerlarida juda qadim paytlarda (yer.av.VI ming yillik) bir 
qancha qabilalar yashagan. Yeramizdan avvalgi 4000 yillikda shu yerda yer 
yuzida birinchi sinfiy jamiyat kurtaklari nish urdi, quldorlik davlatlari yuzaga 
keldi, rivojlandi. Yeramizdan avvalgi 4000 yillik oxiri-3000 yillik boshlariga 
kelib esa ular yagona yirik despotik davlatga aylandi. Qadimgi Misr san’ati 
tarixi ana shu davlatlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to 
Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning yurishi bilan uning 
ellinistik dunyoga qo’shilib ketishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, 
o’rganadi, taxlil etadi. Qadimgi Misr uzoq yo’lni bosib o’tdi. Deyarli 4000 
yildan ortiq vaqtni o’z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san’at, 
me’morchilikning nodir durdonalari yuzaga keldiki, ular bugungi kunda ham 
o’zining ulug’vorligi va yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. 
Qadimgi Misr san’ati o’zining butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli 
marosimlari bilan uzviy bog’liq holda rivoj topdi. Me’morchilik esa san’atlar 
ichida yetakchi o’rinni egallab, ularning xarakter va uslubiga o’z ta’sirini 
o’tkazdi. Yeramizdan avvalgi XXVII asrlarda Misr tarixida eng gigant 
piramidalar qurildi. Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xeops 
piramidasidir. Balandligi 146,6 metr, asosi yesa 233 m. Tarixchi Gerodotning 
ta’rifiga ko’ra, Xeops piramidasi 20 yil mobaynida qurilgan. Piramidaga toshlar 
olib kelish uchun kerak bo’lgan yo’lni qurish uchun esa 10 yil ketgan.
Fivadagi Karnak va Luksor ibodatxonalari gigant me’morchilik 
majmualaridandir. Karnak (yer.av.XVI asr, me’mor Ineni) va Luksor 
ibodatxonalari (yer.av. XV asr, me’mor kichik Aminxotep) me’morlar birinchi 
bor ochiq hovli atrofini kolonadali yechib, yangi podsholik me’morchiligining 
o’ziga xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar. Bu majmualarda Qadimgi 
Misr me’morlik an’analarining muhim tomonlari o’z ifodasini topdi, shu bilan 


11 
birga, tantanali va hashamatli bo’lib borayotgan marosimlar bilan aloqador 
bo’lgan me’morchilikning yangi ko’rinishlari namoyon bo’ldi.
Tasviriy san’at. Qadimgi Misr tasviriy san’ati me’morchilik bilan bog’liq 
xolda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy 
jamiyatning yuzaga kelishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli ideologik 
quroliga aylandi. 
Dinastiyagacha bo’lgan davrdan bizgacha ko’pgina haykaltaroshlik, 
rassomlik va amaliy san’at namunalari yetib kelgan. S’Hular ichida turli diniy-
magik marosimlar o’tkazishda qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa, 
kul rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o’rin ‘gallaydi.
Rassomlikda yangi mavzular ham keng o’rinni yegallay boshladi. 
Rassomlar har bir obraz hatti-xarakatini tabiiy va go’zal bo’lishiga e’tibor bera 
boshladilar. Mayda plastinada janrli kompozisiyalar yaratish, odamlarni 
harakatda ko’rsatish xollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng 
rivojlandi. 
Qadimgi Misr realistik san’atining eng gullagan davri yangi podsholikka 
to’g’ri keldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bag’ishlangan 
serjilo devoriy suratlar, nafis relef va haykaltaroshlik asarlari yaratdilar. Ular 
asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan hayotiy kompozisiyalar yaratdilar, 
emosional tomonlariga e’tibor qaratdilar.


12 
XULOSA 
Shunday qilib qadimgi Misr madaniyati o'zining qadimiyligi 
va rivojlanish darajasi bilan boshqa xalqlar madaniyatidan 
ustun turgan.Qadimgi Misr madaniyati Yunoniston Rim va 
Sharq xalqlari madaniyatining rivojiga ta'sir ko'rsatgan. 


13 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
Avdiyev Qadimgi sharq tarixi Toshkent-1964 
2.
Dmitriyeva " Kratkaya istoriya iskusstva" "Iskusstva" 1985 
3.
Ergashev "Qadimgi sivilizatsiyalar"Toshkent "O'zbekiston"2016 
4.
Kuzishina "Istoriya drevnogo vostoka" Moskva 1979 
5.
Sultonov "Qadimgi dunyo tarixi" Toshkent "Sharq"2010 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə