Qadimgi misr madaniyati


tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo`qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog`i



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.06.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#89917
növüReferat
1   2   3   4   5
10 QADIMGI MISR MADANIYATI

tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo`qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog`i 
yelkasida bo`ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog`iga gap kiradi»,
– 
deb yozilgan.
Misrda yozuv, ilmiy, amaliy va diniy bilimlarning vujudga kelishi va 
rivojlanishi mamlakat xo`jaligi bilan chambarchas bbg`liq bo`lgan.
Misrda vujudga kelgan ilmiy-amaliy bilimlar xo`jalikning hamma 
tarmoqlarini rivojiga juda katta ta`sir ko`rsatgan.
3. Qadimgi Misr adabiyoti. 
Qadimgi Misr adabiyoti 
bundan VI–VII 
ming yil muqaddam
vujudga kelgan. O`rta podsholik davridayoq adabiyot juda 
yuksak darajaga ko`tarilgan. Qadimgi misrliklar juda ko`p xalq maqollari, 
matallari, ertak, afsona, doston va qo`shiqlar yaratganlar. Xalq yaratgan og`zaki 
ijodiyotda dehqon, cho`pon, savdogar, hammol, amaldor, ruhoniy va hatto Misr 
flr`avnlarining turmush tarzlari sodda tilda bayon etilgan.
Qadimgi misrliklarning 
«Ikki og`aini», «To`g`ri va egri» 
kabi ertaklari 
«Izida va Osiris haqida», «Gor bilan Set janjali», «Halokatga uchragan kema 



haqida hikoya», «Sinuxet hikoyasi» 
kabi rivoyat, afsona, ertak va hikoyalari 
diqqatga sazovordir.
Qadimgi Misr adiblari sayohatnoma, pand-nasihat, diniy poeziya va 
gimnlarga katta e`tibor berganlar. Ular shu yo`nalishda ko`plab asarlar 
yaratishgan.
«Halokatga uchragan kema haqida hikoya»da 
podsho konlariga qilingan 
mashaqqatli sayohat haqida so`z yuritiladi. Hikoya qilinishicha sayyohlar 
dengizda dahshatli dovulga duch keladilar. Dovul ularni 
«ruh orolt
ga uloqtirib 
tashlaydi. Orolda ulkan ilon qiyofasidagi oliyjanob podsho yashar ekan. 
Ilonshoh sayyohlami yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko`p oltin, kumush, fil tishlari, 
xushbo`y narsalar, it va maymunlar berib Misrga kuzatib yuboribdi.
«Sinuxet hikoyasi»da misrlik amaldor Sinuxetning Suriyaga safari, uning 
o`zga mamlakatda ko`rgan-bilganlari, boshidan o`tkazgan og`ir mashaqqatlari 
g`oyat go`zal iboralar bilan bayon etilgan.
Shunday qilib, Qadimgi Misr badiiy ijodi mazmun jihatidan xilma-xil va 
boy bo`lib, jahon adabiyotining durdonalari qatoridan munosib o`rin olgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə