Qadimgi misr san’ati



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix09.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#116374
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Qadimgi misr san’ati

Qadimgi Misr yozuvi 
Qadimgi va O`rta podsholik davrida misrliklar barpo etgAn ulkan 
piramidalar fir‘avnlar dafn etiladigan joy –maqbaralar bo`lgan. Eng mashhur 
piramidalar Giza shaxri atrofida uch fir‘avn –Xufu, Xafra va menkaura uchun 
bunyod etilgan. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun 
miloddan avvalgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. Piramida 
har biri 2 tonnadan og`irroq bo`lgan 2,5 million dona tosh bloklardan tashkil 
topgan. Toshlar shunchalik ustalik bilan joylashtirilgaki, ularning orasi 0,5 
millimetrdan ham oshmaydi. Piramidalarning har birida fir‘avnning jasadi solingan 
toshtobut –sarkogaf joylashgan.Yirik piramidalarni o`rtacha 20 yil davomida
tinimsiz mehnat evaziga qurishgan. Buning og`ir mehnat ekanligi sir emas. 
Piramidalarni sfinkslar –tanasi arslon va boshi odamsimon bo`lgan ulkanhaykallar 
qo`riqlaydi. Yangipodsholik davrida boshqa piramida qurmay qo`yishdi. Eng 
mashhur maqbara fir‘avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan.maqbara ichida 
tasavvurga sig`maydigan boyliklari bilan bizgacha yetib kelgan. Dafn etilayotgan 
xar qanday fir‘avn, albatta mumiyolangan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun 
davom etgan. Mumiyolash jarayonida jasad turli matolarga jirmab tashlangan 
matolar orasida omad keltiruvchi tumorlar qo`yilgan.shu taxlit ishlov berilgan 
inson jasadi dafn etilgan.misrliklar e‘tiqodi bo`yicha xudo ko`pincha muqaddas 
hayvonlar qiyofasida bo`ladi deb faraz qilishgan.shuning uchun mushuk, qo`y, 
ho`kiz, sigir, arslom, lochin,ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. 
Qumursqalar orasida qoraqo`ng`iz alohida hurmat e‘tiborga sazovor edi. Bastet 
degan mushuksimon xudo ham misrlaiklar e‘tiqodi bo`yicha ilohiy bo`lgan. 
Qadimgi misrda yozuv dunyo miqyosida birinchilarda rivojlangan. Avvaliga har 
bir so`z bir surat ko`rinishida bo`lgan. Yozuvdan qarg`ishlar va diniy marosimlarni 
yozib borishda foydalanilgan. Shuning uchun ham uni ―muqaddas‖ yoki ―xudolar 
kalomi‖ deb nomlashgan. Yozuvlar maqbara devorlariga va xudolar haykallariga 
o`yib yozilgan. Qadimgi yunonlar ularni ―iyerogliflar‖ deyishgan (―toshga 
chekilgan muqaddas bitiklar‖ ma‘nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 700 
iyeroglifdan iborat bo`lgan. Iyeroliflarni qamish qilqalam bilan papirusga , ya‘ni 
papirus poyasidan ishlangan qog`ozga yozishgan. Husnixat san‘atini egallagan 
kishilar yuksak saviyadagi ma‘lumotli va savonxon kishilar sanalgan. Ular katta 
imtiyozlarga ega bo`lib, yuksak hurmatga sazovor bo`lganlar. Taniqli fransuz olimi 
Jak –Faransua Shampolyon olamshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: misr 
matnilari o`qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga Qohira shaxridan uncha uzoq 
bo`lmagan Rozett shaxri yaqinidagi bir toshga chekilganqadimgi misr va yunon 
tillaridagi bir xil ma‘nodagi bitik sababchi bo`ldi.bugungi kunda Rozett bitiktoshi 
Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Misrliklarning nazariy 
bilimlarining amaliy faoliyati bilan bog`liq edi. Ziroatchilar qachon urug`likni 
yerga qadashlari, qachon hosilni yig`ib olishlari kerakligini bilishlari zarur edi. Bu 
muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab bilib olishganlar. Shu tariqa asronomiya, 
ya‘ni yulduzlar, haqidagi fan dunyoda keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil 
davomiyligini 365 kun etib aniq –raso belgilashdi. Birinchi bo`lib taqvim tuzishdi. 
365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlab, qolgan 5 kunni bayram sanab, 


15 
hisobga kiritishmagan. Misrliklar tomonidan tuzilgan osnomda yulduzlar
joylashuvi xaritasi xozirga qadar saqlangan. Anhorlar qaziyotganda yer maydonini 
hajmini o`lchash juda zarur bo`lgan bu esa geometriya fanini ravnaq topishiga 
katta ta‘sir ko`rsatgan. Qolaversa kasrlar, maxrjlar va hisob-kitob ishlarini, ham 
bilishgan. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklar tarixga oid 
ma‘lumotlarni ibodatxona devorlariga papiruga bitganlar. Turin papirusi bizgacha 
yetib kelgan (qattiq shikastlangan holda), unda podsholar sulolasi xronologiyasi 
izchillikda keltirilgan. Megiddo shaxridagi ibodatxona devorida podsho Tutmos III 
ning yurishlari kitoblari saqlanib qolingan. Misr tarixiga oid ko`plab manbalar 
bizgacha Gerodotning ―Tarix ‖ asari orqali yetib kelgan. Misrda asosiy o`lchov 
birlik ―tirsak‖ bo`lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo`lgan. Qo`llar uzunligi 
turlicha bo`lgani sababli ―podsho tirsagi‖ degan yagona o`lchov joriy etilgan. U 
52,5 santimetrga teng bo`lgan. ―Podsho tirsagi‖ butun mamlakat uchun andazaga 
aylangan. Qisqasi 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft bit tirsakni tashkil etgan. Misrda 
vaqt suv soatlari bilan o`lchangan. U 24 ta bo`lmaga o`xshash maxsus idish 
bo`lgan. Bir bo`lmadan ikkinchisiga oqib o`tadigan suv hajmi bir soat deb olingan. 
Misrliklarning ko`plab kahfiyotlari hozir ham foydalanilib kelinmoqda: taqvimlar, 
bir necha osmon burjlari nomi va hokazo. Lekin asosiy yumush matn yozish va 
o`qish bo`lgan xattotlar mehnati tufayli misrliklarning badiiy asarlari bizgacha 
yetib kelgan. Masalan: ―haqiqat va qing`irlik haqida ertak‖, ―og` -inilar‖ degan 
ertaklar va ko`plab qissalar bizgacha yetib kelgan. ―Og`a –inilar‖ degan ertakda 
aka –uka dehqonlar turmush tarzi va zolim fir‘avn timsoli yoritilgan.


16 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə