Qadimgi misr san’ati


yalqovlik qilma yo`qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog`i yelkasida bo`ladi-da



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix09.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#116374
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Qadimgi misr san’ati

yalqovlik qilma yo`qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog`i yelkasida bo`ladi-da, 
qachon ursang, shunda uning qulog`iga gap kiradi»,
– deb yozilgan.
Misrda yozuv, ilmiy, amaliy va diniy bilimlarning vujudga kelishi va 
rivojlanishi mamlakat xo`jaligi bilan chambarchas bbg`liq bo`lgan.
Misrda vujudga kelgan ilmiy-amaliy bilimlar xo`jalikning hamma 
tarmoqlarini rivojiga juda katta ta`sir ko`rsatgan.
3. Qadimgi Misr adabiyoti. 
Qadimgi Misr adabiyoti 
bundan VI–VII ming 
yil muqaddam
vujudga kelgan. O`rta podsholik davridayoq adabiyot juda yuksak 
darajaga ko`tarilgan. Qadimgi misrliklar juda ko`p xalq maqollari, matallari, ertak, 
afsona, doston va qo`shiqlar yaratganlar. Xalq yaratgan og`zaki ijodiyotda dehqon, 
cho`pon, savdogar, hammol, amaldor, ruhoniy va hatto Misr flr`avnlarining 
turmush tarzlari sodda tilda bayon etilgan.
Qadimgi misrliklarning 
«Ikki og`aini», «To`g`ri va egri» 
kabi ertaklari 
«Izida 
va Osiris haqida», «Gor bilan Set janjali», «Halokatga uchragan kema haqida 
hikoya», «Sinuxet hikoyasi» 
kabi rivoyat, afsona, ertak va hikoyalari diqqatga 
sazovordir.
Qadimgi Misr adiblari sayohatnoma, pand-nasihat, diniy poeziya va 
gimnlarga katta e`tibor berganlar. Ular shu yo`nalishda ko`plab asarlar yaratishgan.



«Halokatga uchragan kema haqida hikoya»da 
podsho konlariga qilingan 
mashaqqatli sayohat haqida so`z yuritiladi. Hikoya qilinishicha sayyohlar dengizda 
dahshatli dovulga duch keladilar. Dovul ularni 
«ruh orolt
ga uloqtirib tashlaydi. 
Orolda ulkan ilon qiyofasidagi oliyjanob podsho yashar ekan. Ilonshoh sayyohlami 
yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko`p oltin, kumush, fil tishlari, xushbo`y narsalar, it va 
maymunlar berib Misrga kuzatib yuboribdi.
«Sinuxet hikoyasi»da misrlik amaldor Sinuxetning Suriyaga safari, uning 
o`zga mamlakatda ko`rgan-bilganlari, boshidan o`tkazgan og`ir mashaqqatlari 
g`oyat go`zal iboralar bilan bayon etilgan.
Shunday qilib, Qadimgi Misr badiiy ijodi mazmun jihatidan xilma-xil va boy 
bo`lib, jahon adabiyotining durdonalari qatoridan munosib o`rin olgan.
Qadimgi Misr san‘ati.
Qadimgi dunyo san'ati deyilganda, ko'p hollarda ibtidoiy jamoa tuzumidan 
to quldorlik tuzumining inqirozga yuz tutishigacha bo'Igan davr san'ati tushuniladi. 
Shu davrda hashamatli me'morlik binolari, nafis dekorativ-amaliy san'at 
buyumlari, chuqur mazmunli tasviriy san'at asarlari maydonga keldi. 
Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki, 
bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, 
kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i 
(Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim 
davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - quldorlik 
davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, hayot 
uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining o'sishiga, 
tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi. Meditsina, 
astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. 
Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, amaliy-dekorativ san'ati 
va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining badiiy qiymatini yo'qotgani 
yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan foydalanish Misr san'atida juda erta 
boshlandi va uning xarakterli tomonini tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy 
fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher 
(arslon) tanali haykallar orqali inson kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini 
yaratganlar. Shu obrazlar orqali fir'avnlarni kuchli va donishmand siymo darajasiga 
ko'tarishga, ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik 
san'at oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy 
xalq hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari 
jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida hamon estetik 
/;ivq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk, 
maymun

qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan 
kishi xotirasida yaxshi saqlanadi. 



Misr san'atida mayjud bo'Igan bu realizm oqimi, ayniqsa, Fir'avn Exnaten 
(Amen Xoap IV) davrida yuksak kamolotga erishdi. Shu davrda yaratilgan nodir 
haykaltaroshlik namunalaridan biri bo'Igan Nefertiti haykali hozirgi kunda ham 
go'zallik ramzi tarzida kishiga quvonch baxsh etadi. Bu haykal o'zining ishlanish 
mahorati, o'rinli lopilgan material (sarg'ish qumtosh) obrazning yanada latofatli va 
ko'rkam bo'lishiga xizmat qiladi. Ochiq chehra, tabassumga shaylanib turgan 
lablar, katta ochilgan ko'z, qirra burun - bularning hammasi ayollarga xos nafis va 
nazokatli xislatlarni ochishga yordam beradi. Misr san'atida me'morchilik yetakchi 
o'rinni egallab kelgan, san'atning boshqa turlari esa shu san'at bilan bog'liq holda 
rivojlangan. Misr me'morchiligining namunalaridan biri - bu mastaba va 
piramida(ehrom)lardir. Shularning ichidagi eng yirik fir'avn ehromi bu Giza 
yaqinidagi Xeops piramidasidir. Bu piramidaning balandligi 146,6 m, asosining 
uzunligi 233 m. U hozirgi kunda ham yaxshi saqlanib qolgan. Tarixchi 
Gerodotning gapiga qaraganda, bu piramida 30 yil mobaynida qurilgan. Uni qurish 
uchun 100 000 qul haydab olib kelingan va ular chet eldan keltirilgan qullar 
hisobiga to'ldirilib borilgan. Piramida og'irligi 2-3 tonnali ohaktoshdan qurilgan 
bo'lib, uni qurish uchun 2 300 000 ohaktosh bo'lagi ishlatilgan. Bu piramidalarning 
vazifasi faqat maqbara ustiga qo'yilgan yodgorlik toshi emas. Bular, avvalo, 
fir'avnlarni ulug'lash, ularni ilohiylashtirish va shu bilan fuqarolarda podsho 
hokimiyatining mustahkamligiga ishonch tug'dirish va ularni doim qo'rquv 
asoratida saqlash va itoatkor bo'lishini ta'minlash edi. 
Misrda saroylar va ayniqsa ibodatxonalar qurilishiga alohida ahamiyat 
berilgan. Har bir qurilgan saroy va ibodatxonalarning ichki va tashqi tomoni 
tasviriy san'at asarlari bilan bezatilgan. Shunday muhtasham ibodatxonalar 
qurilishi, ayniqsa, yangi podsholik davrida (eramizdan avvalgi ikki minginchi 
yillar) keng taraqqiy etgan. Bu davrda yaratilgan Luksor va Karnak ibodatxona-
larida g'oyat katta ustunli zallar, ochiq ustunli hovlilar bo'Igan, uning kiraverishiga 
mustahkam minor (pilon)lar tiklangan, ro'parasiga esa sfinkslar galleyasi 
ishlangan. Ibodatxonaning devorlari devoriy surat, bo'rtma tasvir va ierogliflar 
bilan qoplangan. 
Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr 
Arab Respublikasi yerlarida juda qadim paytlarda (yer.av.VI ming yillik) bir 
qancha qabilalar yashagan. Yeramizdan avvalgi 4000 yillikda shu yerda yer yuzida 
birinchi sinfiy jamiyat kurtaklari nish urdi, quldorlik davlatlari yuzaga keldi, 
rivojlandi. Yeramizdan avvalgi 4000 yillik oxiri-3000 yillik boshlariga kelib esa 
ular yagona yirik despotik davlatga aylandi. Qadimgi Misr san‘ati tarixi ana shu 
davlatlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to Makedoniyalik 
Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning yurishi bilan uning ellinistik dunyoga 
qo‘shilib ketishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, o‘rganadi, taxlil etadi. 
Qadimgi Misr uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Deyarli 4000 yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga 
olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san‘at, me‘morchilikning nodir 
durdonalari yuzaga keldiki, ular bugungi kunda ham o‘zining ulug‘vorligi va 
yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. Qadimgi Misr san‘ati o‘zining 



butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli marosimlari bilan uzviy bog‘liq 
holda rivoj topdi. Me‘morchilik esa san‘atlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, 
ularning xarakter va uslubiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. Yeramizdan avvalgi XXVII 
asrlarda Misr tarixida eng gigant piramidalar qurildi. Piramidalar ansambli ichida 
eng kattasi Xeops piramidasidir. Balandligi 146,6 metr, asosi yesa 233 m. Tarixchi 
Gerodotning ta‘rifiga ko‘ra, Xeops piramidasi 20 yil mobaynida qurilgan. 
Piramidaga toshlar olib kelish uchun kerak bo‘lgan yo‘lni qurish uchun esa 10 yil 
ketgan.
Fivadagi 
Karnak 
va 
Luksor 
ibodatxonalari 
gigant me‘morchilik 
majmualaridandir. Karnak (yer.av.XVI asr, me‘mor Ineni) va Luksor 
ibodatxonalari (yer.av. XV asr, me‘mor kichik Aminxotep) me‘morlar birinchi bor 
ochiq hovli atrofini kolonadali yechib, yangi podsholik me‘morchiligining o‘ziga 
xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar. Bu majmualarda Qadimgi Misr 
me‘morlik an‘analarining muhim tomonlari o‘z ifodasini topdi, shu bilan birga, 
tantanali va hashamatli bo‘lib borayotgan marosimlar bilan aloqador bo‘lgan 
me‘morchilikning yangi ko‘rinishlari namoyon bo‘ldi.
Tasviriy san‘at. Qadimgi Misr tasviriy san‘ati me‘morchilik bilan bog‘liq 
xolda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy jamiyatning 
yuzaga kelishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli ideologik quroliga aylandi. 
Dinastiyagacha bo‘lgan davrdan bizgacha ko‘pgina haykaltaroshlik, 
rassomlik va amaliy san‘at namunalari yetib kelgan. S‘Hular ichida turli diniy-
magik marosimlar o‘tkazishda qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa, kul 
rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o‘rin ‗gallaydi.
Rassomlikda yangi mavzular ham keng o‘rinni yegallay boshladi. Rassomlar 
har bir obraz hatti-xarakatini tabiiy va go‘zal bo‘lishiga e‘tibor bera boshladilar. 
Mayda plastinada janrli kompozisiyalar yaratish, odamlarni harakatda ko‘rsatish 
xollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng rivojlandi. 
Qadimgi Misr realistik san‘atining eng gullagan davri yangi podsholikka 
to‘g‘ri keldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bag‘ishlangan serjilo 
devoriy suratlar, nafis relef va haykaltaroshlik asarlari yaratdilar. Ular asrlar 
mobaynida saqlanib kelayotgan hayotiy kompozisiyalar yaratdilar, emosional 
tomonlariga e‘tibor qaratdilar.
Amaliy dekorativ san‘ati borasida ham misrliklar ajoyib namunalar yaratib 
qoldirdilar. Ganch va toshlardan yasalgan ajoyib ko‘zalar, inkrustasiya uslubida 
oltin va qimmatbaxo toshlardan ishlangan bezak buyumlar, nodir daraxt 
yog‘ochidan yasalib, oltin va fil suyagi bilan bezatilgan mebellar qadimgi 
podsholik davridayoq yuksaklikka yerishdi. o‘rta va yangi podsholik davrida esa u 
yanada nafislanib bordi. ―Oqib borayotgan qiz‖ deb nom olgan pardoz qoshiqchasi 
shu o‘rinda diqqatga sazovordir.
Eramizning bir mingingchi yillaridan boshlab Misr yerlarining parchalanishi 
san‘at taraqqiyotini bir muncha susaytirdi. Misr ijtimoiy hayotidagi jonlanish 
eramizdan avvalgi VII asrlarda boshlandi. Lekin bu uzoqqa cho‘zilmadi. 
Eramizdan avvalgi VI asrlarda eronliklar, so‘ngra yer.av. IV asrda Aleksandr 
Makedonskiy tomonidan Misr yerlarining bosib olinishi uning o‘ziga xos san‘atida 
asta-sekin sunish va Yellin dunyosi san‘ati bilan qo‘shilib ketishiga sabab bo‘ldi.



Misr san‘ati umumjahon san‘ati taraqqiyoti jarayonida alohida o‘ziga xos 
qaytarilmas o‘rinni egallaydi. Qadimgi Misrning yuksak did va aql zakovat, bilim 
bajarilgan nodir san‘at namunalari esa insoniyat badiiy maktabining ajoyib 
durdonasi hisoblanadi. Bu namunalar o‘zidan keyingi jahon san‘ati taraqqiyoti 
uchun taqlid maktabini o‘tadi. Gresiya, Rim xalqlari bu san‘atdan bahramand 
bo‘lib, uni har tomonlama o‘rgandilar, davrga mos asarlar yaratish imkoniyatiga 
ega bo‘ldilar. 
Qadimiy Nil vodiysi Liviya sahrosi bilan chegaradosh hududda, yam-yashil 
ekinzorlaru, finikiy palmalar o‗rnini sap-sariq qum tepaliklari egallaydigan joyda 
g‗ayritabiiy shamoildagi tog‗lar ko‗zga tashlanadi. Bu tog‗larning qorasi juda 
uzoqdan Fayum vohasidan bir necha o‗n kilometr uzoqlikdagi Qohira shahridan 
ham ko‗rinib turadi. G‗aroyib ko‗rinish, geometrik aniqlik, tarixiy jozibadorlik, 
qudratli ulug‗vorlik bularning barchasi Misr ehromlarida mujassam. Tadqiqotchi 
olimlar hozirgacha Nilning quyi oqimidan sahro qumlari ostida ming yillar 
davomida berkinib yotgan katta-kichik, zina shaklidagi yoki o‗ta tekis sirtga ega 
yuzga yaqin ehromlarni aniqladilar. Bu ulkan inshootlar Misrning minglab yillik 
tarixidan hikoya qiluvchi qadimiy poytaxti Memfis shahrini o‗rab turadi. Dunyoga 
dong‗i ketgan uchta egizak piramidalar ham qadimiy va afsonaviy poytaxt 
joylashgan tekislik — Gizada qurilgan. Siz ularni bilasiz. Bular, Xeops, Xefren va 
Mikeren ehromlaridir. Piramidalar orasida eng yirigi Xeops (yoki misrcha nomi 
Xufu) ehromi bo‗lib, u IV sulola vakillari orasida eng qudratli fir‘avn Xufuga 
tegishlidir.Bu ulkan ehrom hozirgacha inson qo‗l mehnatining ulkan namunasi 
sifatida saqlanib turibdi. Ehrom asosi to‗rtburchak shaklda bo‗lib, yonlarning har 
birining uzunligi 227,5 metrga teng. Bu o‗lcham bir-biridan hatto bir barmoq 
kengligi darajasida ham farq qilmaydi. Demak, Xeops piramidasini to‗liq aylanib 
chiqishingiz uchun bir kilometrga yaqin yo‗l bosib o‗tishingizga to‗g‗ri keladi. Bu 
ulkan ehromning balandligi qurilgan paytida 146,5 metrga teng kelgan. Vaqt 
hakami qilichi ehrom cho‗qqisining ayni paytgacha qariyb 10 metrlik bo‗yini 
qirqdi. Hozir u 137 metrdir. Vaholanki, muqaddas kitoblarda qarg‗ishga uchragan 
fir‘avnlar qabri XIX asrgacha inson qo‗li bilan bunyod etilgan dunyodagi eng 
baland inshootligicha qolgan. Balandlik jihatidan undan me‘mor Eyfelning 
mahorati mevasi birinchi bo‗lib o‗zib ketdi. 
Gizadagi ehromlar ichida ulkanligi bo‗yicha ikkinchi o‗rinda turuvchisi 
fir‘avn Xefrenga tegishli bo‗lib, u Xeops piramidasidan 40 yil keyinroq qurilgan. 
Bu ehrom asosi tomonlarining uzunligi 215 metrdan, balandligi esa 136 metrdir. 
Ehrom cho‗qqisidagi qadimiy bezak namunasi oq bazalt qoplamasi qisman 
saqlanib qolgan. 
Uchinchi ehrom oldingi ikkitaga qaraganda ancha kichik. U fir‘avn 
Mikeringa tegishli bo‗lib, ming yillar davomida o‗z nafisligini saqlab qola olgan. 
Bu kenja piramidaning tomonlarining uzunligi 108 metrdan, balandligi esa, 66,5 
metrga (hozir 62 metr) teng bo‗lgan. 
Ehromlarning qurilish tarixi ming yillar davomida dahshatli mehnat 
afsonasining saqlanib qolishiga sabab bo‗lgan. Biroq ulardan hech birida bu ulkan 


10 
tog‗larning nega qurdirilganiga aniq javob bo‗luvchi dalil yo‗q. Xo‗sh, Misr 
ehromlari nega qurilgan? 
Ehromlar devorlaridagi turli shakllardagi rasmlar bu savolga eng haqqoniy 
javob bera oladi. Biroq tabiatda uchrovchi turli jismlarni aks ettirgan jismlarning 
rasmlari ortida yashiringan sirlarni tushunuvchi mahalliy ziyolini ming yillar 
davomida saqlash mumkin emas, albatta. Biroq, ularning peshona terlari bu qulf 
uchun eng munosib kalit bo‗ladi. 1913 yilda bir guruh ingliz tadqiqotchilari 
Nilning quyi oqimidan noma‘lum mutafakkir tomonidan yozilgan yunon-qadimiy 
misr tili lug‗ati o‗yib yozilgan taxtachani topib olishdi. Shu lug‗at tufayli ayni 
paytda qadimiy Misr aholisi so‗zlashgan tilning 20 foizini tushunish imkoni bor. 
Biroq biz bilishni xohlayotgan ehromlarning qurilish sababi qolgan 80 foizlik sirlar 
ostida yotibdi. 
Quyida shu kunga qadar piramidalarning bunyod etilish tarixi bilan bog‗liq 
ayrim tarixchi olimlarning fikrlari qayd qilingan: 
Mire Shokir xonim (Misr) — ―Ehromlarda fir‘avnlarning abadiy tirik turish 
xohishi saqlangan. Ularning mo‗miyolangan jasadlari, rasmlardagi quyosh farzandi 
fir‘avn ekanligi to‗g‗risidagi tushunchalar — bularning barchasi yaqqol 
dalillardir.‖ 
Anri Fukua (Frantsiya) — ―Nil daryosi qirg‗og‗ida yashovchi mahalliy 
xalqning asosiy turmush tarzi shu daryo bilan bog‗liq bo‗lgan. Buni oliy darajadagi 
hokimlar ham tushungan, albatta. Ehromlar yer sathi va quyosh nurining 
stabilligini saqlagan. Poytaxt yaqinida og‗ir massali tog‗lar toshqinlar 
mavsumidagi sel kelishini sezilarli miqdorda kamaytiradi.‖ U bu mulohazasini 
ehrom shaklida qurilgan dunyoning turli burchaklarida joylashgan boshqa 
inshootlar bilan davom ettiradi. Uning fikricha, Solomon orollarida va 
Yukatandagi qadimiy piramidalar ham xuddi ana shu maqsadlarda bunyod etilgan. 
Ma‘lumot o‗rnida aytib o‗tish kerakki, Solomon orollaridagi piramidadan 
afsonaviy shoh Sulaymonning butun boshli xazinasi topilgan (1863 yil). Biroq bu 
inshootni tadqiq qilishni istagan o‗ndan ortiq kashfiyotchilar toshlardan chiqadigan 
turli zaharli gazlar tufayli yarim yo‗ldayoq safarlariga nuqta qo‗yishga majbur 
bo‗lganlar. Biroq ingliz dengizchisi Godli Olgren shohning xazinasigacha yetib 
bora olgan edi. 
Yukatandagi piramida esa astronomik kuzatuvlar uchun qurilgan, degan 
taxminlar bor. 
Jeyson Gird (Buyuk Britaniya) — ―Ehromlar strategik maqsadlarga xizmat 
qilgan. U orqali mahalliy aholi poytaxtdan qariyb yuz chaqirim naridagi 
dushmanning harakatlarini bemalol kuzatib tura olgan. Bundan tashqari ular 
qadimiy Misr qo‗shinining qudrati va madaniyatining buyukligini isbot qilish 
vositasi bo‗lgan.‖ Darhaqiqat, Ikkinchi jahon urushi davrida Birlashgan 
Qirollikning Afrikadagi havo hujumidan mudofaa tizimi ana shu ehromlar ustini 
imkon qadar tekislab, u yerda kuzatuv punktlari qurishgan. 
Don Marklar (Buyuk Britaniya) — ―Ehromlar fir‘avn munajjimlari uchun 
observatoriya vazifasini o‗tagan. Chunki aynan munajjim rohiblargina fir‘avn va 
xudolar orasida vositachi bo‗lishgan-da. Keyinchalik podsholar xudoga 


11 
yaqinlikdan umidvor bo‗lib, mo‗miyolangan tanalarini ehrom ichida dafn 
etishlarini so‗ragan.‖ 
Yana shunday fikrlar ham borki, uni eshitib beixtiyor og‗izning tanobi 
qochadi. Masalan, Kaliforniyalik (AQSh) misrshunos Alba Gunte ehromlar inson 
qo‗li bilan qurilmagan degan fikrda. Uning ta‘kidlashicha, bunday ulkan inshootni 
qurish uchun hatto zamonaviy texnikalar ham ojizlik qiladi. Bu ehromlar o‗zga 
sayyoraliklar tomonidan qurib ketilgan. U o‗z fikrlarini davom ettirar ekan, 
ehromlarning nihoyatda pishiq reja asosida qurilgani, uning toshlari orasiga hatto 
igna tig‗i kirmasligi bilan fikrini isbotlamoqchi bo‗ladi. 
Piramidalarning ichida maxsus xonachalar bo‗lib, bu shaxsan quyosh 
o‗g‗lining o‗ziga atalgan. Chunki, fir‘avn vafotidan so‗ng jasadi shu xonalardagi 
maxsus sarkofaglarda saqlangan. Biz mulohazalarimizni M. Shokir xonimning 
Xeops piramidasi bilan bog‗liq qaydlari bilan davom ettiramiz. 
―Ehromning ichiga beshta maxsus qurilgan yo‗lakchalar orqali kirish 
mumkin. Ammo ulardan faqat bittasigina sizni fir‘avn qabri joylashgan 
xonasigacha olib borishi mumkin. Chunki bu yo‗lak bo‗ylab ancha keng yo‗lakka 
va undan chiqqan bir nechta yo‗laklarga duch kelasiz. Xullas, ehrom ichidagi 
yo‗lakchalarning ―shoxchalashi‖ sizning fir‘avn sarkofagigacha bormasligingiz 
uchun atay qurilgan. Sarkofag atrofidagi behisob boyliklarning talanishi 
mumkinligi 
me‘morlarni 
o‗sha 
davrdayoq 
bezovta 
qilgan. 
Noto‗g‗ri 
yo‗lakchalarning oxiri yo‗q... Xuddi labirint singari ulkan ehrom ichida chiqish 
yo‗lini topa olmay halok bo‗lishingiz hech gapmas. (Kuzatuvlarim davomida 
chiqish yo‗lagini topa olmagan baxtiqaro odamlar suyaklariga ko‗p marta duch 
kelganman)‖. 
Keng yo‗lakdan chiqqan yo‗lakchalardan biri sizni fir‘avn qabriga, undan 
chiquvchi maxsus yo‗lak esa, siz aslida qidirayotganingiz tilladan qilingan 
taqinchoq va turli uy anjomlariga to‗la maxsus xonaga olib boradi. Qadimgi 
misrliklar odam o‗lganidan keyin shohning shoh, gadoning gado bo‗lib, boshqa 
dunyoda yashashda davom etishiga ishonganlar. Shuning uchun, fir‘avn o‗zga 
dunyo darvozaboniga bir dunyo tillo taqinchoqlarini isbot qilib ko‗rsatgan va 
oldingi amalini o‗zga dunyoda ham davom ettirgan. 
Afsuski, odamzod hamisha boylikka o‗ch. Memfis shimolidagi zinasimon 
Joser piramidasi va sahro ichida qurilgan Shulek ehromidangina izlangan narsalar 
chiqqan. Gizadagi uchala ulkan piramidalarning hech biridan na mo‗miyolangan 
jasad va na boylik chiqdi. Aftidan, quruvchi me‘morlar anchayin puxta bo‗lgan 
ko‗rinadi... 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə