Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/67
tarix11.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
JAHON ADABIYOTI

3.
 
Fransua Viyon ijodi 
 
Fransua Viyon 
ijodi o‘rta asrlar fransuz she’riyatini yuksak cho‘qqilarga 
ko‘targan va istiqboldagi muvaffaqiyatlarining darakchisi bo‘lgan deyish 
mumkin. Viyonning hayoti va ijodi o‘rta asr dunyoqarashi inqirozining tipik 
namunasi hisoblanadi. 
Kambag‘al oilaning farzandi bo‘lgan Fransua de Monkorbe uni tarbiyalagan uzoq 
qarindoshi, Parij kapellani19 Gilom Viyonning familiyasini qabul qiladi, 1453-yili 
o'qishni tugatib magistr darajasini oladi. 1455-yili ruhoniylardan biri bilan 
janjallashib qolib, uni xanjar bilan urib o‘ldiradi. Xibsga olingan Fransua o‘zini 
himoya qilganligini isbotlay olgani uchun ozodlikka chiqariladi. Bir yildan keyin 
bir necha sheriklari bilan katta o‘g‘irlik sodir etgach, Parijdan qochadi. Parijdan 
ketar ekan, u hazilomuz "Kichik vasiyat" poemasini yozadi va hamtovoqlariga 
o‘zining mayda-chuyda buyumlari va sud jarayonini vasiyat qilib qoldiradi.Shu 
paytdan boshlab Viyonning 6 yil davom etgan darbadarlik hayoti boshlanadi. U 
1457-yilda shahzoda Karl Orleanskiy tomonidan uyushtirilgan shoirlar ko‘rigida 
ishtirok .etadi. Shundan keyin shoir kokilyarlar20 guruhiga qo‘shiladi. o‘g‘rilar 



jargonini o‘rganadi. Hatto bu tilda balladalar ham yozadi. 1461-yili noma'lum 
sabablarga ko‘ra Myon-syur-Laur shahri qamoqxonasiga tushadi. 
1462-yili Viyon Parijga qaytadi va o‘zining "Katta vasiyat" dos-tonini yozadi, shu 
yilning noyabr oyida yana qamoqxonaga tushadi, dekabr oyida Papa 
mahkamasining kotibiga suiqasdda ayblanib, o‘lim jazosiga mahkum etiladi. 
Aynan shu kunlardan mashhur "Osilganlar haqida ballada"sini yozadi. 1463-
yilning 5-yanvarida o‘lim jazosi bekor qilinib, 10 yilga Parijdan badarg‘a qilinadi. 
Viyonning 
shundan 
keyingi 
hayoti 
haqida 
ma'lumotlar 
saqlanib 
qolmagan.Viyonning eng asosiy adabiy merosi darbadarlikda yozilgan bir nechta 
she'rlarini ham o‘z ichiga olgan "Katta vasiyat" dostoni hisoblanadi. Asarda shoir 
turli buyumlar bilan birgalikda bir necha insonlarga o‘z she'rlarini ham vasiyat 
qiladi. Shu tarzda asar Viyonning haqiqiy "poetik vasiyati"ga aylanadi. 
Shoirning ijodi Masho maktabi an‘analari bilan bog‘liq bo‘lsa ham, undagi 
obrazlar tizimi, mavzu ko‘lami, his-tuyg‘ulaming xarakteri, ya'ni uslubi va 
dunyoqarashi tubdan farq qiladi. Hayotning 19 Katoliklarda xonaki cherkov 
ruhoniysi. 20 Tilanchilik, bosqinchilik bilan shug‘uilangan yersiz qolgan 
dehqonlar, qochoq askarlar. 
Hayotning o‘tkinchiligi, foniylik, har qanday go‘zallikning nobud bo‘lishi g‘oyasi 
shoir she'riyatining asosini tashkil qilgan.Bir qarashda Viyon poeziyasi o‘rta 
asrlar uchun an'anaviy bo‘lib tuyulishi mumkin, u balladalar, rondo(she'rning 
ayrim misraiari ma’lum tartibda takrorlanadigan turi), qo‘shiqlar yozdi, mavzu, 
ohang, badiiy usullarini meros qilib oldi, Biroq ularga ko‘r-ko‘rona ergashmadi, 
balki ularni kengaytirib, mavzu ko‘lamini chuqurlashtir-di, falsafiy ruh bag‘ishladi 
. Shuning sababidan Viyon she'riyati, o‘tmishdoshlari bilan qiyoslaganda, haqiqiy 
poetik inqilob bo‘ldi. 
1456-yili shoirning yumor, kinoya, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan "Le"(yoki "Kichik 
vasiyatnoma") dostoni yaratildi.
Viyonning asosiy asari - "Vasiyatnoma", keyinchahk shoirning hayotlik 
paytidayoq uni "Katta vasiyatnoma;,(I461-y.) deb atay boshlaganlar: doston 186 
she'riy band, 16 ta bahada, 3 rondodan iborat.Viyon ijodining ta'siri XVI asrdan 
boshlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo‘ladi. Rable, Lafonten, 
Molyer,XGote va Gyugolar uning ijodi ta'sirida bo‘lgan bo‘lsalar, Bualo hamda 
Volter uning ijodiga yuqori baho berganlar. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə