Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/67
tarix11.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89352
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
JAHON ADABIYOTI

10.
 
Birinchi Rim shoiri sifatida kim e’tirof etilgan va uning asarlaridan 
qaysilarni bilasiz? 
Qadimgi Rim adabiyotidagi kashshof, 
birinchi Rim shoiri
Tarentum shahridan 
bo'lgan etnik yunon 
Livi Andronik
edi. U bolaligidanoq o'z iste'dodini namoyon 
qila boshladi, lekin rimliklar o'z ona shahrini egallab olishganda, qullikka tushib, 
uzoq vaqt davomida qul bo'lib, o'z egasining avlodlariga adabiyot va yozishni 
o'rgatdilar. Yaxshi xizmatlari uchun janob Livi Andronikga bepul xat taqdim etdi 
va u adabiy ish bilan to'liq shug'ullana oldi 


11 
Liviy Andronik “Odisseya” dostonini lotin tiliga tarjima qilgan.Bu Ovrupa 
adabiyoti tarixidagi birinchi badiiy tarjima namunasi sifatida baholanadi. 
Gomerning “Iliada”sini yunon tilidan lotin tiliga tarjima qilgan birinchi Rim shoiri 
Andronik, shuningdek, yunon tragediyalari, dramalari va dramalarini ham 
tarjima qilgan. Va bir marta pontifiklar kolleji unga ma'buda Junoni ulug'laydigan 
madhiya yozishni buyurdi. 
Ilk Rim shoirlaridan yana biri – Gney Neviy esa (mil.av.gi 270 – 200 yillar) Yunon 
manbalaridan foydalanibgina qolmay, o`z ijodiga Rim mavzusini ham olib kiradi. 
U milliy Rim tragediyasining asoschisi sifatida Rim adabiyoti tarixiga kirgandir. Bu 
asarlarning personajlari sahnaga Rim senatorlari kiyadigan qizil hoshiyali libos – 
proteksta kiyib chiqishgani sababli ularni protekstata deb atash taomilga kirgan. 
Gney Neviy protekstatalaridan faqat ikkitasining nomigina bizgacha etib kelgan. 
Bular “Romul” va “Klastidiy” asarlaridir. U komediya janriga ham murojaat etadi 
va bu sohada birinchi marta kontaminatsiya – ikkita Yunon komediyasidan bitta 
Rim komediyasining yaratish usulini boshlab berdi. So`ngra bu usulni Plavt va 
Terentsiylar davom ettirgani haqida bir muncha ma`lumotlarga egamiz. Gney 
Neviy komediya sohasida asosan yangi Attika komediyasi vakillariga ergashsa-
da, qadimgi Attika komediyasi elementlaridan ham foydalanadi. U o`zi yashagan 
davr Rim tuzumini siyosiy jihatdan juda qattiq masxara qiladi. Gney Neviyning 
“Pun urushi” eposi ayniqsa mashhur bo`lib, unda Rimning paydo bo`lishi 
haqidagi eney afsonasi ishlanadi. Bu asardan bizgacha ba`zi parchalargina etib 
kelgan. Bu davrning uchinchi yirik shoiri Kvint enniy( mil.av.gi 239 – 169 yillar) 
ham o`z ijodining ilk bosqichida Yunon dramasini Rim sahnasiga moslashtiradi. 
Uni tragediya sohasida komediya sohasiga nisbatan mohirroq bo`lgan, deb 
hisoblaydilar. Kvint enniy ayniqsa evripid asarlariga qiziqish bilan qaragani 
ma`lum. U evripidning “Hekuba”, “Medeya”, “Ifigeniya” asarlarini Rim 
tomoshabiniga tanishtiradi. SHoirning “Annallar” (“Solnomalar”) asari 18 
kitobdan iborat bo`lib, eneyning Troyani tark etishidan tortib, to shoir 
zamonasigacha bo`lgan Rim tarixini batafsil yoritgan. Biroq, bu asardan bizgacha 
600 misra saqlanib qolgan, xolos. “Annallar” milliy Rim eposining shakllanishida 
muhim bosqich hisoblanadi. Kvint enniy lotin gekzametri asoschisi bo`lib, u bu 
vaznni lotin tili me`yorlariga moslashtirgan. Binobarin, Rim she`riy adabiyotining 
saturn an`analaridan gekzametrga o`tish bevosita uning nomi bilan aloqadordir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə