Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/67
tarix11.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
JAHON ADABIYOTI

9.
 
Qadimgi Attika komediyasi rivojlanishida qaysi adiblarning roli katta? 
 



Miloddan oldingi V – IV asrlar butun Yunoniston, xususan, Afina davlati uchun 
kuchli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot davri bo‘lgan. Ammo, shu bilan birga, 
demokratiya tuzumining ziddiyatlari, ayrim ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar keskinlashib bor-di. Dastlabki komediyanavis shoirlar o‘zlarining 
asarlarida ana shu nuqsonlarni fosh etishga, kulgi va satira yordamida ularni 
bartaraf etishga intilganlar. Shunday qilib, “Qadimgi Attika komediyasi” deb 
atalmish maxsus adabiy oqim maydonga keldi. O‘tkir siyosiy jo‘shqinlik, 
demokratiya dushmanlariga qarshi murosasizlik – qadimgi attika komediyasining 
asosiy xususiyatidir. Mazkur janrda ijod qilgan ko‘pdan-ko‘p shoirlar orasida 
faqat uch kishining nomi bizga ma’lum. Bular – Kratin, Evpolid va Aristofandir. 
Qadimgi yunon komediyanavis shoirlari orasida bir necha asarlari bizga qadar 
yetib kelgan yagona shoir Aristofandir. Uning ijodida komediyaning mazmun 
ko‘lami benihoya kengaydi, shakliy jihatdan yuksaklikka ko‘tarildi. Aristofanning 
hayoti haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Shoir taxminan 
miloddan avvalgi 445–446 yili Attika viloyati yaqinidagi Egina orolida tug‘ilgan. U 
o‘zining adabiy faoliyatini juda erta boshlagan va 20 yoshga yetar-yetmas 
komediyanivislar musobaqasida qatnashib ikkinchi o‘rinni egallagan. Qirq yilcha 
davom etgan ijodiy faoliyati davrida qirqdan ortiq asar yozgan. Aristofanning 
komediyalaridan 11 tasigina u yoki bu darajada saqlanib qolingan bo‘lib, ular 
ijtimoiy-tarixiy davr bilan bog‘liq ravishda uch davrga bo‘linadi: 
a) Birinchi davrda(427–421 yy., Peloponness urushining birin-chi bosqichi) –
urushlardan charchab, ruhiy umidsizlikka tushgan oddiy dehqon, o‘zi bilan o‘zi 
sulh tuzib, tinch hayot nashidasini su-rishi haqidagi “Axarnliklar”(425); davrning 
taniqli siyosatchilaridan biri Kleon satira qilingan “Chavandozlar”(424); qarz
botqog‘idan qutilish uchun sofistlardan ta’lim olgan qahramon haqidagi
“Bulutlar”(423); sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi qariya haqidagi “Ari-lar”(422);
qo‘ng‘izda Olimp tog‘iga chiqib, kuch bilan tinchlik ma’budasini yerga olib 
tushgan musallaspaz to‘g‘risidagi “Tinchlik” komediyalari yozilgan. 
b) Ikkinchi davr(414–405 yy.). 421-yildan 414-yilgacha fanga hech qanday 
ma’lumot ma’lum emas. Bu yillarda asosan ijtimoiy-satirik mavzularda 
komediyalar yozilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilish mumkin. Ikkinchi davrda 
osmon va yer o‘rtasida qushlar bilan hamkorlikda shahar qurgan ikki afinalik 
haqidagi “Qushlar”(414), ayollarning urushga qarshi isyoni haqidagi 
“Lisistrata”(411), 
yevripid 
kulgu 
ostiga 
olingan 
“Ayollar 
Fesmoriy 


10 
bayramida”(411) va yana yevripid tanqid qilingan “Qurbaqalar”(405) 
komediyalari yozilgan. 
v) Uchinchi davr(392–388 yy.)da asosan maishiy, utopik ide-allar ulug‘langan 
komediyalar yozilgan, ularda dialoglar xordan ustunlik qiladi. “Ayollar xalq 
yig‘inida”(392), “Boylik”( “Plutos”)(388) komediyalari shunday asarlar sirasiga 
kiradi.Aristofanning ijodi asosan uzoq davom etgan urushlar davriga, buning 
natijasida Afina demokratik davlatining to‘xtovsiz yemirilib, inqrozga uchray 
boshlagan paytiga to‘g‘ri kelgan. Bu paytdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
ziddiyotlar, ma’naviy, aholoqiy, falsafiy muammolarning keskinlashuvi shoir 
ijodida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Uning asarlaridagi ajoyib dramatik
holatlar, qahramonlar qiyofasini tavsiflash mahorati, komediyalariga sochib 
yuborilgan hazil-mutoyibalar, favqulotda pichinglar, ohori to‘kilmagan 
qochiriqlar, beqiyos so‘z o‘yinlari, shuningdek barcha asarlariga xos sodda, tiniq, 
o‘ynoqi va muxtasar til, rohatbaxsh lirik parchalar – Aristofanning yuksak
mahoratidan darak beradi. Rus tanqidchisi V.G.Belinskiyning ta’kidlashicha,
Aristofan – eng olijanob, g‘oyat musaffo va qadimgi Yunonistonning eng 
so‘nggi ulug‘ shoiri bo‘lgan.1954-yili Jahon Tinchlik Kengashining qaroriga 
binoan Aristofanning 2400-yilligi nishonlandi.Umuminsoniy badiiy merosning 
ajralmas qismi bo‘lgan antik adabiyot, xususan qadimgi yunon adabiyotida tilga 
olingan ko‘plab mavzu va muammolar XXI asrda ham dolzarb bo‘lib, o‘z ahami-
yatini yo‘qotmagan.
Sofoklning ijodi cho’qqisi bo’lgan bu asar o’tgan 2500 yillik vaqt mobaynida 
jahon teatri sahnasidan tushmay kelmoqda. U hamisha dolzarb, hamisha 
zamonaviy, barcha tuzum va zamonlarga xos. Hali insoniyat badiiy tafakkuri 
tarixida «Shoh Edip» kabi fojiali qismat qalamga olinmagan. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə