Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering


Genri Roulinson,Yuliusa Opperto, Arno Peblya va Samuel



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/67
tarix11.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
JAHON ADABIYOTI

Genri Roulinson,Yuliusa Opperto, Arno Peblya va Samuel 
Nao Kramer
xotirasiga bag‘ishlanadiki, shuning o‘zidayoq bu kitobning 
yo‘nalishi, ahamiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
2012-yil
da Toshkentda o‘zbek olimi 
Zoyir Ziyotov
ning 
“Shumerlar va 
Turon qavmlari”
degan kitobi nashr etildi. Kitob bejiz bunday 



nomlanmagan. Unda bashariyatga tamaddun eshiklarini ilk ochgan 
shumerlar bilan Turon qavmlari o‘rtasidagi aloqaga ishora qilinmoqda. 
Dunyoda birinchi yozuv 
shumer mixxatlari
hisoblanadi. Mixxatlar 
loydan
yasalgan g‘ishtchalar (tablitsalar)ga bitilgan. U 
keyingi100 yil 
ichida
topilgan. Manbalar Bobil (Vavilyon) madaniyati tilidan tashqari 
bus-butun holda shumerlardan (mixxatlardan) ko‘chirilgani aytiladi. 
Demak, Bobil dunyoga madaniyat berdi, deganda bu madaniyatning asli 
shumerlarga oid ekanligi endi ayon bo‘lib qoldi. Shumerlar deyarli 
hamma narsani ilk bor yaratganlar. 
Taxminan 
5–6 ming
yil muqaddam shumerliklar dunyo miqyosidagi 
toshqin to‘g‘risida yozishgan. 
Mixxatlar bular haqida, yana 
ilk kemani kim qurganligi
haqida,
toshqin
haqida batafsil ma’lumot beradi. 
Shumerlar 
eposlar, dostonlar, qo‘shiqlar 
bitishgan. Ulardan namunalar 
saqlanib qolgan. 
2.
 
Badiiy adabiyotda mifning o‘rni 
 
Mif 
qadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui 
bo’lib, koinotning yaratilishi, inson, o’simliklar va hayvonot dunyosining 
vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo’lishi, tabiiy hodisalarning 
sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar 
to’g’risidagi e’tiqodiy qarashlarni o’z ichiga olgan. 
Lug’atlarda 
mif
- ma’budlar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning 
yaratilishi va yer yuzida hayotning paydo bo‘lishi haqidagi qadimiy xalq 
rivoyatlari, afsona, - deya izohlangan. 
Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to‘g‘risidagi tushunchalari, tabiat va 
kishilik jamiyatida sodir bo‘layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga 
intilishlari 
mif
larda o‘z aksini topgan. 
Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma 
vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o’z ijodkori 
va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo’lib o’tgan voqealar bayoni sifatida 
qabul qilingan. 



Qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko’ra, olamning tuzilishi anchayin 
sodda: 
Olimpda
xudolar, yerda odamlar yashaydi, olam shu ikkisining 
birligidan tashkil topadi. 
Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. Bu uch tushuncha bir-biri 
bilan chambarchas bog‘liq. Chunki mifologik qarashlardan folklor kelib 
chiqqani kabi, yozma adabiyot ham, o‘z navbatida, har ikkalasi 
bulog‘idan hali-hanuz suv ichib keladi. Jahon adabiyotida mif va 
folklorda aks etgan g‘oyalarga suyanib, ulardan ta’sirlanib yozilgan 
asarlar ko‘p. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, Esxilning “Zanjirband 
Prometey”, Safoklning “Shoh Edip”,Evripidning “Medeya”, Dantening 
“Ilohiy komediya”, Navoiyning “Lison uttayr”, Gyotening “Faust”, Tomas 
Manning “Sehrli tog‘” romani asarlarining negizida mif yotadi. Yoki 
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani boshqa ko‘plab ildizlar 
qatori, o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan oziqlanganligi, yozuvchining o‘z 
e’tirofidan tashqari, asarning shundoq kompoziyasiyasidan bilinib turadi 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə