Qadoqlash materiallari va ularning vazifalari 3 Idish va qadoqlashning asosiy turlari va xossalari 6



Yüklə 106,66 Kb.
səhifə17/18
tarix24.12.2023
ölçüsü106,66 Kb.
#159043
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Qadoqlash materiallari va ularning vazifalari 3 Idish va qadoqla-fayllar.org

Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalarning saqlashga chidamliligi past bo’lib, ular o’zidan suvni tez yo’qotib, so’liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi.
O’rik saqlash uchun sal g’o’raroq, eti tig’iz, mazasi naviga xos bo’lib yetilgan paytida uziladi. O’rikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak.
Yirik va o’rtacha kattalikdagi o’riklar to’g’ri qatorlarga terilib, maydalari esa to’kma qilib yashiklarga joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog’oz to’shaladi uning ustiga ham qirindi sepiladi.
O’rik 0S haroratda va nisbiy namligi 85-95% bo’lgan. sharoitda saqlanadi. Bunday sharoitda o’rikni 1-1,5 oy saqlash mumkin. Havo harorati 17-25S bo’lgan omborlarda o’rikni 8-10 kun saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida o’rikni 1,5-2 oy saqlash mumkin. Bunda karbonat angidridning miqdori 3-5%, kislorodning miqdori 2-3% va azotning miqdori 92-95% bo’lishi lozim.
Olxo’rini saqlash uchun yashiklarga to’g’ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo’ri yashikka to’kma qilib solinadi. Olxo’ri harorati 0-1S, nisbiy namligi 90-95% bo’lgan omborlarda saqlanadi. 1S haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.
Polietilen xaltachalarda -1S haroratda 2-3 oy saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida saqlashda uning tarkibi quyidagicha bo’lishi tavsiya qilinadi: karbonat angidrid-3-4%, kislorod 3%, azot 93-94%.
Sanoatda №1 nomi bilan ataluvchi yashikning sig’imi 8 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffitsienti 85%.
Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda xirmonlarda to’kma holda, konteynerlarda, yog’och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi (1-rasm).

1 2 3
1-rasm. Sabzavot va mevalar saqlanadigan idishlar:
1-qop; 2-yashik; 3-konteyner.









2-rasm.
Yüklə 106,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə