Qadoqlash materiallari va ularning vazifalari 3 Idish va qadoqlashning asosiy turlari va xossalari 6


Ho’l mevalarni qadoqlash usullari



Yüklə 106,66 Kb.
səhifə15/18
tarix24.12.2023
ölçüsü106,66 Kb.
#159043
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Qadoqlash materiallari va ularning vazifalari 3 Idish va qadoqla-fayllar.org

Ho’l mevalarni qadoqlash usullari

Meva va sabzavotlarning sifati oziq-ovqat, mazalik va texnologik qimmatlari bilan tavsiflanadi. Ular kimyoviy va mexanik tarkibi, fizikaviy xossalari, tashqi tovarlik ko’rinishi va bu xossalarini saqlash davomida yo’qotmaslik qobiliyatiga bog’liqdir. Meva va sabzavotlarning sifatiga mahsulotning navi, agrotexnikasi, yetishtirish sharoitlari, terish muddati va usullari ham ta’sir etadi. yuqoridagi ko’rsatkichlar saqlash muddati va sharoitiga qarab ham o’zgaradi.

Mahsulotning har bir partiyasidan ajratib olingan o’rtacha namuna bo’yicha meva va sabzavotlarning sifati aniqlanadi. Bir vaqtda topshirilgan yoki qabul qilingan, bir xil botanik navga ega bo’lgan va bir xil qadoqlangan har qanday miqdordagi meva-sabzavotlar partiya hisoblanadi.
Xom ashyolar taralarda keltirilganda har bir transportdagi, har bir 100 dona taradan o’rtacha namuna uchun uch donadan tara ajratib olinadi. Agar avtomobilda (traktor telejkalarida) 100 donadan ortiq taralar bo’lsa, u holda har bir ortiqcha 50 donasidan yana bittadan tara olinadi. So’ngra har bir ajratib olingan idishdan (yuqorisidan, o’rtasidan va pastidan) kamida 10% meva va sabzavotlar olinadi. Ajratib olingan mahsulotlar o’zaro aralashtirilib, ulardan kamida 10 kg miqdorida o’rtacha namuna olinadi.
Karam, lavlagi va sabzilar uyum holida keltirilganda, har bir uyumdan (yuqorisidan, o’rtasidan va pastidan) o’rtacha namuna olinadi:
1-jadval

Partiyaning og’irligi, kg


O’rtacha namunaning og’irligi, kg


200 gacha


10

201 ... 500

20

501 ... 1000

30

1010 ... 5000*

60

* 5000 kg dan ortiq har bir tonna uchun yana qo’shimcha 5 kg dan mahsulot olinadi.
Standartlarga muvofiq barcha ko’rsatkichlar bo’yicha o’rtacha namunalar tekshiriladi va analiz qilinadi (har bir mahsulot uchun alohida standart mavjud). Agar mahsulotlardagi yashirincha kamchiliklar aniqlanishi lozim bo’lsa, misol uchun piyozning bug’iz chirish kasalligini aniqlash uchun o’rtacha namunadan kamida 50 piyoz kesiladi.
Standartlar yoki texnik shartlarda ko’rsatilganidek tashxis natijalari 0,1 aniqlikkacha foizlarda ifodalanadi. Barcha ko’rsatkichlarning yig’indisi 100 % ni tashkil etishi kerak. Bunda ildiz mevalarga yopishgan tuproqlar ko’rsatkichlar yig’indisiga kirmaydi.
Topilgan kamchiliklar bo’yicha hisoblangan A (%) partiya standart qismining miqdorini quyidagi formula bo’yicha aniqlaymiz:
,
bu yerda B-partiyaning kamchiliksiz qismining miqdori, aniq ma’lumotlar bo’yicha, %; D - ruxsat etilgan kamchilikli mahsulotning yig’ma miqdori, partiya standart qismini qo’shgan holda, %.
D qiymat har bir alohida ko’rsatkich uchun qo’yilgan standart me’yorlari bo’yicha hisoblanadi. Agar tekshirilgan tashxislarda kamchiliklar miqdorining qiymati me’yoridan kam bo’lsa, u holda D yig’indiga uning haqiqiy qiymati qo’shiladi.
Sabzining ikki partiyasidan o’tkazilgan o’rtacha namuna tashxisining natijalari

Ildiz mevalarning kamchiliklari




Partiya massasiga nisbatan ildiz meva kamchiliklaring miqdori, %


Haqiqiy

ruxsat etilgan

birinchi partiya


Ikkinchi partiya




Ildizmeva o’lchamlarining chetlashishi


7

12

10

Yorilgan, singan va noto’g’ri shakldagilari

3

6


5

CHiriganlari va b.

2

3

0

Jami:

12

21

15


Agar partiyalar standartlarga muvofiq sifati bo’yicha oliy, birinchi va ikkinchi navlarga bo’linsa, u holda bu usul nostandart mahsulotlarni aniqlash uchun yaroqsizdir. Bunday holatda bir qancha murakkab hisoblarni o’tkazish lozim bo’ladi, ammo bajarish printsiplari bir xil.

Sabzini sun’iy sovitiladigan omborlarda ham saqlash mumkin. Bunda mahsulot sig’imi 30-50 kg konteynerlardan yoki polietilen qoplardan foydalaniladi. Sabzini sovitilgan holda uzoq muddat (200 kundan ortiq) saqlash mumkin. Uni konteynerlarda saqlash yuklash va bo’shatish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi.


Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli perspektiv usul hisoblanadi. Mahsulot nafas olishi natijasida qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90-95%) hosil bo’ladi va kerakli miqdorda karbonat angidrid (3-5%) to’planadi. Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi, shakar va vitaminlarning yo’qotilishi ancha kamayadi.
Ildizmevalar dalada handaq va maxsus omborlarda, harorat 0-2S gacha, havoning nisbiy namligi 85-95% bo’lgan sharoitda saqlanadi.
SHolg’omni saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80 sm, lavlagi va turplar uchun esa sig’imi kattaroq, eni hamda chuqurligi 70-80 sm keladigan handaq qaziladi. Bunda har 3,5 m oralatib yerdan to’siq qoldiriladi.
Ildizmevalar handaqlarda aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi.
Ildizmevalarni handaqlarda yashiklarga joylanib ham saqlanadi. Faqat bunda handaq kattaroq qilinadi eni 3-3,5 m, balandligi 1,5 m ga yetkaziladi.
Maxsus omborlarda ildizmevalar ancha yaxshi saqlanadi. Bunday omborlarda ular yashiklarga va konteynerlarga solinib hamda 1,5 m qalinlikda uyulib ham saqlanadi.
Sabzavot omborlarida karam maxsus tagliklarda va panjarali so’kchaklarda saqlanadi. So’kchaklarga karam boshlari 5-7 qator qilib joylanadi. Karam taxlarining 2-3 m bo’lib, ular orasida 30-40 sm masofa qoldiriladi.
Karamni saqlashda 30-40 kg li konteynerlardan ham foydalanish mumkin. Karamni teshikli polietilen qoplarda ham saqlash yaxshi natija beradi.
Pomidor omborlarda yashiklarga solinib saqlanadi. Bunda yashiklar eniga ikki qator, tepasiga saqkiz-o’ntadan qilib, uzunasiga esa istalgancha joylanadi. Taxlar orasida 0,6-1,5 m li yo’lak yashiklar o’rtasida esa 5-10 sm oraliq qoldirish tavsiya etiladi.
Bodringni terish vaqti va terish sifati uni saqlashda katta ahamiyatga ega. Terish texnologiyasining buzilishi uning barraligi tez yo’qolishiga, burishib sarg’ayishiga va yeb bo’lmaydigan bo’lib qolishiga olib keladi. Pishib o’tib ketgan bodringning urug’i va po’sti zichlashadi, eti dag’allashadi. Bodring odatda ertalab, issiq boshlanguncha terib olinishi lozim. Kechki bodringni kun bo’yi terish mumkin. U yashiklarda yoki maxsus savatlarda tashiladi.
Saralash va joylash ehtiyotlik bilan salqin binolarda o’tkaziladi.
Bodringni saqlashda havo haroratini pasaytirish tavsiya etilmaydi. Past haroratda bodringda kechadigan fiziologik jarayonlar buziladi va natijada uning sifati pasayadi. Bodringni polietilen qoplarga solib saqlash yaxshi natija beradi.

Yüklə 106,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə