Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
ALOHIDA TA‟LIM EHTIYOJLARI BO„LGAN BOLALARGA TA‟LIM BERISHGA OID 
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO„G„RISIDA 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan 
tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo„llab-quvvatlash va aholi salomatligini 
mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid 
davlat dasturi
” hamda O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim-tarbiya berish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son 
qarori
ijrosini 
ta‟minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar: 
a) Umumiy o„rta ta‟lim tashkilotlarida inklyuziv ta‟limni tashkil etish tartibi to„g„risidagi 
nizom 
1-ilovaga 
muvofiq: 
inklyuziv ta‟limning maqsadi va vazifalari; 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta‟lim va 
boshlang„ich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yo„lga qo„yish hamda o„quv-tarbiya jarayonini 
tashkil etish tartibi; 
o„quvchilarni inklyuziv ta‟lim sinflariga va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarga 
qabul qilish tartibi; 
inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda ta‟lim sifatini nazorat 
qilish va boshqarish tartibi; 
b) Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun davlat 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari to„g„risidagi nizom 
2-ilovaga 
muvofiq: 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ularda o„quv-tarbiya va davolash-
sog„lomlashtirish jarayonlarini tashkil qilish tartibi;
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning umumiy o„rta ta‟lim olishda va ularni bilish 
imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida 
ko„maklashish tartibi; 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan 
boshqa ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun 
umumta‟lim tashkilotlariga o„tkazish tartibi; 
alohida ta‟lim ehtiyoji bo„lgan o„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan 
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish 
agentligi muassasasiga o„tkazish tartibi; 
v) Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalari to„g„risidagi nizom 
3-
ilovaga 
muvofiq: 
alohida sharoitlarda davolanish va sog„lomlashtirishga, ta‟lim va tarbiya olishga muhtoj 
bolalar huquqlarini ta‟minlashga yo„naltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat 
ta‟lim muassasalarining tashkil etish tartibi;
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish 
va boshqarish, ularda o„quv-tarbiya hamda davolash-sog„lomlashtirish jarayonlarini tashkil qilish 
tartibi; 
o„quvchilarni sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalariga qabul qilish 
tartibi; 
g) Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan, shuningdek, uzoq vaqt 
davolanishga muhtoj bo„lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta‟lim berish tartibi to„g„risidagi nizom 
4-ilovaga 
muvofiq: 


alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning uyda ta‟lim olishlarini tashkil etish va o„quv-
tarbiya jarayonini boshqarish mexanizmlari; 
uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, o„qituvchilar 
hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari; 
Tibbiy ko„rik natijasiga ko„ra, o„quvchida uyda yakka tartibda ta‟lim olish uchun asos 
bo„ladigan kasalliklar (patologik holatlar) mavjudligi aniqlanganda, tibbiy-maslahat komissiyasi 
tomonidan o„quvchining uyda yakka tartibda ta‟lim olishga muhtojligi to„g„risida tibbiy xulosa 
rasmiylashtirish tartibi; 
uyda yakka tartibda ta‟lim olish uchun asos bo„ladigan kasalliklar ro„yxati;maktab 
tomonidan o„quvchining sog„lig„i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda ishlab 
chiqiladigan dars jadvali shakli;
uyda yakka tartibda ta‟lim olayotgan o„quvchining har bir fan bo„yicha alohida 
yuritiladigan baholash daftari shakli; 
d) Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to„g„risidagi nizom 
5-ilovaga 
muvofiq: 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi 
tizimidagi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun davlat 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo„yicha 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni (keyingi o„rinlarda — psixologik-tibbiy-pedagogik 
komissiyalar) tashkil etish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi; 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni ularning psixofizik imkoniyatlariga mos 
ravishda ta‟lim olishlarini tashkil etish tartibi; 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning maqsad va vazifalari; 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi; 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar tomonidan hujjatlarni ko„rib chiqish tartibi; 
e) Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim 
muassasalarida kasbga o„qitish kurslarini tashkil etish tartibi to„g„risidagi nizom 
6-ilovaga 
muvofiq: 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning kasb egallashini ta‟minlash, o„quvchilarda 
kasbiy ko„nikmalarni shakllantirish, ularga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab 
etmaydigan kasblarni o„rgatishni yo„lga qo„yish tartibi; 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim 
muassasalarida kasbga o„qitish kurslari jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar 
ro„yxati; 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim 
muassasalarida kasbga o„qitish kurslariini muvaffaqiyatli tugatgan o„quvchilarga mehnat qilish 
huquqini beruvchi kasb malakasi bo„yicha davlat namunasidagi sertifikat shakli tasdiqlansin. 
2. Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning ta‟lim olishi va kasb egallashiga 
ko„maklashishni tashkil etish bo„yicha ishchi guruh 
7-ilovaga 
muvofiq tarkibda tuzilsin.
3. Quyidagilar alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning ta‟lim olishi va kasb 
egallashiga ko„maklashishni tashkil etish bo„yicha ishchi guruhining asosiy vazifalari etib 
belgilansin: 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning 2021/2022 o„quv yilidan boshlab ta‟lim 
olishga va kasbga o„qitishga jalb etilishini doimiy nazorat qilish; 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berish va ularga kasb-hunar o„rgatish 
bo„yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy o„rganib borish, aniqlangan 
kamchiliklarni bartaraf etish bo„yicha tegishli choralar ko„rish; 
sohaga oid ilg„or xorijiy tajriba va innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilish bo„yicha 
takliflar ishlab chiqish. 
4. O„zbekiston Respublikasi Hukumatining 
8-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari o„z kuchini 
yo„qotgan deb hisoblansin. 
5. O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va 
idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o„zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu 
qarorga muvofiqlashtirsin. 


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo„yicha o„rinbosari B.A. Musayev hamda O„zbekiston 
Respublikasi xalq ta‟limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə