Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„quv-ta‟lim



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

5-bob. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„quv-ta‟lim 
jarayonini tashkil etish 


20. Inklyuziv ta‟lim sinflarida jami o„quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. Ushbu 
sinflarda umumiy o„rta ta‟lim dasturlari bo„yicha ommaviy tarzda o„qiyotgan o„quvchilar bilan 
birga maxsus (korreksion) dasturlar asosida o„qiyotgan alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan 
o„quvchilar soni 3 nafardan oshmasligi lozim. 
Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy 
tashxisdagi o„quvchilar qabul qilinadi.
21. Maktablarda inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar soni 
bir parallel sinflarda 2 tadan ortiq tashkil etilmaydi. 
22. Boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„quvchilar soni amaldagi alohida ta‟lim 
ehtiyojlari bo„lgan bolalar (shaxslar) uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari 
(maktablar, maktab-internatlar) sinflaridagi o„quvchilar soni me‟yorlariga muvofiq ravishda 
belgilanadi. 
23. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„qitish va 
tarbiyalash jarayoni o„quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
O„quvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning o„ziga xosligini hisobga olgan holda 
davlat ta‟lim standartlariga muvofiq baholanadi. 
24. Ta‟lim-tarbiya jarayoni davlat ta‟lim standartlariga muvofiq o„quv rejasi va dastur 
asosida maxsus korreksion tuzatish usullaridan foydalanilgan holda olib boriladi. 
25. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflardagi o„quvchilarga 
individual ta‟lim dasturlarini o„zlashtirishga yordam ko„rsatish maxsus pedagoglar va tyutorlar 
(yordamchi pedagog xodimlar) tomonidan amalga oshiriladi. 
26. Har bir inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar ochilgan 
maktab uchun alohida maxsus pedagog shtat birliklari ajratiladi. 
27. O„quvchilar bilan individual ta‟lim dasturlarini o„zlashtirish, nuqsonlarni tuzatish 
(korreksiya) va ular bilan bog„liq bola rivojlanishining o„ziga xosliklarini bartaraf etish ishlari 
maxsus pedagoglar tomonidan ta‟lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa 
tadbirlarda amalga oshiriladi. 
28. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar ochilgan 
maktablarda o„quvchilarga individual ta‟lim dasturlarini o„zlashtirish, rivojlanishiga to„sqinlik 
qilayotgan omillarni aniqlash, ularga turli ko„rinishdagi psixologik yordam berish maqsadida 
maxsus yordam ko„rsatish xonalari tashkil etiladi. 
Maxsus yordam ko„rsatish xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta‟minlanadi. 
29. Inklyuziv ta‟lim sinflari joriy qilingan maktablarga tyutor (yordamchi pedagog xodim) 
sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta‟lim muassasalarining pedagogika 
yo„nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi. 
Talabalarni inklyuziv ta‟lim sinflari joriy qilingan maktablarga jalb etish tartibi 
O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi hamda Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
30. Inklyuziv ta‟lim sinflarida o„quvchilarga oliy ma‟lumotli, shuningdek, tegishli qayta 
tayyorlashdan o„tgan o„qituvchi yoki defektologlar tomonidan dars beriladi. 
Boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„quvchilarga defektologiya sohasi bo„yicha 
oliy ma‟lumotli pedagoglar, shuningdek, defektologiya (sohasi) bo„yicha tegishli qayta 
tayyorlashdan o„tgan boshlang„ich sinf o„qituvchilar tomonidan dars beriladi. 
31. Har bir o„quvchi uchun umumiy o„rta ta‟lim dasturi va maxsus (korreksion) ta‟lim 
dasturidan kelib chiqib maktab tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja va mashg„ulotlar jadvali 
tuziladi. 
Bunda o„quvchining individual psixojismoniy xususiyatlari, qiziqishlari hamda psixologik-
tibbiy-pedagogik komissiyaning tavsiyalari inobatga olinadi. 
32. O„quvchilarni o„qitish metodikasini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi: 
tyutorning ta‟lim jarayonida to„liq yoki qisman ishtiroki zarurati;
yengillashtirilgan individual kun tartibini (topshiriqlar hajmi, hafta davomida qo„shimcha 
dam olish kuni va boshkalar) tashkil etish;


o„quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib dars mashg„ulotlarini tuzish;
umumrivojlantiruvchi va fanlar yo„nalishidagi mashg„ulotlarni individual va guruh 
shaklida tashkil etish; 
psixolog, maxsus pedagog va boshqa mutaxassislarning maktabdan va sinfdan tashqari 
korreksion-rivojlantiruvchi mashg„ulotlarini tashkil etish. 
33. Ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan metod va vositalar bolalarning har tomonlama aqliy, 
jismoniy rivojlanishini ta‟minlashga va yetuk shaxsni tarbiyalashga qaratiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə