Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida davolash-sog„lomlashtirish jarayonini tashkil



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

6-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida davolash-sog„lomlashtirish jarayonini tashkil 
etish
48. Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni sog„lomlashtirishga yo„naltirilgan 
davolash-sog„lomlashtirish, reabilitatsiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlari 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
49. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining tibbiyot xodimlari bolalarni davolash-
sog„lomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasallik va unga hamroh xastaliklar xurujining oldini 
olishga va salomatligini yaxshilashga yo„naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
50. Tibbiyot xodimlari pedagoglarga o„quvchilarning sog„lig„i va rivojlanish 
xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda ularga individual va tabaqalashtirilgan yondashishga 
ko„maklashadilar, ularga o„quvchilarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash, kasbga yo„naltirish, 
keyinchalik ish bilan ta‟minlanishi bo„yicha, shuningdek, ota-onalarga va ularning o„rnini bosuvchi 
shaxslarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maxsus) tartibga 
amal qilish bo„yicha tavsiyalar beradilar.
51. Tibbiy sog„lomlashtirish muolajalari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun 
mashg„ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi. 
52. Davolash davrida bolalar sog„lig„ini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari 
ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qo„shimcha dam olish kunlari berish orqali 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lish tartibiga amal qilishni, shuningdek, haftaning bir kunini 
ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari bilan shug„ullanish hamda sayr qilishni tavsiya 
etishi mumkin. 
53. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida har bir bolaga tibbiy karta yuritiladi, bolaning 
muassasada bo„lish muddati tugagach ota-ona yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslarga undan 
ko„chirma beriladi. 
54. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida dori-darmon va fizioterapiya yordamida 
davolash hamda psixoterapiya, massaj, jismoniy mashqlar, chiniqtirish ishlari olib boriladi. 
55. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus 
tayyorgarlikka ega bo„lgan o„qituvchi tomonidan o„tkaziladi. 
56. 
Ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasasida olib borilayotgan barcha tibbiy 
sog„lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarini tashkil qilish va olib borishning to„g„riligi ustidan 
nazorat muassasa joylashgan hududdagi sog„liqni saqlash organlariga yuklanadi. 
57. Sog„liqni saqlash organlari ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini tibbiyot xodimlari 
shtatlari bilan to„ldirishda, ushbu xodimlarning malakasini oshirishda hamda davolash-
sog„lomlashtirish ishlarining zamonaviy usullarini mazkur muassasada keng joriy qilishda, ularga 
malakali mutaxassislarni maslahat yordami berish uchun jalb etishda ko„maklashadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə