Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

5-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
25. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo„lgan bolalarning ta‟lim olishi quyidagi 
tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 
ta‟lim-tarbiyaning nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)ga yo„naltirilganligi; 
ta‟lim va tarbiya jarayonida tashxisning qo„yilishiga maxsus yondashuv; 
o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish. 
26. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida o„qitish va tarbiyalash jarayoni o„quvchilarning 
alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. O„quvchilarning bilimlari ulardagi 
nuqsonlarning o„ziga xosligini hisobga olgan holda belgilangan tartibda baholanadi. 
Ta‟lim-tarbiya jarayoni davlat ta‟lim standartlariga muvofiq vazirlik tomonidan 
belgilangan tartibda, o„quv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatish usullaridan 
foydalanilgan holda olib boriladi. 
27. O„qish hamda ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olish ko„zda 
tutiladigan kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida yashashini hisobga olgan 
holda tashkil etiladi.
28. Nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) ta‟lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari 
va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi. 
29. O„quv xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta‟minlanadi. 
30. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish 
maqsadida butun guruh bilan va yakka tartibda mashg„ulotlar olib boriladi. 
31. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va 
undan ko„p nuqsoni bor bo„lgan) bolalar uchun maxsus tuzatuvchi (korreksion) guruhlar (sinflar) 
ochilishi mumkin. 
Ushbu guruhlarga ta‟lim oluvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi va 
bolaning ota-onasi yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan joylashtiriladi. 
32. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida sinflarning soni, eng avvalo, ta‟lim jarayoni 
uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarini hisobga olgan holda 
hamda ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi turiga, undagi o„quvchilar kontingenti va sinflarning 
to„ldirilishiga ko„ra belgilanadi: 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə