Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o„tkazish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

4-bob. O„quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o„tkazish 
24. O„quvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga va aqliy layoqatiga 
ko„ra bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o„tkazilishi mumkin. 
25. Ota-onalar o„z xohishiga ko„ra o„quv yili davomida yoki u tugaganidan so„ng 
farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o„tkazish huquqiga ega. 
26. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga 
o„tkazish uchun uning sabablarini ko„rsatgan holda xalq ta‟limi boshqarmasiga ariza bilan murojaat 
qiladi. 
27. Ariza psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko„rib chiqiladi. 
28. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasi olingach, xalq ta‟limi 
boshqarmasi tomonidan shu kunning o„zida ota-onalarga o„qishni davom ettirish uchun tanlangan 
maktab-internatga taqdim etish uchun o„quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o„tkazish 
to„g„risida yo„llanma beriladi. Yo„llanma berilganligi haqida o„quvchi ta‟lim olayotgan maktab-
internatga xat orqali ma‟lum qilinadi. 
29. O„quvchi ta‟lim olayotgan maktab-internat direktori xalq ta‟limi boshqarmasi 
tomonidan yuborilgan xatni olgach, shu kunning o„zida o„quvchini maktab-internat o„quvchilari 
safidan chiqarish to„g„risida buyruq qabul qiladi. 
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to„g„risida 
imzo qo„ydirib, ularga mazkur Tartibning 
18-bandida 
belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va 
hujjatlar berilganligi to„g„risida tilxat oladi.
30. Ota-onalar xalq ta‟limi boshqarmasi tomonidan berilgan o„quvchini boshqa turdagi 
maktab-internatga o„tkazish to„g„risidagi yo„llanmani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning 
xulosasi hamda mazkur Tartibning 
18-bandida 
belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda o„qishni 
davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktoriga taqdim etadi. Maktab-internat direktori 


shu kunning o„zida o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq 
chiqaradi. 
31. Maktab-internat direktori o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish 
to„g„risidagi buyruqdan ko„chirmani bir ish kuni ichida o„quvchi ilgari ta‟lim olgan maktab-
internatga ma‟lumot uchun yuboradi. 
32. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq ta‟limi boshqarmasining 
o„quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o„tkazish to„g„risida yo„llanma berilganligi haqidagi 
xati va o„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o„quvchining 
o„qishga qabul qilinganligi to„g„risidagi buyrug„idan ko„chirma o„quvchining maktab-internatda 
saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig„majildiga tikib qo„yiladi. 
33. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-
internatdan o„tkazilayotgan o„quvchining o„quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta‟minlash 
uchun barcha zarur choralarni ko„rishi shart. 
34. O„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida yoki maktab-
internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali 
va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə