Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchini xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

6-bob. O„quvchini xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazish 
46. Ota-onalar o„qish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy 
yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan bo„lsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha 
yashash uchun ketayotgan davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazish huquqiga ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
47. Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazish uchun uning 
sabablarini ko„rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga 
Bolalar masalalari bo„yicha hududiy komissiyaning voyaga yetmaganni maktab o„quvchilari 
safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan ko„chirma ilova qilinadi. 
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son) 
48. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko„rib chiqilib
o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida buyruq qabul qilinadi. 
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to„g„risida imzo 
qo„ydirib, ularga mazkur Tartibning 
18-bandida 
belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni 
olganligi to„g„risida tilxat oladi.
49. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati o„quvchining maktab-internatda 
saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig„majildiga tikib qo„yiladi. 
50. O„quvchilar safidan chiqarish to„g„risidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf 
jurnali va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
51. Maktab-internat direktori tomonidan xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga 
o„tkazilayotganligi sababli o„quvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar to„g„risidagi 
ma‟lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har o„quv yili choraklari oxirida tegishli tuman (shahar) 
xalq ta‟limi bo„limiga, tuman (shahar) ichki ishlar bo„limiga (boshqarmasiga) va Bolalar masalalari 
bo„yicha hududiy komissiyaga taqdim etiladi. 
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son) 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə