Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

5-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
21. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„qitish umumiy o„rta ta‟lim o„quv rejalari va 
ta‟lim dasturlari asosida olib boriladi. 
22. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi umumiy o„rta ta‟lim davlat standartlariga muvofiq 
1 — 11-sinflar hajmida o„quvchilarga majburiy umumiy o„rta ta‟lim beruvchi sog„lomlashtirish 
ta‟lim muassasasi hisoblanadi. 
23. Davolanish, sog„lomlashtirish va ta‟lim olishga muhtoj bolalar ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalarining 1 — 11-sinflariga Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, viloyat 
xalq ta‟limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh boshqarmasi yo„llanmalari asosida, 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko„ra, shuningdek, ota-onalar yoki ularning 
o„rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qabul qilinadi. 
24. Bolalarni qabul qilish o„quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktorining buyrug„i bilan rasmiylashtiriladi. 
25. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida bolalarning bo„lishi muddati tibbiy 
ko„rsatmalarga muvofiq va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko„ra, ota-onalar 
yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan, lekin 3 yildan ko„p bo„lmagan muddatga 
belgilanadi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida bo„lishi muddati tugagan bolalarning muassasada 
bo„lish muddati qayta uzaytirilmaydi. 


26. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida sil va nafas olish organlarining surunkali 
kasalliklari rivojlanishi xavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi 
to„ldirilishi kamida 25 nafarni, skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar 
guruhi to„ldirilishi esa — kamida 20 nafarni tashkil qiladi.
27. O„quv yilining boshlanishi, darslar va ta‟tillarning davomiyligi, shuningdek, yakuniy 
davlat attestatsiyasini o„tkazish va ta‟lim olganligi to„g„risida davlat namunasidagi hujjatlarni berish 
tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
28. Ta‟lim olish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat bilan shug„ullanish, davolanish 
va dam olishni asosli ravishda uyg„unlashtirishni ta‟minlaydigan kun tartibi bolalarning 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida bo„lishi muddatini hisobga olgan holda tuziladi.
29. Darsning davomiyligi I sinfda birinchi yarim yillikda — 35 daqiqa, ikkinchi yarim 
yillikda va boshlang„ich ta‟lim (maktab)ning II — IV sinflarida — 40 daqiqa, V va keyingi 
sinflarda — 45 daqiqa bo„ladi.
30. Bolalarning mehnat tarbiyasi ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi pedagogik va 
tibbiyot xodimlarining tibbiy ko„rsatmalari hamda tavsiyalariga ko„ra ta‟limni egallangan mehnat 
ko„nikmalari bilan uyg„unlashtirish asosida amalga oshiriladi.
31. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quvchilar uchun turli to„garaklar, 
qiziqishlariga ko„ra klublar, seksiyalar (jumladan, vrachlar tavsiyalariga ko„ra sport seksiyalari) va 
bolalarning intellektual hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo„ljallangan studiyalar tashkil 
etiladi.
32. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida ta‟lim jarayonining psixologik ta‟minotini 
muassasa shtatidagi psixolog amalga oshiradi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida o„quvchilarni psixologik jihatdan qo„llab-
quvvatlash, ularning maxsus kasbiy tayyorgarlik ko„nikmalarini shakllantirish hamda rivojlanishiga 
to„sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, shuningdek, ularga turli ko„rinishdagi psixologik yordam 
berish maqsadida professional psixologik yordam ko„rsatish xonalari tashkil etiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə