Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida davolash-sog„lomlashtirish jarayonini tashkil



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

6-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida davolash-sog„lomlashtirish jarayonini tashkil 
etish
33. Bolalarni sog„lomlashtirishga yo„naltirilgan davolash-sog„lomlashtirish, reabilitatsiya, 
sanitariya-gigiyena va profilaktika chora-tadbirlari ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining 
shtatdagi tibbiyot va pedagog xodimlari hamda ta‟lim muassasasiga biriktirilgan sog„liqni saqlash 
muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari tomonidan muassasaga qabul qilingan bolalarning 3 
yil davomida to„liq sog„lomlashtirilishi ta‟minlanadi. 
34. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi tibbiyot xodimlari kasallikning qaytalanishi 
holatlari (retsidivlari), hamroh kasalliklar profilaktikasiga va bolalar sog„lig„ini yaxshilashga 
qaratilgan davolash-sog„lomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Tibbiyot 
xodimlari o„z ishlarida O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligining tegishli normativ-
huquqiy hujjatlariga amal qilishadi.
35. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli 
tayyorgarlikka ega bo„lgan o„qituvchi tomonidan o„tkaziladi.
36. Davolash kurslari bilan belgilangan tibbiy sog„lomlashtirish muolajalari har bir bola 
uchun mashg„ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda rejalashtiriladi.
37. Davolash davrida bolalar sog„lig„ini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari 
ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qo„shimcha dam olish kunlari berish orqali 
ehtiyotkorona munosabatda bo„lish tartibiga amal qilishni, shuningdek, haftaning bir kunini ochiq 
havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari hamda sayr qilishga tavsiya etishi mumkin.
38. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida har bir bola uchun tibbiy karta yuritiladi, 
bolaning muassasada bo„lish muddati tugagach, ota-ona yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslarga 
undan ko„chirma beriladi.
39. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida barcha tibbiy-sog„lomlashtirish va reabilitatsiya 
chora-tadbirlarining to„g„ri tashkil etilishi hamda amalga oshirilishini nazorat qilish 


ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi joylashgan hududdagi sog„liqni saqlash organlari tomonidan 
amalga oshiriladi.
40. Sog„liqni saqlash organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga uning 
tibbiyot xodimlari shtatini to„ldirishda, tibbiyot xodimlari malakasini oshirishda, maslahat yordami 
ko„rsatish va davolash-sog„lomlashtirish ishlarining zamonaviy metodlarini joriy etishga malakali 
mutaxassislarni jalb etishda yordam ko„rsatiladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə