Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga 
muhtoj bo„lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta‟lim berish tartibi to„g„risida
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 


1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan, shuningdek, uzoq 
vaqt davolanishga muhtoj bo„lgan bolalarning uyda yakka tartibda ta‟lim olishlarini tashkil etish 
tartibini belgilaydi. 
2. Uyda yakka tartibda ta‟lim olish jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan, 
shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy ko„rsatmalarga ko„ra doimiy yoki vaqtincha 
umumiy o„rta ta‟lim tashkilotlari va jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar 
uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ga (keyingi 
o„rinlarda — maktab) qatnay olmaydigan bolalar (keyingi o„rinlarda — o„quvchilar) uchun tashkil 
etiladi. 
O„quvchilarning ta‟lim olish huquqini ta‟minlash maqsadida maktabning tegishli sinfida 
o„qiyotgan bolalardan ikki yoshga oshgan o„quvchilarni ham ushbu sinfda uyda yakka tartibda 
ta‟lim olishga jalb qilishga ruxsat etiladi.
3. Uyda yakka tartibda ta‟lim berishning asosiy maqsadi o„quvchilarning ta‟lim olishga 
bo„lgan huquqlarini ta‟minlash hamda ularning ta‟lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan 
iborat. 
2-bob. O„quvchilarga uyda yakka tartibda ta‟lim berishning maqsadlari
4. Quyidagilar uyda yakka tartibda ta‟lim berishning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
o„quvchilarning umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartlari hamda ular asosida 
ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta‟lim talablariga muvofiq bilim olishlarini 
ta‟minlash; 
barkamol, jismonan va ma‟naviy sog„lom shaxsni voyaga yetkazish, o„quvchilarda 
madaniy-ma‟rifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish; 
ta‟lim berish jarayonida o„quvchilarning sog„lig„ini himoyalovchi dars jadvaliga rioya 
etilishini ta‟minlash. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə