Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

5-bob. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, 
o„qituvchilar hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari
28. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda maktab direktorining huquqlari 
quyidagilardan iborat: 
uyda yakka tartibda ta‟lim olishga jalb qilinishi lozim bo„lgan o„quvchilar ro„yxatini 
shakllantirish jarayonida yuridik va jismoniy shaxslardan zarur ma‟lumotlarni so„rab olish; 
ota-onalardan dars jadvaliga muvofiq mashg„ulotlarning o„z vaqtida o„tkazilishi uchun 
sharoit yaratishni talab qilish; 
tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limlariga uyda yakka tartibda ta‟lim berishning o„quv 
dasturlarini takomillashtirish, interaktiv usullar va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
borasidagi takliflar bilan murojaat qilish. 
Maktab direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi 
mumkin. 
29. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda maktab direktorining majburiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
o„quvchini jonkuyar va mas‟uliyatli mutaxassis o„qituvchi bilan ta‟minlash; 
o„quvchining imkoniyati va qobiliyatiga mos ravishda ta‟lim-tarbiya berilishini ta‟minlash; 
o„quvchining maktab o„quvchilari va jamoasi bilan ijtimoiy muloqotda bo„lishini 
ta‟minlash; 


ota-onalarning ta‟lim jarayoni bilan bog„liq murojaatlarini o„z muddatida ko„rib chiqish va 
ularda ko„tarilgan masalalarni hal etish choralarini ko„rish. 
Maktab direktori zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
yuklatilishi mumkin. 
30. Maktab direktori o„quvchining sog„lig„i holatini inobatga olib uning sog„lom bolalar 
bilan o„zaro muloqot qilish malakasini rivojlantirish hamda hayotga ijtimoiylashuviga 
ko„maklashish maqsadida o„quvchini inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun maktabdagi dars 
mashg„ulotlariga, darsdan tashqari o„tkaziladigan ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarga hamda korreksion-
rivojlantiruvchi mashg„ulotlarga jalb qilishi mumkin.
31. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda sinf rahbarining majburiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
dars mashg„ulotlarining olib borilishini nazorat qilish; 
ota-onalar va o„quvchining o„qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta‟minlash; 
o„quvchining sog„lig„i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda 
yoki sinfda o„tkaziladigan ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarga taklif etish. 
32. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda o„qituvchining majburiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
o„quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o„quv dasturlarining 
o„zlashtirilishini ta‟minlash; 
o„quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta‟minlash, atrof muhit va ijtimoiy 
hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish; 
o„quvchining ma‟naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-
tuyg„ularini tarbiyalash; 
o„quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash 
malakasini rivojlantirish; 
dars mashg„ulotlari rejasini tuzish; 
dars mashg„ulotlariga oid bo„lgan hujjatlarni o„z vaqtida yuritish hamda o„quvchining 
o„zlashtirishi bo„yicha baholash daftariga qo„yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o„quvchilarning 
davomati va o„zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish. 
Sinf rahbari va o„qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va 
majburiyatlarga ham ega bo„lishi mumkin. 
33. O„quvchiga ta‟lim berayotgan o„qituvchilarga belgilangan tartibda qo„shimcha soatbay 
haq va yo„l haqi kompensatsiyasi to„lanadi. 
34. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda ota-onalarning huquqlari quyidagilardan 
iborat: 
farzandining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 
dars mashg„ulotlarining o„z vaqtida o„tkazilishini nazorat qilish; 
o„qituvchining ruxsati bilan dars mashg„ulotlarida qatnashish; 
farzandining ta‟lim-tarbiya olishi uchun zarur hollarda o„qituvchi, psixolog, defektolog va 
boshqalardan maslahat olish; 
farzandiga ta‟lim berayotgan o„qituvchi faoliyatidan qoniqmagan taqdirda, uni boshqa 
o„qituvchi bilan almashtirish to„g„risida maktab rahbariyatiga murojaat etish; 
dars jadvalini tuzish, o„quv dasturlarini belgilash bo„yicha takliflar berish. 
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi mumkin. 
35. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda ota-onalarning majburiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
farzandining ta‟lim olishga bo„lgan qiziqishini qo„llab-quvvatlash; 
vrach tavsiyalari va farzandining kun tartibi to„g„risida o„qituvchini o„z vaqtida xabardor 
qilish; 
dars mashg„ulotlarining olib borilishi hamda o„qituvchi faoliyati uchun zarur shart-sharoit 
yaratish; 
o„quvchining sog„lig„i to„g„risida maktab rahbariyatini o„z vaqtida xabardor qilish; 


o„qituvchi dars mashg„ulotlariga kelmay qo„ygan taqdirda, bu haqda maktab rahbariyatini 
xabardor qilish; 
farzandi tomonidan uy vazifalarining bajarilishini ta‟minlash. 
Ota-onalar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
yuklatilishi mumkin. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə