Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining mol-mulki va moliya-xo„jalik faoliyati



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

9-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining mol-mulki va moliya-xo„jalik faoliyati
51. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi: 
O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag„lar; 
jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari; 
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
52. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari tegishli moliya organlarida ro„yxatdan 
o„tkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari 
asosida moliyalashtiriladi. 
53. Shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga 
muvofiq tasdiqlanadi. 
54. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi ishchi-xodimlarining ish haqi qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
55. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari o„quvchilari ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste‟mol qilishning o„rtacha sutkalik oqilona 
normalariga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag„lari hisobiga oziq-ovqat 
bilan ta‟minlanadi.
56. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quvchilarni ta‟minlash va o„qitish uchun 
o„quvchilarning ota-onalari yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslardan to„lov undirilmaydi. 
57. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan 
moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
58. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining moliya-xo„jalik faoliyatini nazorat qilish 
moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
10-bob. Yakunlovchi qoidalar 
59. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta‟lim masalalari 
bo„yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
60. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
61. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko„ra, 
o„quv yili tugagach amalga oshiriladi, Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, 
viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh boshqarmasi ota-onalar 
yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda o„quvchilarni boshqa ta‟lim 
muassasalariga o„tkazish mas‟uliyatini o„z zimmasiga oladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son 
qaroriga
4-ILOVA 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə