Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchilarning uyda yakka tartibda ta‟lim olishini tashkil etish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

3-bob. O„quvchilarning uyda yakka tartibda ta‟lim olishini tashkil etish
5. Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda yashaydigan o„quvchilarni aniqlaydilar, 
ro„yxatga oladilar hamda ularni uyda yakka tartibda ta‟lim olish uchun jalb qilish choralarini 
ko„radilar.
6. O„quvchining uyda yakka tartibda ta‟lim olishini belgilash uning doimiy yashash 
joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko„rsatayotgan tibbiy-
maslahat komissiyasining (keyingi o„rinlarda — tibbiy-maslahat komissiyasi) tibbiy xulosasiga 
asosan tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limi tomonidan amalga oshiriladi. 
7. Mazkur Nizomga 
1-ilovaga 
muvofiq Uyda yakka tartibda ta‟lim olish uchun asos 
bo„ladigan kasalliklar ro„yxatida belgilangan kasallik (patologik holat) alomatlari bo„lgan 
o„quvchining ota-onasi yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o„rinlarda — ota-onalar), 
o„quvchini tibbiy ko„rikdan o„tkazish uchun tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qiladi.
Tibbiy-maslahat komissiyasiga o„quvchining kasallik tarixidan ko„chirma, kasallik 
bo„yicha maxsus davolash-profilaktika muassasalarining xulosasi, zaruratga ko„ra boshqa 
diagnostika tekshiruvlari natijalari taqdim etiladi. 
8. Tibbiy ko„rik tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qilingan kundan boshlab uch kun 
ichida o„tkaziladi. 
Tibbiy ko„rik natijasiga ko„ra, o„quvchida uyda yakka tartibda ta‟lim olish uchun asos 
bo„ladigan kasalliklar (patologik holatlar) mavjudligi aniqlanganda, tibbiy-maslahat komissiyasi 
tomonidan ushbu Nizomga 
2-ilovaga 
muvofiq shaklda O„quvchining uyda yakka tartibda ta‟lim 
olishga muhtojligi to„g„risida tibbiy xulosa (keyingi o„rinlarda — tibbiy xulosa) rasmiylashtiriladi.
9. Tibbiy xulosa olti oy muddatga yoxud to„liq o„quv yiliga beriladi hamda tibbiy-maslahat 
komissiyasining raisi, a‟zolari va uning ishiga jalb qilingan boshqa mutaxassislar tomonidan 
imzolanib, davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi. 
Tibbiy xulosa ota-onalarga tibbiy ko„rik o„tkazilgan kunning o„zida taqdim etiladi.
10. Ota-onalar farzandlarining uyda yakka tartibda ta‟lim olishlarini tashkil etish 
to„g„risidagi ariza bilan maktab direktori nomiga murojaat qiladilar.


Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
o„quvchining tug„ilganlik to„g„risidagi guvohnomasi nusxasi
o„quvchining baholar (o„zlashtirish) tabeli (ta‟lim olgan bo„lsa); 
tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi. 
11. Maktab direktori arizani qabul qilib olgach, uch kun ichida o„quvchini uyda yakka 
tartibda ta‟lim olishga jalb qilish haqida tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limiga ota-onalar tomonidan 
taqdim etilgan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yozma murojaat qiladi.
12. Tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limi mudiri hujjatlarni qabul qilib olgach, uch kun 
ichida o„qitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni ko„rsatgan holda o„quvchini uyda 
yakka tartibda ta‟lim olishga jalb qilish to„g„risidagi buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini 
maktabga yuboradi. 
13. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda maktabda asosiy ish joyi sifatida 
ishlamaydigan o„qituvchilar yoki mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
O„quvchida bir vaqtning o„zida bir necha kasallik turlari uchrasa yoki unga fan 
o„qituvchilaridan tashqari boshqa mutaxassislar (logoped, psixolog, defektolog va boshqalar) 
maktabda bo„lmagan taqdirda, boshqa ta‟lim muassasalaridan o„rindoshlik asosida jalb qilinadi.
O„quvchiga fan o„qituvchilaridan tashqari mutaxassislarni biriktirish uchun tuman (shahar) 
xalq ta‟limi bo„limlari mas‟ul hisoblanadi. 
14. Maktab direktori tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limining tegishli buyrug„ini olgach, 
uch kun ichida o„quvchiga uyda yakka tartibda ta‟lim beruvchi o„qituvchilarni biriktirish to„g„risida 
buyruq chiqaradi. 
O„quvchi yoshi, psixik holati, avval qaysi sinfgacha o„qiganligi inobatga olinib muayyan 
sinf jurnali va o„quvchilar harakati daftaridagi ro„yxatga kiritiladi.
15. Ota-onalarning istagiga ko„ra, o„quvchiga jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari 
bo„lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari tomonidan uyda yakka tartibda 
ta‟lim berish tashkil qilinishi mumkin.
Mazkur toifadagi o„quvchilarga Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, 
viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh boshqarmasi huzurida 
tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi va ushbu organlarning yo„llanmasi 
asosida uyda yakka tartibda ta‟lim berish tashkil qilinadi.
16. Uzoq vaqt davolanishga muhtojligi sababli maktabga bora olmaydigan o„quvchilarga 
mehnatga layoqatsizlik ma‟lumotnomasiga asosan o„quv mashg„ulotlaridan ozod etilgan kunlar 
oralig„ida uyda yakka tartibda ta‟lim olish tashkil etiladi.
Mehnatga layoqatsizlik ma‟lumotnomasida ko„rsatilgan muddat tugagach, maktab 
direktorining buyrug„iga muvofiq o„quvchiga uyda yakka tartibda ta‟lim berish to„xtatiladi va u 
maktabning tegishli sinfiga qaytariladi. 
17. Tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limlari maktab direktorlari tomonidan o„quvchilarni 
ta‟lim olishga jalb qilish choralari ko„rilishi hamda ular uchun ta‟lim jarayoni tashkil etilishini 
nazorat qiladilar. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə