Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidagi ta‟lim jarayoni ishtirokchilari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

7-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidagi ta‟lim jarayoni ishtirokchilari
41. O„quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar o„rnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiyot 
xodimlari va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining ta‟lim jarayoni 
ishtirokchilari hisoblanadi.
42. O„quvchilar bepul umumiy o„rta ta‟lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda 
ixtisoslashtirilgan sog„lomlashtirish ta‟lim muassasalari uchun belgilangan normalar asosida bepul 
oziq-ovqat bilan ta‟minlanish, qiziqishlariga qarab turli to„garaklar, klublar, seksiyalarga (jumladan, 
vrach tavsiyasi bilan sport seksiyalariga), bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan studiyalarga qatnash huquqiga ega. 
43. O„quvchilar ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining ustavi va ichki tartibiga, 
shuningdek, sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.
44. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi o„quvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari 
qonunchilik hujjatlari va ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
45. Tegishli kasbiy ma‟lumotga, tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega 
shaxslar ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shug„ullanish 
huquqiga egadir. 
46. Ota-onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar bolalarning qonuniy huquq va 
manfaatlarini himoya qilish, ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining ta‟lim-tarbiyaviy faoliyati, 
bolaga ko„rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam darajasi bilan tanishish huquqiga ega. 
8-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini boshqarish 
47. O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar 
xalq ta‟limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlangan direktor ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasasiga bevosita rahbarlik qiladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi 
tuziladi. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori bilan mehnat shartnomasi har yili yangidan 
tuziladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktoriga O„zbekiston Respublikasi Bandlik va 
mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan belgilangan malakaviy 
talablar qo„yiladi. 
48. Direktor ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning 
manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassasa mol-mulkini boshqaradi 
va shartnomalarni imzolaydi.
49. Direktor: 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo„yicha qarorlar qabul 
qiladi va mazkur muassasaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan 
javob beradi; 
o„z o„rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o„rtasida vazifalarni taqsimlaydi va 
ularning mas‟ullik darajasini belgilaydi; 
o„z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining barcha xodimlari uchun 
majburiy bo„lgan buyruqlar chiqaradi va ko„rsatmalar beradi; 
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o„quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali 
pedagog kadrlar bilan ta‟minlash hamda ta‟lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini hal 
qilish bilan bog„liq takliflarni tegishli xalq ta‟limi organlariga kiritadi; 
pedagog va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi


qonunchilik hujjatlariga zid bo„lmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Direktor har chorakda kamida bir marta o„z faoliyati to„g„risidagi hisobotni tegishli 
fuqarolar yig„iniga taqdim etadi. 
50. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya, 
pedagogik, metodik hamda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ushbu 
kengashlarning faoliyati tartibi O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan 
belgilanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyati tartibi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə